Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet157/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.Erkin Vohidovning bolaligi haqida nimalarni bilasiz?
2.E.Vohidovning shoir bo'lib yetishishiga qanday omillar sabab bo'ldi?
3.Shoirning qanday to'plamlari chop etilgan?
4.E. Vohidovning ijtimoiy faoliyati haqida so'zlab bering.
5.Shoir she'riyatdan boshqa yana qaysi janrlarda qalam tebratgan?
III. YANGI MAVZU BAYONI.
«NIDO» DOSTONI HAQIDA
Urushlar qadim-qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar so- lib kelgan. Urush tufayli qanchadan qancha odamlar qurbon bo'lgan, ayollar tul, bolalar yetim qolgan, gullab-yashnab yotgan shahar-u qish- loqlar kultepaga aylangan. Shuning uchun ham yuragida odamzodga mehr-muhabbat boTgan har qanday inson urushni qattiq qoralagan, hamisha unga qarshi chiqqan. Tinchlik uchun kurashda, ayniqsa, olim- lar, san'atkorlar, shoir-u yozuvchilarning xizmati kattadir. Chunki ular yaratgan asarlardan, ilgari surgan g'oyalardan millionlab kishilar bah- ramand bo'ladi.
Afsuski, fan-texnika rivojlanib, qurol-yarogTar takomillashib bor- gani sari urush qurbonlarining ham soni ortib, u keltirgan vayronliklar- ning koTami kengayib bordi. Eng oxirgi - Ikkinchi jahon urushida ellik milliondan ortiq odam halok bo'ldi.
Erkin Vohidovning «Nido» dostoni ham xuddi ana shu urush va u olib kelgan kulfatlar, u yetkazgan jarohatlar haqidadir. Bu doston qis- man avtobiografik xarakterga ega, ya'ni shoirning taijimayi holi bilan bogTiqdir. Chunki uning ayni qalam ushlab, savod chiqarish davri ana shu urush yillariga to'g'ri keladi.
Doston yigirma yil awal urushda halok boTgan otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. Oradan yigirma yil o'tib ketgan bo'lsa-da, hamon uning jarohatlari bitgani yo'q. Hamon yer qa'ridan «0'g'lim!» degan nido yangrab turadi. Bu nidoning ma'nosi nima? Shu o'rinda shoir olis bolalik yillarini eslab ketadi. Ko'z oldidan to'p-to'p bo'lib jangga ketayotgan odamlar o'ta boshlaydi. Yoshgina bolakay hali urush nima ekanligini toTiq tasawur qila olmaydi. Biroq ko'p o'tmay bu bolakay ko'cha changitib yurgan olis, sokin qishloqda ham urush o'z fojiali qiyofasini namoyon eta boshlaydi:
Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo'ltiqtayog'i bor,
Bir oyog'i yo'q.
Rustam aytib berdi:
Ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o'q...
Yoki urushning ana shu qishloq boshiga solgan yana bir dahshati:
Xol aka qaytganda uyga to'satdan, O'g'li, dadajon, deb chopib kelibdi. Ota quchay desa qo'li yo'q ekan, Tik turgan joyida yig'layveribdi.
Rustamning akasi bilan Xol aka-ku nogiron bo'lishsa ham qaytib kelishibdi. Ammo el-yurtning tinchligi, farzandlarning baxtiyor kelajagi deb jon bergan insonlar qancha!
Darsga kelmay qoldi tunov kun Tal'at, Muallim urishsa, turaverdi jim. Dadasidan kelgan ekan qoraxat, Hammamiz yig'ladik, hatto muallim...
Bu urush har bir xonadonga kulfat olib kelgan, har bir qalbda bitmas jarohat qoldirgan. Lekin urush degan balo hali yer yuzidan butunlay su- purib tashlangani yo'q. U goh terrorchilik shaklida, goh milliy va diniy adovatlar shaklida o'z sharpasini ko'rsatib turibdi. Agar odamzod ogoh bo'lmasa, ona zamindagi barcha tinchliksevar kuchlar birlashib urushga qarshi chiqmasa, bu fojia awalgilaridan ham dahshatliroq bo'lib tak- rorlanishi mumkin. Dostonda tinchlik uchun kurashib jon berganlar ni- dosi, ularning ortida qolgan farzandlar, onalar, chol-u kampirlar nidosi umumlashib davr nidosiga - tinchlik uchun kurash nidosiga aylanib ke- tadi: BoTurmiz gal kelsa har birimizga Tinchlik janggohining fidosi. Bu senga, bu menga, bu bizga Yigirmanchi asr nidosi. Ana endi dos­ton nomidan - «Nido»dan anglashilgan ma'no ma Turn bo'ldi. Demak, tinchlik uchun, insoniyatning baxtli kelajagi uchun kurash nidosi XXI asrda ham, undan keyin ham, to Yer yuzida abadiy tinchlik o'rnatilgunga qadar har bir insonning qalbida jaranglab turmogT kerak.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling