Abyssal-abissal


ГЕОСФЕРЫ — GEOSPHYERE YERSFERALARI


Download 1.11 Mb.
bet44/282
Sana06.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1333404
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

ГЕОСФЕРЫ — GEOSPHYERE YERSFERALARI— Yer kurrasini tashkil qiluvchi va uni urab to‘rgan qavatlar. V. I. VYernadskiy fikricha, ushbu savatlar konsentrik bo‘lib, Yerni urab turadi va markaziy simmetriyaga ega. Yer sferasi ichida tashqi (atmosfera, gidrosfera) va ichki (Yer pusti, litosfera va mantiya) qismlarga bo‘linadi. Yer kurrasini urab to‘rgan atmosfera —har xil gazlardan iborat qatlam bo‘lib, Yer yuzidan 2000 km gacha masofada tarqalgan. Yuqori qismi gazlardan tashkil topgan, pastki qismi esa zichlashgan, suv bug‘lari hamda chang bilan to’yingan. Yer hayotida atmosfera juda qatta ahamiyatga ega. CHunki u Kuyosh issiqligini yutib qoladi, unda Yer xayoti rejimiga va geologik jarayonlarning borishiga sezilarli ta’sir kursatuvchi ob-havo va iqlim sharoiti vujudga keladi. Gidrosfera suv qatlam i bo‘lib, dengiz, okean va churuklik suvlaridan tashkil topgan. Dengiz va okeanlar Dunyo okeani deb ataluvchi yagona suv havzasidir, uning maydoni 361 mln. km2 yoki Yer kurrasi maydonining 70,8% ni tashkil qiladi. GidrosfYeraning umumiy suv hajmi 1,8 mlrd km3 bo‘lgan holda Dunyo okeani suviiing hajmi qariyb 1,4 mlrd, km3. Suv qatlamining eng qatta salinligi 11 km ga teng. O‘rtacha qalinligi esa 4,2 km. Quruqlik suvlari bir-biridan alohida joylashgan. Yer yuzida ular ko’l, har, muzliklar suvidan tashkil topsa, chuqurlikda tog‘ jinslarining darzlik va kovaklarini to‘lgizib turuvchi Yer osti suvlaridan iborat. Yer kurrasining o‘zi uch qavatdan iborat: Yer po’sti, mantiya, yadro. Yer qobiri uning eng ustki qismida joylashgan bo‘lib, eng qalin joyi 80 km ga etadi. Yer qobig‘i — geologiyaning eng muhim ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Chunki unda hayotiy muhim foydali qazilma konlari mavjud, uning ichida Yer hayotining hamma tomoniga ta’sir etuvchi geologik jarayonlar kechadi. Yer kobigi o‘zining Tuzilishi va uni tashkil qilgan jinslarining tarkibiga qarab 2 xil bo‘ladi: 1) matYerik xilidagi Yer kobigi, 2) ocean xilidagi Yer sobigini tashkil qilgan jinslar, undan pastda joylashgan mantiya jinslariga nisbatan yumshoqrok; va zichligi pastroq. Ba’zi joylarda Yer po’sti (qatlamlarining Tuzilishi va qalinliklari jihatdan) aynan yo materik yoki okean xiliga mos kelmay, oraliq xilini tashkil qiladi. Yer sobigining pastki chegarasi Moxorovichich chegarasi (chizig’i) deb yuritiladi. Moxorovichich chegarasidan to 2900 km gacha bo‘lgan joyni mantiya tashkil qiladi. O’z navbatida mantiya yukori (1000 km chuqurlikda) va quyi (1000—2900 km chuqurlikda) qismlarga bo‘linadi. Yuqori mantiyaning eng yukori qismida o‘ziga xos — astenosfera qatlami ajratiladi. Agar Yer kobigining pastki qismida tog‘ jinslaridan bo’ylama seysmik to‘lqin o‘tish tezligi 6,5—7,4 km/sek bo‘lsa, mantiyaga utilganda bu tezlik 7,9—8,2 km/sek gacha ko‘tariladi. SHundan keyin keladigan astenosfera qatlamida buylama seysmik to‘lqin o‘tish tezligi keskin kamayadi. Bu hol astenosfera qatlamining past darajada yopishqoq, yukori darajada cho‘ziluvchan, suyuk modda tashkil qilishini ko’rsatadi. Yer kobigi bilan shu astenosfera qatlami oraliridagi yuqori mantiya qismi substrat deb ataladi. Yer qobig’i va substrat birgalikda Litosferani tashkil qiladi. Yer sharining 2900 km dan uning markazigacha bo‘lgan qismini yadro tashkil qiladi. Yadroning o‘zi ham tashqi (2900—
4980 km chuqurlikda), oraliq (4980—
5120 km) va ichki (5120—6370 km) Qismlardan iborat. Yadro qatta zichlik va yuqori elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Uning tarkibida temir, nikel, kremniy, oltingugurt bor deb taxmin qilinadi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling