Adabiyot 8 (1-qism) new indd
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)
Savol va topshiriqlar
1. Fitrat va unga zamondosh ijodkorlarning millatparvarlik ruhidagi asarlar yozishiga sabab bo‘lgan tarixiy hodisalar to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 2. Sho‘ro (sovet) tuzumining dastlabki yillarida o‘zingiz istiqomat qiladigan hududlarda ro‘y bergan hodisalar to‘g‘risida keksalardan so‘rab, bilib olishga harakat qiling. 3. O‘z oilangiz taqdirida bu tuzum qanday iz qoldirganini bobo va buvilaringiz esdaliklari asosida hikoya shakliga keltirib, sinfda o‘qib bering. 4. «Mirrix yulduziga» she’rini yozib e’lon qilish bilan Fitrat qanday maqsadni ko‘zlagan, deb o‘ylaysiz? 5. «Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar» faqat Fitrat zamoniga xos kimsalar edi, desak, to‘g‘ri bo‘ladimi? Yaqin va uzoq tarixdan olingan misollar bilan kringizni isbotlashga harakat qiling. 6. Shoir kimlarni «Qardosh etin to‘ymay yegan qoplonlar»ga o‘xshatyapti? 169 7. Nega bir o‘lka yonsa, kimlarningdir qozoni qaynaydi? Dunyodagi shunday «tartib»ni adolatli deb hisoblaysizmi? Sizningcha, chinakam adolatli tartib qanday bo‘ladi? 8. Bugungi kunda ham dunyoning qay bir burchidagi o‘lkalarga o‘t qo‘yib, o‘z qozonini qaynatishga urinishlar bo‘lyaptimi? Misollar bilan isbotlang-chi! 9. XX asrning 20 – 30-yillarida yaratilgan asarlar orasida «Mirrix yulduziga» she’riga mazmunan yaqin turadigan yana qanday asarlarni o‘qigansiz? 10. «Mirrix yulduziga» she’rini o‘qishli qilib turgan jihatlar nimalardan iborat? 11. Badiiy asar pafosi deganda nimalar tushunilishi to‘g‘risida o‘qituvchin- gizdan so‘rab, bilib oling. O‘GUT Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim. O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim. Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal, Hurkma – kirish, qo‘rqma – yopish, yo‘rilma 1 – qo‘zg‘al! Yel yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et. Qilolmasang shu ishlarni, Sening uchun xo‘rlikdir bu... Yiqil, yo‘qol, ket! Shoirning «O‘gut» she’ri bundan oldin tahlil qilingan «Mir- rix yulduziga» asarining mantiqiy davomidek yangraydi. Xo‘sh, buni nimalarda ko‘ramiz? Guvohi bo‘ldikki, «Mirrix yulduziga» she’rida Turkiston o‘lkasi XX asr boshlarida tushib qolgan g‘oyat achinarli holat o‘z ifodasini topgan. Jafokash Vatan vujudiga joylashib olib, qonini zulukdayin so‘rgan kimsalar kirdikoridan ozorlangan lirik qahramon xayolan Mirrix yulduziga murojaat etadi. Bu murojaat boshdan-oyoq achchiq savollardan tashkil topgan. Afsuski, «yeri- mizning eng qadrli tuqg‘ani» – go‘zal Mirrix ham bu holdan lol qotgan – sira gapirmaydi, gapirolmaydi. Tabiatan o‘t-olovga 1 Y o‘ r i l m a – charchama, o‘tirma. 170 qiyos beriladigan shu yulduz ham yer yuzida bo‘layotgan ado- latsizliklardan bezib uzoqlarga qochgan... Shoir «O‘gut»da o‘zi va millati dardlariga najotni topganday bo‘ladi. Bu najot – xalqning og‘ir-vazmin, mulohazakor, biroq ko‘zlari yoniq farzandlari – yigitlaridir! Bu yigitlarning nurli ko‘zlarida shoir millatning ertangi kuni- ni, baxt-u iqbolini ko‘radi. Zero, har qanday xalqning kelajagi uning bag‘ridan yetishib chiqajak avlodga, bu avlodning millat orzularini qanchalik chuqur anglashiga bog‘liqdir. Oradan yil- lar o‘tib, o‘zbekning boshqa bir iste’dodli ijodkori «Yigitlarga» degan mashhur she’rni yozadi. Bu she’rdan shunday hikmatli misra ham o‘rin oladi: Yigit omon bo‘lsa, xavf-u xatar yo‘q... (G‘afur G‘ulom) Yigitning omonligi esa faqat uning sog‘ligi, to‘rt muchasi butligi bilan o‘lchanmaydi. «Yigitning omonligi» degan tushun- cha o‘z bag‘riga nihoyatda ko‘p mazmunni, talabni jamlaydi. Devday yigitlari bo‘laturib, yovga yengilgan – do‘stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj bo‘lgan xalqlarni ham juda ko‘p ko‘rdi bu olam. Yigitning omonligi – uning imoni butligi, millatga doyili- gi, mush qlarga shafqati, do‘stlarga sadoqati, yorga vafodorligi, dush manga nafratidir! Bunday yigitning nigohi ma’nosiz va so‘lg‘in emas, bal- ki nurga, yog‘duga to‘la bo‘ladi! Bunday o‘g‘lonning tili ming‘irlashga, g‘iybat-u mayda gapga aylanmaydi. U so‘zlaganida xalq jon-u dilini berib tinglaydi, uning ortidan ergashadi. Jo‘mard farzand o‘z or-u nomusini o‘zgaga toptatib, bu holga bahona izlab o‘tirishdan o‘limni afzal biladi. Chinakam xalq farzandi uchun millat va mamlakat taqdiri har narsadan muhimroqdir! Shoir ayni shunday avlodni ko‘rgandek – najotni topgandek bo‘ladi. Va yuragi orziqib, bu avlodni shiddatga – harakatga undaydi: 171 Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal, Hurkma – kirish, qo‘rqma – yopish, yo‘rilma – qo‘zg‘al! Zero, shoirning shoshganicha, shoshtirganicha bor edi. Uni muvozanatdan chiqargan, qo‘liga qalam, ko‘ngliga olov ber- gan hodisalar zarracha vijdoni bo‘lgan insonni befarq qoldirishi mumkin emas! Bu hodisalarning ayrim manzaralari, aytgani- mizdek, uning «Mirrix yulduziga» she’rida jonli ifodasini top- gan. «O‘gut» she’rining sarlavhasi zamirida «pand», «nasihat», «maslahat» ma’nolari emas, balki ko‘proq «chaqiruv», «da’vat», «uyg‘otish» ma’nolari yotibdi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Qolaversa, «og‘ir yigit»ga qaratilgan bu murojaatda bir shoir iltijosi, da’vatigina emas, bu haroratli ovozda kamida bir mil- latning asriy istagi, qalb chaqirig‘i eshitilmayaptimi?! ...Qilolmasang shu ishlarni, Sening uchun xo‘rlikdir bu... Yiqil, yo‘qol, ket! Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling