Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet159/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.«Nido» dostonida qaysi urush tasvirlangan va bu urush insoniyat boshiga qanday falokatlar olib kelgan?
2.Urush tugaganidan so'ng oradan yigirma yil o'tgan bo'lsa ham shoir nega u yillarni alam bilan eslayapti?
3.Urushning oddiy bir qishloq boshiga solgan fojialari qaysi misra- larda tasvirlangan?
4.Urush jangda halok bo'lgan qurbonlardan tashqari yana qanday kulfatlar olib kelgan?
5.Doston orqali shoir aytmoqchi boTgan eng asosiy muddao nima?
6.O'zingiz o'qigan urushga qarshi asarlar, ko'rgan film va spektakl- laringiz haqida hikoya qilib bering.
7.Bugungi kunda tinchlikka tahdid so lib turgan qanday yovuz kuchlar borligini va ularga qarshi nima qilish kerakligini so'zlab be­ring.


III. YANGI MAVZU BAYONI.
Abdulla Oripov
1 941-yilda tug`ilgan
Davlatimiz madhiyasini bilasiz, albatta. Tantanali marosimlarda aytilganini ko'p ko'rgansiz. O'zingiz ham yod olgansiz. Xalqaro mu- sobaqalarda sportchilarimiz g'olib kelib, har safar bayrog'imiz ko'ta- rilganida, madhiyamiz yangraganini g'urur va iftixor bilan kuzat- gansiz. Faqat tantanalarda emas, u bizga doim hamroh. Radio va televideniye har bir kunini mana shu madhiyamiz bilan boshlaydi va u bilan tugatadi. Chunki u - bizning davlatimiz, mustaqilligimiz ram- zidir. U - dunyodagi qanchadan qancha mamlakatlar orasida tengma- teng yashab kelayotganimiz ramzidir. Mana shu madhiyaning so'z- lari muallifini bilasizmi? Uni atoqli shoirimiz Abdulla Oripov yozgan.
Abdulla Oripov - bugungi o'zbek adabiyotining zabardast vakillari- dan. Mashhur shoir, tarjimon, O'zbekiston Qahramoni.
Shoir 1941- yilning 21- martida Qashqadaryo viloyati Koson tuma- nining Neko'z qishlog'ida tug'ilgan. Otasi Orif bobo ko'pni ko'rgan, donishmand kishilardan edi. Elda e'tiborli, ko'p yillar rahbar bo'lib kelgan, so'zni topib so'zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o'g'lining shon-shuhratini ko'rib vafot etdi. Onasi Turdi Karvon qizi shoirtabiat, xalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o'g'lining birinchi kitobini ko'rib ketdi. Ehtimolki, Abdullaning kelajagini bashorat qilib ketdi. Bu tuyg'ular uning «Onajon» she'rida juda samimiy ifodalan- gan. So'ngroq u shu nomda butun bir kitob ham yozadi.
BoTajak shoir Neko'zdagi o'rta maktabda o'qidi. Ta'lim-tarbiya- sida oila muhitining ta'siri katta bo'ldi. To'rt aka-ukaning hammasi adabiyot muxlisi edilar. Kattasi institutni bitirib, maktabda dars berai; ikkitasi oliy o'quv yurtlarida o'qishar, uyida yaxshi kitoblar ko'p bo Tar edi. She'rga, kitobga mehr Abdullada maktab yoshida paydo bo'ldi. Dastlabki she'rlari o'quvchiligida bosildi. Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo'ldilar.
Abdulla Oripov 1958- yilda o'rta maktabni oltin medal bilan bi- tirib, Toshkentga keladi va SAGU (hozirgi 0'zMU)ning filologiya fakultetiga o'qishga kiradi. 1963- yilda ushbu fakultetning jurnalistika bo'limini tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi. Birinchi kitobi 1965- yilda «Mitti yulduz» nomi bilan bosilib chiqadi. Bu mitti kitobcha adabiyotimizga katta iste'dod kirib kelayotganini ma'lum qiladi. Yosh shoir she'rlaridagi hech kimnikiga o'xshamagan dard va ohanglai; kutilmagan o'xshatish - manzaralai; dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o'ziga qaratib oladi. Unga o'z davrining eng mashhur adiblari, masalan, Abdulla Qahbor e'tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi.
So'ng o'nlab kitoblari bosildi. Buyuk italyan shoiri Dantening «Ilohiy komediya» asarini juda katta mahorat bilan o'zbek tiliga taijima qildi. Amir Temur haqida «Sohibqiron» nomli drama yoz­di. O'z asarlari bilan xalqimizning atoqli va ardoqli shoiriga aylandi. Ayni paytda, qanchadan qancha she'rlari xorijiy tillarga tarjima qilindi. Yurtimizdagina emas, chet mamlakatlarda ham dovruq qozondi. Uni XX asr jahon adabiyotining ko'pgina vakillari tan oldi-
Bugun Abdulla Oripov davrimizning eng mashhur ijodkorlari- dan: «0'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi» matni muallifi, O'zbekiston xalq shoiri. Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat Mukofoti laureati. 1998- yilda shoir va yozuvchilarimiz orasida birinchi bo'lib «0'zbekiston Qahramoni» faxriy unvoni bilan taq- dirlangan.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling