Abyssal-abissal


ГЕОМОРФОЛОГИЯ GEOMORPHOLOGY GEOMORFOLOGIYA


Download 1.11 Mb.
bet43/282
Sana06.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1333404
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

ГЕОМОРФОЛОГИЯ GEOMORPHOLOGY GEOMORFOLOGIYA — G. Yer yuzasida sodir bo‘ladigan jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan shakllarning kelib chiqishi, sababi va ular Tuzilishini o‘rganuvchi geologiyaning bir qismi. G. o’z navbatida umumiy, regional, amaliy, qismlarga bo‘linadi. 1. Umumiy G. ekzogen va endogen jarayonlar natijasida quruqlik va dengiz tagida hosil bo‘lgan xilma-xil relef shakllarini o‘rganadi, geomorfologik xarita tuzish usullari belgilaydi. G. d a relefning ta’siri ko‘rinishini tadqiq qilishda morfologik va morfometrik usullar qo‘llaniladi. Bu usul bilan neft va gaz konlarini aniqlash yaxshi natija beradi. 2. Regional G. quruqlik yuzasi Tuzilishini, uning kelib chiqish sababini, yoshi va geografik tarsalishini o‘rganadi. Regional G. tekshirishidan olingan oxirgi natijasi relefning rivojlanish tarixini va bosqichini o‘tgan davrlar uchun qanday shaklda bo‘lganligini aniqlab beradi. 3. Amaliy geomorfologiya, relef hosil bo‘lishi bilan aloqador bo‘lgan foydali qazilmalarni tadqiq etish, surilishda tekshirish ishlarini yuritish uslubiga qaratilgan.
ГЕОСИНКЛИНАЛЬ — GEOSYNCLINE GEOSINKLINAL — tektonika va umuman geologiyaning asosiy tushunchalaridan biri. Olimlarning qayd qilishicha, G. turlari ko‘p va xilma-xildir: para,orto,ev,mio va hokazo. hozirgi vaqtda geosinklinal tushunchasining umumiy, ko‘pchilik tadqiqotchilar qabul qilgan yoki tan olgan ta’rifi yo’q. Geosinklinal — Yer pustining eng harakatchan, yoriqlarga boy, yotqiziqlar qatta qalinlikka(15—20 km) ega bo‘lgan qismi. G.ning asosiy xususiyatlaridan biri — uning rivojlanishidagi turli bosqichlarning mavjudligi. G. dastlabki bosqichida keng, chuqur dengiz havzalarida shakllanadi, ularning ichida ayrim ko‘tarilmalar, o‘rtalik massiv va suv osti bazalt vulkanlari paydo bo‘ladi. O‘rta bosqichda qayd qilingan havzalar o’rnini ko‘tarilmalar egallaydi. G. rivojlanishing So‘nggi boskichida esa umumiy ko‘tarilish sodir bo‘ladi, ko‘pchilik bukilmalar tutashadi. Ushbu jarayonlar natijasida ular burmali tog‘ inshootlariga aylanadi. Keyingi yillarda litosfera plitalarining tektonikasi g‘oyasining rivojlanishi munosabati bilan G.ga yangicha ta’rif berilmokda. Ushbu g‘oyaga asosan G. litosfera plitalarining o‘zaro to‘qnashgan joyi bo‘lib, u Yerda geoskinlinal jarayoni kechadi. Bu jarayon surilayotgan okean plitasining suvsizlanishi va qayta Yerishi hisobiga hamda magmatik qayta o‘zgarish, metamorfizm va to‘qnashayotgan plitalar old qismlarining shakl o‘zgartirishi evaziga kontinental Yer pustining paydo bo‘lishida ifodalanadi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling