Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
13.2. Katakli panellarni payvandlash
Korroziyabardosh po‘latlar va titan qotishmalaridan payvandlab yasalgan yaxlit katakli panellarning solishtirma mustahkamligi yuqori, og‘irligi kam bikrligi katta bo‘ladi. Ular ikkita qoplama list (1) va kvadrat shaklidagi katakli to‘ldirgich (2) dan tashkil topadi. To‘ldirgich 0,05–0,1 qalinliklagi nova folga tasmlaridan hosil qilinadi. Tasmalarning chetlari 0,3– 78 0,8 mm qalinlikdagi qoplamalarga payvandlash uchun oldindan ikki tomonidan qayirib qo‘yiladi. 9.2-rasm. Katakli panelik nuqtali payvandlash: a – tayyor panel; b – kattak to‘ldirgichni qoplama listlar bilan payvandlash; d – katak to‘ldirgichning yarimnovalarini o‘zaro payvandlash. Panellar maxsus qurilmada yig‘iladi va payvandlanadi. Bu qurilma ikki tomonlama va ko‘p nuqtali bir tomonlama payvandlash mashinalaridan iborat. Qoplama listlar (1) yotiq holatda, bir-biridan to‘ldirgich tasmasi (2) eniga teng oraliqqa joylashtiriladi. Tasma tok o‘tkazadigan yoyuvchi taroq (3) ga qo‘yiladi, taroqning shakli va o‘lchamlari tasmaning kataklariga mos keladi. Bunda qistirmaning arrasimon chiqiqlarini tasmaning bukilgan chetlari bekitib turishi kerak. Qistirma pona (4) yordamida yoyilib, qoplamalar orasiga qoplamaga avval payvandlangan tasmaga tekkuncha kirgiziladi. Bukilgan chetlar bir yo‘la ikkita qoplamaga nuqtali payvandlanadi (tasma bo‘ylab roliklar (5) ni g‘ildiratish orqali). Nuqtalar qistirmaning chiylari bo‘lgan joylarda shakllanadi. Tasma payvandlab bo‘lingandan keyin qistirma siqib, olib tashlanadi. Uning o‘rniga elektrodlar (6) o‘rnatilgan ko‘p elektrodli kallak kirgiziladi va to‘ldirgich tasmalari 1,5–2,5 mm qadam bilan (oraliqda) ko‘p nuqtali bir tomonlama payvandlash usulida butun balandligi bo‘yicha bir- biriga payvandlanadi. Keyin kallak chiqarib olinib, panel yotiq holatda yarimkatak kattaligida siljitiladi va sikl kerakli uzunlikdagi 79 panel hosil bo‘lgunga qadar qaytariladi. Payvandlab yasaladigan kattakli (uyali) panellar kavsharlab yasalishidan yengilroq va ishlab chiqarishdagi mehnat sarfi kamroq bo‘ladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling