Adabiyot darslarida alisher navoiy ijodini o„rganish muammolari


Darsning fanlararo bog„lanishi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/59
Sana31.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1145081
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
pdf

2.Darsning fanlararo bog„lanishi. Sharq musiqasi tarixi. 
Mavzu: "Musiqa ilmiga hissa qo‗shgan olimlar". Musiqa. 
Mavzu:"O‗rta Osiyo mutafakkirlarining tabiat haqidagi tasavvurlari"
O‗zbekiston tarixi. 
Mavzu: "XIV-XV asrdagi ijtimoiy va madaniy hayot" 
1. Tashkiliy qism . 


Navbatchi o‗quvchilar dars boshlanishidan 10 daqiqa oldin kelib xonani 
mashg‗ulotga tayyorlashadi. O‗qituvchi darsga kirib, xonaning tozaligiga va 
o‗quvchilarning tashqi kiyinishiga, o‗quv qurollarining bor-yo‗qligiga ahamiyat 
beradi. Navbatchi o‗quvchining bildirishnomasi bilan darsga kelmaganlarni o‗quv 
jurnaliga belgilaydi va nimaga kelmaganligini aniqlaydi. 
2. O‘qituvchining kirish so‘zi. 
O‗qtuvchi o‗quvchilardan uyga berilgan vazifani aniqlaydi. 
O‗quvchilarda shu mavzu bo‗yicha tushunmovchilik tug‗dirgan savollar bor-
yo‗qligini aniqlab oladi va ular qiynalgan o‗rinlarlarga yana alohida to‗xtalib 
o‗tadi. Ularni nazariy daftarlaridan uyga berilgan vazifani tekshirib, o‗zining 
imzosini qo‗yadi. O‗qituvchi umumiy,yakka savollar,testlar,muammoli masalalar
krossvordlar berib ularni diqqatini o‗ziga jalb etadi. 
4. O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarning bilimlarini baholash. O‗tilgan 
mavzuni so‗rashda noan‘anaviy usullardan foydalanish 
5. mumkin ("Qor koptok")....... 
O'TGAN DARSDAGI MAVZU "MAVLONO LUTFIY IJODI" 
BO‘YICHA SAVOLLAR 
1. Lutfiyning hayoti haqida nimalar yodingizda qoldi? Javob: Navoiyning 
ustozi Mavlono Lutfiy adabiyotimizdagi yirik siymo. Mavlono so‗zi-musulmon 
sharqida olim va fozil kishilarni, ustozlarni ulug‗lab, nomlariga qo‗shib 
ishlatiladigan so‗z. U Hirot yaqinidagi Dehikanor qishlog‗ida 1366 yilda tug‗ilib, 
1465 yili shu yerda vafot etgan. Hazrat Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat''ida 
"To‗qson to‗qqiz yoshida olamdin o‗tdi. Qabri Dehikanordadir. O‗z maskani erdi"-
deb yozadi. 
2. Lutfiydan qanday ijodiy meros qolgan? 


Javob: Shoirdan bizga 2 ta devon yetib kelgan, ular ,asosan, g‗azal va 
qit‘alardan iborat. Shuningdek, u Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafanoma" 
asarining tarjimasini ham boshlab qo‗ygan edi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling