Adabiyot darslarida alisher navoiy ijodini o„rganish muammolari


Savol: Alisher Navoiyning yuqoridagi faxriyasi buyuk shoirning qaysi  asarida keltirilgan?  Javob


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/59
Sana31.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1145081
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
Bog'liq
pdf

Savol: Alisher Navoiyning yuqoridagi faxriyasi buyuk shoirning qaysi 
asarida keltirilgan? 
Javob: ―Muhokamat ul-lug‗atayn‖. 
Proektor orqali A.Navoiyning hikmatlaridan namunalar namoyish qilinadi: 
* * * 
Naf‘ing agar xalqqa beshakdurur, 
Bilki, bu naf‘ o‗zunga ko‗prakdurur. 
* * * 
Erursen sen shoh – agar ogohsen sen, 
Agar ogohsen-sen – shohsen-sen. 
* * *
O‗z vujudingga tafakkur aylagil, 
Har ne istarsen – o‗zingdin istagil 
va hokazo. 
O‗quvchilar hikmatlarni o‗qib izohlaydilar. 
Kichik guruhlarda ishlash (―Tarmoqlar‖ texnologiyasi). 
O‗quvchilar 4 ta kichik guruhga bo‗linadi. Har bir guruh o‗ziga nom tanlaydi: 
1-guruh-―Talab‖
2-guruh-―Ma‘rifat‖ 
3-guruh-―Ishq‖ 


4-guruh-―Istig‗no‖ 
Sardorlar saylanadi. O‗yin shartlari tushuntiriladi. U quyidagicha: har bir kichik 
guruhga alohida topshiriq beriladi. O‗quvchilar A-4 o„lchamdagi qog‗ozlarga 
topshiriq javoblarini tarmoqlarga ajratilgan tarzda kiritadilar. 
Magnitafonda A.Navoiyning ―Qaro ko‗zim‖ g‗azaliga bastalangan ashula 
yangraydi. Qo‗shiq tugashi bilan topshiriq uchun ajratilgan vaqt ham nihoyasiga 
yetadi. 
Eslatma: O‗qituvchi ma‘lumotlarni qay tarzda tarmoqlarga ajratib yozish 
mumkinligini doskaga ko‗rsatib berishi maqsadga muvofiqdir. 
―Talab‖ guruhi uchun topshiriq: ―A.Navoiyning ilmiy merosi‖. 

A.Navoiyning ilmiy asarlarini sanang. 

Asarlar mavzusini ko‗rsating va guruhlarga ajrating. 

Asarlar yaratilgan yillarni ko‗rsating. 
―Ishq‖ guruhi uchun topshiriq: A.Navoiyning ―Xamsa‖ asari. 

Dosotonlarning nomini tartib bilan sanang. 

Dostonlarning hajmi va ular aruzning qaysi vaznida yozilgan? 

Har bir dostonning asosiy mavzusi va g‗oyasi. 
―Ma‘rifat‖ guruhi uchun topshiriq; ―A.Navoiyning lirik merosi‖. 

Shoir devonlarining nomi. 

―Xazoyin ul-maoniy‖ kulliyotiga kiritilgan she‘rlarning janrlari va 
ular devonlar bo‗yicha qanday tartibda taqsimlangan? 

Har bir janrda yozilgan she‘rlarning miqdori. 
―Istig‗no‖ guruhi uchun topshiriq: A.Navoiy va uning zamondoshlari. 

A.Navoiyning ustozlari, do‗stlari, shogirdlari hamda unga homiylik 
qilgan siymolar. 

Ular haqida nimalarni bilasiz? 



Ularning asarlarini sanang. 
Ashula tugagach, har bir guruh sardori o‗z guruhi bajargan topshiriq 
javoblarini aytadi. Boshqa guruh a‘zolari, agar xatolar bo‗lsa to‗g‗irlaydilar. 
―Zakovat‖ o‗yini. 
Barcha guruhlarga ―Alisher Navoiy asarlari nomini toping‖ deb 
nomlanuvchi krossvord yechish taklif qilinadi. Har bir guruhdan 2 vakil krossvord
topshiriqlarini kompyuterda yechadi. 2 o‗quvchi qog‗ozda bajaradi. 
Eslatma: magnitofonda qo‗shiq eshittiriladi. Qo‗shiq tugagach, guruhlar 
navbatma-navbat krossvorddan shoirning nechta asari nomini topa olganlarini 
aytadilar. Qaysi guruh ko‗proq asar nomini topgan bo‗lsa, o‗sha guruh g‗olib 
hisoblanadi. 
O‗yinning asosiy maqsadi: tezkorlik va bilimdonlik. 
Qo‗shimcha topshiriq: O‗quvchilarga ―Muvashshah‖ o‗yini taklif etiladi. 
A – ―Arbain‖, ―Anbiyolar va hakimlar tarixi‖. 
L – ―Lison ut-tayr‖, ―Layli va Majnun‖. 
I – ―Ixlosiya‖, ilk devon. 
Sh – ―Sher bilan Durroj‖, ―Shoh G‗oziy hikoyati‖, ―Shifoiya‖. 
E – ―El desa menikim…‖ 
R – ―Risolai muammo‖, Risolai tir andoxtan. 
N – ―Nasoyim ul-muhabbat‖, ―Navodur ush-shabob‖, ―Nazm ul-javohir‖, 
―Navodir un-nihoya‖, ―Nizomiya‖. 
A – ―Ajam – xalqlari tarixi‖. 
V – ―Vaqfiya‖. 
O – ―Orazin yopqoch ko‗zimdin sochilur har lahza yosh…‖ 


I – ―Ikki vafoli yor hikoyati‖. 
Y – ―Yetti sayyora‖. 
O‗quvchilar bilimini baholash. O‗quvchilarning dars davomida bergan 
javoblari, kichik guruhlar tomonidan bajarilgan topshiriqlar uchun qo‗yilgan 
baholar e‘lon qilinadi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling