Abdullaeva mushtariy Obidjon


Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi


Download 202.83 Kb.
bet6/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotda nazariy (tahliliy-statistik, qiyosiy-taqqoslash), diagnostik (suhbat, so‘rovnoma, kuzatish, tasniflash), test topshiriqlari, o‘qituvchilar va maktab rahbariyati hamda ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazish, ma’lumotlarni tahlil qilish nazorat va ekcperimental mashg‘ulotlar natijalarini matematik ctatictik ucullaridan foydalangan holda hicoblash.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati taklif va tavsiya etilgan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish modeli, metodikasi, baholash mezonlarining ishlab chiqilganligi, o‘quvchilarda milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish jarayonida fan va amaliyotning o‘zaro integratsiyasini asoslash mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati olingan natijalardan maktabda texnologiya ta’limi sifati va samaradorligini oshirishda, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida mutaxassislik bo‘yicha o‘quv-metodik majmualarni yaratishda qo‘llanilganligi bilan belgilanadi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya ishi matni illyustratsiyalar bilan 78 sahifa(kirish, uchta bob, xulosa va tavsiyalar), foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I BOB. MAKTAB TEXNOLOGIYA TA’LIMIDA MILLIY HUNARMANDCHILIKNING SPEKTRAL - VARIATIV KOMPONENTLARINI FANLARARO TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI


Ushbu bobda maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral - variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirishning nazariy metodologik asoslari, milliy hunarmandchilikning shakllanish genezisi va rivojlanish texnologiyasi holati, xorijiy adabiyotlar va monografik asarlarda o‘zbek milliy hunarmandchiligi tadqiqi, shuningdek Farg‘ona vodiysi milliy hunarmandchiligining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan.
I.1-§. Milliy hunarmandchilikning shakllanish genezisi va rivojlanish texnologiyasi holati.
Eng avvalo, spektral-variativ komponentlarga aniqlik kiritamiz. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining II qismi, 75-sahifasida spektr lotincha so‘z bo‘lib, murakkab nurning shisha prizma va sh.k. orqali o‘tib, tarkibiy qismlarga ajralishi natijasida hosil bo‘lgan rang-barang chiziqlar. Quyosh spektri. Tutash spektr. YUtilish spektri deyilgan [80].
Spektral tahlil (analiz) moddalarning spektr chiziqlariga qarab ularning kimyoviy tarkibini tahlil qilish usuli deb ta’riflangan.
Milliy hunarmandchilikda spektrga o‘xshatish, qiyoslash ma’noda, masalan: do‘ppi, so‘zana, chopon, belbog‘, choyshab yoki pichoq, kosa, likob, piyola va boshqalarning yuzlab, hatto undan ko‘proq turini misol keltirish mumkin.
“Ruscha-o‘zbekcha lug‘at. O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi Bosh tahririyati. 1-jild” kitobining 99-sahifasida variatsiya, variativ so‘zlari shunday izohlangan. Variativ – juz’iy o‘zgarish; shunday o‘zgarish natijasida yuzaga kelgan yangi ko‘rinish. Masalan, do‘ppi asosiy tushuncha bo‘lib, Andijon do‘ppisi, Farg‘ona do‘ppisi, Namangan do‘ppisi, Boysun do‘ppisi, Buxoro do‘ppisi, qoraqalpog‘ do‘ppisi, qozoq do‘ppisi va h.k. bir-biridan tikilishi, choki, rangi, shakli, gullari bilan farq qiladi. SHuningdek, bunday holatni kashtachilikda, naqqoshlikda, kullolchilikda va h.k. ko‘rish mumkin [67].
SHu kitobning 456-sahifasida komponent so‘zi shunday ta’riflangan. Komponent – tarkibiy qism. Masalan, kullolchilikda biror narsa, ya’ni kosa tayyorlashda tuproq, elim, turli xil rang, suv va h.k. ni tushunish mumkin bo‘lgani kabi kashtachilikda ham material, turli xil rangdagi iplar, turli xil shakldagi gullar va h.k. deyilishi tabiiy [67].
Ma’lumki, milliy hunarmandchilik O‘zbekistonda qadimdan rivojlangan va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish avlodlardan avlodlarga an’anaviy tarzda o‘rgatib kelingan. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida bu haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Ammo o‘tgan asrdagi siyosiy jarayonlar va mustabid tuzum davrida milliy hunarmandchilik butunlay ishdan chiqdi. Faqat mustaqillik tufayli bu milliy qadriyatlar qayta tiklana boshladi.
T. Abdullaev, U.A. Qilichevlar XIX-XX asrlarda O‘zbekiston milliy hunarmandchiligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalarini ilmiy asoslab berishga harakat qilishgan.
G. Keller tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishi keng qamrovli va o‘zbek an’analari fotosuratlarida aks ettirilib, “Tikish va to‘qish O‘zbekistonda yuksak darajadagi hunarmandchilik namunalari hisoblanib, o‘zbek ayollari tomonidan mahorat bilan amalga oshiriladi, ayniqsa, zardo‘zlik liboslari tantanalarda kiyiladi va katta e’tiborga sazovor” [83].
Nemis tadqiqotchilari B.Vollenveber, P. Frankellarning tadqiqot ishlarida muhim ma’lumotlar berilgan bo‘lib, qadimiy gilamdo‘zlik markazlari – Farg‘ona, Nurota, Sirdaryo, Xiva, Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonda keng rivojlanganligi e’tirof etilgan [81].
AQSHlik tadqiqotchilar tomonidan milliy hunarmandchilik tarixi, uning hozirgi rivojlanish xususiyatlari, hududiy o‘ziga xosligi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Baliqchi kulolchiligi, Marg‘ilon ipakchilik sohasi va to‘quvchi hunarmandlar haqida K. Meklid, B. Mexyular tomonidan ma’lumotlar berilgan [86].
Mustaqillik yillarida hunarmandchilikning rivojlanishi haqida fransuz tadqiqotchilari tomonidan ham monografik asarlar yaratilgan. Masalan, G. Degeorge va P. CHuvenlarning tadqiqot ishlarida o‘zbek hunarmandchilik sohalari, jumladan, naqqoshlik, kashtachilik tarixiga oid ma’lumotlar berilgan [82].
Ma’lumki, Markaziy Osiyo jahonning eng ko‘hna madaniyat o‘choqlaridan hisoblanadi. Tarixiy manbalarniig guvohlik berishicha, mahalliy aholi mato to‘qish va unga badiiy ishlov berish bilan qadimgi davrlardanoq shug‘ullanib kelishgan. Xalq an’anaviy hunarmandchiligining yuksak namunasi hisoblangan matoga kashta tikish hunari, kashtado‘zlik Markaziy Osiyo xalqlarida miloddan avvalgi asrlardayoq shakllana boshlagan.
Farg‘ona vodiysi xalqining an’anaviy hunarmand-chiligini tarixiy-etnografik, ta’lim-tarbiyaviy jihatdan o‘rganish, tadqiqot mavzusiga bevosita aloqador muammoli yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratib tahlil qilish mumkin:

  1. Farg‘ona vodiysi xalqi an’anaviy hunarmandchiligining shakllanish tarixi va hunarmandchilik genezisiga aloqador ilmiy adabiyotlar.

  2. X1X-XX asrlarda Farg‘ona vodiysi xalqining mato tayyorlash usullariga oid va vodiy hunarmandchiligida etnik jamoalar.

  3. Moddiy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatib beruvchi monografik asarlar.

  4. Totalitar tuzum davridagi psixologik-pedagogik va tarixiy-etnografik tadqiqot ishlar.

  5. Mustaqillik davridagi ilmiy-tadqiqot ishlar.

  6. Farg‘ona vodiysi kashtado‘zligi haqidagi xorijiy olimlarning monografik asarlari.

Farg‘ona vodiysi hududida arxeologlar tomonidan olib borilgan kuzatishlar natijasida paxta, jun va ipakdan tayyorlangan kiyimlarning qoldiqlari topilgan. Iqlim sharoitlari sababli jun va ipak gazlamalardan farqli o‘laroq, ip-gazlamali matolar Farg‘onada yomonroq saqlangan. Isfara tumani (Tojikston)da olib borilgan paxta tolasi to‘qimachiligiga oid kuzatish yanada ahamiyatliroq bo‘lgan. U erda olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida kiyimlarning 23 turi sifatli paxta tolasidan tayyorlanganligi aniqlangan. Farg‘ona qo‘rg‘onlarida olib borilgan arxeologik ishlar to‘qimachilikka oid tadqiqot ishlariga bag‘ishlangan. B.A.Litvinskiyning umumlashtiruvchi ishida paxta matolarini muallif ikki guruhga bo‘ladi. Birinchi guruh matosining zichligi arqoq 14-18 ta ip 1 sm2, tanda ip 10 - 16 ta ip 1 sm2 to‘g‘ri keladi. Ikkinchi guruh matolari birmuncha sifatliroq bo‘lib, ulardan 10 ta turi topilgan. Bundagi matoning zichligi 8-10 ta arqoq ip 1 sm2, tanda ip esa 7 - 10 ta ip 1 sm2 dan iborat bo‘lgan. Ikkinchi guruh matolarining ip eshilishi kamroq. Matoning qo‘pol to‘kilganligi sababli ko‘rinishidan qop xususiyatini beradi. Biz bundan shunday xulosaga kelamizki, o‘rta asrda to‘qilgan matolar pishiq va qattiq to‘qilgan. SHundan kelib chiqib, kiyim turlari yaratilgan. Ip-gazlama to‘qimachiligining o‘rta asrlar holati shuni ko‘rsatadiki, ular Xitoy manbalarida keltirilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi, ya’ni o‘rta asrlarda Farg‘ona aholisi paxtani qayta ishlab chiqargan, kiyimlarni ip va ipak matolardan hamda teridan tikishgan.

Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling