Abstrakt algebra
Download 0,99 Mb.
|
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishlash uchun misol va masalalar
- Diedr va kvaternion gruppalari
2.1.6-teorema (Keli teoremasi). Ixtiyoriy G gruppa uchun (F (G), ◦) to‘plam gruppa bo‘lib, F (G) ∼= G.
Isbot. Dastlab, (fa)−1 = fa−1 ekanligini ko‘rsatamiz. Darhaqiqat, ixtiyoriy b ∈ G element uchun fa−1 (b) = a−1 ∗ b tenglik o‘rinli. Ikkinchi tomondan esa, fa(a−1 ∗ b) = b ekanligidan (fa)−1(b) = a−1 ∗ b tenglikni hosil qilamiz. Demak, (fa)−1 = fa−1 . Endi, (F (G), ◦) to‘plamning gruppa ekanligini, ya’ni bu to‘plam (S(G), ◦) gruppaning qism gruppasi ekanligini ko‘rsatamiz. Ixtiyoriy fa, fb ∈ F (G) va c ∈ G elementlar uchun b (fa ◦ f −1)(c) = (fa ◦ fb−1 )(c) = fa(fb−1 (c)) = fa(b−1 ∗ c) = a ∗ (b−1 ∗ c) = (a ∗ b−1) ∗ c = fa∗b−1 (c). b Demak, fa ◦ f −1 = fab−1 ∈ F (G), ya’ni 1.3.1-teoremaga ko‘ra F (G) to‘plam S(G) gruppaning qism gruppasi bo‘ladi. Endi F (G) ∼= G ekanligini ko‘rsatamiz. Buning uchun g : G → F (G) akslan- tirishni quyidagicha aniqlaymiz: g(a) = fa, ∀ a ∈ G. Bu akslantirish aniqlanishiga ko‘ra syurektiv bo‘lib, uning inyektiv ekanligi quyidagi tengliklardan kelib chiqadi fa = fb ⇒ fa(c) = fb(c), ∀c ∈ G ⇒ a ∗ c = b ∗ c ⇒ a = b. Endi, g akslantirishning gomomorfizm bo‘lishini ko‘rsatamiz. Ixtiyoriy c ∈ G element uchun fa∗b(c) = (a ∗ b) ∗ c = a ∗ (b ∗ c) = fa(b ∗ c) = fa(fb(c)) = (fa ◦ fb)(c) tenglik o‘rinli, ya’ni fa∗b = fa◦fb. Shuningdek, g(a∗b) = fa∗b va g(a)◦g(b) = fa◦fb ekanligidan g(a ∗ b) = g(a) ◦ g(b) tenglikka ega bo‘lamiz. Demak, g biyektiv gomomorfizm ekan, ya’ni g izomorfizm. Demak, Keli teoremasidan tartibi n ga teng bo‘lgan ixtiyoriy gruppa Sn o‘rin almashtirishlar gruppasining biror qism gruppasiga izomorf bo‘lishi kelib chiqadi.
ko‘rsating. 7. a b c d matritsani y = ax+b funksiyaga o‘tkazuvchi aklsantirish GL2 (R)
cx+d cx+d gruppani G = ({ax+b, ad − bc 0}, ◦) gruppaga o‘tkazuvchi gomomorfizm bo‘ladimi?
Ma’lumki, tartibi tub songa teng bo‘lgan ixtiyoriy gruppa siklik bo‘lib, bunday gruppalar Zp gruppaga izomorf bo‘ladi. Xususan, izomorfizm aniqligida tartibi 1, 2, 3, 5 va 7 ga teng bo‘lgan yagona gruppalar mavjud. Biz tartibi 4 va 6 ga teng bo‘lgan gruppalarning tasnifini va tartibi 8 ga teng bo‘lgan nokommutativ grup- palarni keltiramiz. Kichik tartibli gruppalarning to‘liqroq tasnifini esa keyinroq keltiramiz. Dastlab to‘rtinchi tartibli gruppalarni keltiramiz. Bizga shu paytgacha ikkita to‘rtinchi tartibli Z4 va K4 gruppalar ma‘lum bo‘lib, ularning biri siklik, ikkinchisi siklik emas, demak, ular izomorf emas. Quyidagi teoremada izomorfizm aniqligida Z4 va K4 gruppalardan boshqa to‘rtinchi tartibli gruppa mavjud emasligini ko‘rsatamiz. 2.2.1-teorema. Ixtiyoriy to‘rtinchi tartibli gruppa Z4 va K4 gruppalardan biriga izomorf. Isbot. Aytaylik, G = {e, a, b, c} to‘rtinchi tartibli gruppa bo‘lib, u siklik gruppa bo‘lsin, u holda G ∼= Z4. Demak, G siklik bo‘lmagan holni qarash, ya’ni siklik bo‘lmagan to‘rtinchi tartibli gruppani K4 ga izomorf ekanligini ko‘rsatish kifoya. G gruppa siklik bo‘lmaganligi uchun uning to‘rtinchi tar- tibli elementi mavjud emas. Ixtiyoriy elementning tartibi gruppaning tartibi bo‘luvchisi bo‘lganligi uchun a, b, c elementlarning tartiblari 2 ga teng bo‘ladi, ya’ni a2 = b2 = c2 = e. Endi a · b elementning c ga tengligini ko‘rsatamiz. Faraz qilaylik a · b = e bo‘lsin, u holda a = a · e = a · (a · b) = a2 · b = b tenglikdan a = b ekanligini hosil qilamiz, bu esa ziddiyat, demak a · b /= e. Agar a · b = a bo‘lsa ham e = a · a = a · (a · b) = a2 · b = b tenglikdan e = b ekanligini hosil qilib, yana ziddiyatga kelamiz, ya’ni a · b /= a. Xuddi shunga o‘xshab a · b /= b ham kelib chiqadi, demak, a · b = c. Yuqoridagi kabi b · a = c tenglikni ham ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari a · c = c · a = b, b · c = c · b = a tengliklar ham shu usul bilan ko‘rsatiladi. Bu esa, to‘rtinchi tartibli ixtiyoriy siklik bo‘lmagan gruppa K4 ga izomorf ekanligini bildiradi. Endi oltinchi tartibli gruppalarni o‘rganamiz. Ma’lumki, Z6 siklik gruppa va S3 o‘rin almashtirishlar gruppasi oltinchi tartibli gruppalar bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, S3 siklik bo‘lmagan nokommutativ gruppadir, shuning uchun Z6 va S3 gruppalar izomorf emas. Bundan tashqari S3 eng kichik tartibli nokommutativ gruppadir. Quyidagi teoremada izomorfizm aniqligida faqat 2 ta oltinchi tartibli gruppa mavjud ekanligini ko‘rsatamiz. Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling