Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik


Matndagi turli unsurlarni taqqoslash muharrirlik tahlilining


Download 6.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/107
Sana02.11.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1740289
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Bog'liq
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

Matndagi turli unsurlarni taqqoslash muharrirlik tahlilining 
ко j) qo ‘llanadigan mantiqiy tahlil usullaridan biridir.
Matn 
tahririda 
asos 
materiallaming 
mantiqiy 
o ‘zaro 
bog'liqligini tekshirish ular xatoligini samarali tuzatish imkonini 
beradi. Ayni mana shu y o ‘l bilan bir qism, bir bob yoki umuinan 
bitta asar doirasida bir-biriga zid holatda asos material xato ekanligi 
aniqlanadi. Ayni bir annotatsiyadan olingan quyidagi parchaga 
e’tibor beraylik. Annotatsiyaning uchinchi xatboshisi:
Shuningdek, qo ‘llanmaga sohaga oid amaldagi qonunlar...
Annotatsiyaning to ‘rtinchi abzasti:
Ushbu uslubiy qo'llanma bu boradagi ilk tajriba sifatida 
taqdim eiilayotganligi sababli ... (Noshirlik faoliyati: mohiyat. 
mahorat, m as’uliyat).
Ayni bir asos material har ikki abzasda ikki xil ketgan. Bunda 
adabiy tahrim ing ayniyat qonuni buzilgan. Demak muallif(lar) 
hamda muharrir, qolaversa noshirga m as’ullar tahrir qonunlaridan 
xabardor emas.
Ayni shu annotatsiyada yana bir mantiqiy xato ko"zga 
tashlanadi.
... m e ’yoriy-normativ hujjatlar, davlat standartlarining ilova 
qilinishi... 
Л
M atnda ayni bir asos material qandayligi ikki so‘z (juft so ‘z) 
yordamida ifoda etiladi. Mazkur birikma mantiqiy tahlil etilsa, uch 
tur konstruksiya mavjudligi ayon b o ‘ladi:
1) m e’yoriy hujjat;
2) normativ hujjat;
3) m e’yoriy-normativ hujjat.
Ulardan qay biri mantiqqa to‘g ‘ri? Bu uch birikmaning qay biri 
to ‘g ‘ri ekanligini aniqlash uchun ularni taqqoslash (sillogizm)
131


usulidan foydalaniladi: me'yoriy hujjat ~ normativ hujjat -
me yoriy-normativ hujjat.
Har bir birikmadan anglashiladigan tushunchaning qay biri 
to‘g ‘ri degan savolga to ‘g ‘ri javob ikkita: birinchi va ikkinchi 
birikmadan anglashiladigan tushuncha mantiqan to ;g ‘ri. Lekin ayni 
bir jum la, abzas, umuman bir asar tarkibida ikkisidan biri 
qo‘llaniiishi tahrir mantiqiga ko‘ra to ‘g ‘ri b o ia d i: yoki huquqiv 
hujjat yoki nonnativ hujjat: uchinchisi b o iish i mumkin emas. Bu 
tahrir mantiqiy qonunidan yana biri - uchinchisi istisno qonuni 
bilan isbotlangan.
Asos materiallar taqqoslanib, amalda mantiqiy xatoliklar 
aniqlanadi va shunday qilib, ular tutib qolinadi. K o‘rinadiki, 
mantiqiy usullar matndagi asos materiallarni aniqlash vositasi ekan.
15-§. Bir xil yoki bir-biriga yaqin mulohazalami bir asar 
miqyosida taqqoslash bilan muharrir ziddiyatsizlik qonuni 
buzilishining oldini olishi mumkin. M azkur qonunga ko‘ra, ikki 
hukmdan biri tasdiqlasa-yu, ikkinchisi rad etsa, unda ulardan biri 
yolg‘ondir.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling