Abstrakt algebra
Download 0,99 Mb.
|
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)
2.2.2-teorema. Ixtiyoriy oltinchi tartibli gruppa Z6 va S3 gruppalardan biriga izomorf.
∈ Isbot. Aytaylik, G oltinchi tartibli siklik bo‘lmagan gruppa bo‘lsin. G ning tartibi juft son bo‘lganligi uchun unda tartibi 2 ga teng bo‘lgan a G element mavjud, ya’ni a2 = e. Agar G gruppaning barcha elementlari ikkinchi tartibli bo‘lsa, u holda G kommutativ gruppa bo‘lib, uning turli a, b elementlari orqali hosil qilingan qism gruppa e, a, b, ab elementlardan iborat bo‘ladi. Bu esa ziddiyat, chunki 6-tartibli gruppa 4-tartibli qism gruppaga ega emas. Demak, G gruppaning tartibi 2 dan farqli elementi mavjud. G siklik emasligini va barcha elementining tartibi 6 ning bo‘luvchisi ekanligini hisobga olsak, tartibi 3 ga teng bo‘lgan b ∈ G element mavjudligini hosil qilamiz. Demak, ord(a) = 2 va ord(b) = 3. Ma’lumki, H = {e, b, b2} to‘plam G gruppaning indeksi 2 ga teng bo‘lgan qism gruppasi bo‘lib, ixtiyoriy gruppaning indeksi 2 ga teng qism gruppasi normal bo‘lganligi uchun H a G. Ikkinchi tomondan esa a ∈/ H ekanligidan G = H ∪ aH kelib chiqadi, ya’ni G = {e, b, b2, a, a · b, a · b2}. Endi b · a va b2 · a elementlarni qaraymiz. Buning uchun H ning normal ekanligidan foydalansak, a−1 · b · a ∈ H. Demak, a−1 · b · a element e, b va b2 elementlardan biriga teng bo‘lishi kerak. Agar a−1 · b · a = e bo‘lsa, u holda b = a · e · a−1 = e. Bu esa ziddiyat. Agar a−1 · b · a = b bo‘lsa, u holda b · a = a · b bo‘lib, ord(a · b) = ord(a) · ord(b) = 6 kelib chiqadi. Bu ham G ning siklik emasligiga zid. Demak a−1 · b · a = b2, ya’ni b · a = a · b2 kelib chiqadi. Xuddi shunga o‘xshab, b2 · a = a · b tenglikka ega bo‘lamiz. Ya’ni G gruppa {e, b, b2, a, a · b, a · b2} elementlardan iborat bo‘lib, a2 = b3 = e, b · a = a · b2, b2 · a = a · b. Shunday qilib, biz ixtiyoriy oltinchi tartibli siklik bo‘lmagan gruppa yagona gruppaga izomorf bo‘lishini, xususan S3 ga izomorf bo‘lishini ko‘rsatdik. Quyidagi misolda ikkita hosil qiluvchi elementga ega bo‘lgan n-darajali diedr gruppasini keltiramiz. Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling