Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

9.3. Chokli uchma-uch payvandlash 
Chokli 
uchma-uch 
payvandlash 
oddiy 
ustma-ust 
payvandlashga qaraganda uzelning og‘irligini kamaytirish, qoldiq 
zo‘riqishlarni ozaytirish va toliqishga mustahkamlikni oshirish 
imkoni beradi. Tirqish korroziyasi va elektrodlarning ifloslanish 
muammolari yuzaga kelmaydi. 
Detallar moslamada bir-birining orasida kamida 0,2s tirqish 
qoldirib yig‘iladi hamda b siklogrammadan (10.3-rasmga qarang) 
va ustma-ust payvandlash rejimlariga yaqin rejimlardan foydalanib 
payvandlanadi. Detallarning erishini oshirish (100% gacha), 
roliklar himoyalash, chokni qalinlashtirish va asosiy material 
darajasidagi mustahkamlikni hosil qilish uchun roliklar bilan 
detallar orasiga detallar materialidan qilingan yupqa tasma 
joylashtiriladi. Tasmaning qalinligi 0,2–0,3 mm eni esa quyma 
zonaning enidan 30% kam bo‘ladi. Bunday birikmalar asosan 
3 mm gacha qalinlikdagi po‘latlar (shu jumladan, oson eriydigan 
qoplamali po‘latlar) va titan qotishmalari uchun qo‘llaniladi. 
9.3.-rasm. Chokli uchma-uch birikma:
a – payvandlashda oldin; b – payvandlab bo‘linganda keyin. 
9.4. Chetlarini ezib, chokli payvandlash 
Chetlarini ezib, chokli payvandlash uchma-uch bajariladi. 
Detallar juda oz kattalikda (B=s) ustma-ust qo‘yilgan va issiqlik 
ko‘p miqdorda to‘planish tuyfali chetlari eziladi, pachoqlanadi, 


80
oksidlar maydalanib ketadi va uchma-uch birikish joyidan siqib 
chiqariladi. Payvandlash qattiq holatda yoki suyuq o‘zak hosil 
qilib amalga oshirilishi mumkin. Mazkur usul plastik qotishmalar, 
masalan, kam uglerodli po‘lat uchun qo‘llaniladi. Ayni usul 
ustma-ust oddiy chokli payvandlashga nisbatan birikmalarning 
og‘irligi kam va mexanik tavsiflari yuqoriroq hamda korroziyaga 
qarshi xossalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. 
9.4-rasm. Detallarning chetlarini ezib, chokli payvandlab biriktirish:
a – payvandlashdan oldin; b – qattiq holatda payvandlab bo‘lgandan 
so‘ng. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling