Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet132/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.Bobur kim? lining ota-bobolari, avlodlari haqida nimalar bilasiz? Uning tariximiz, madaniyatimizdagi xizmatlari haqida-chi?
2.Boburning tarjimayi holi haqida so'zlab bering.
3.Ruboiy haqida ma'lumot bering. Bobur ruboiylari haqida nimalar deya olasiz?


III. YANGI MAVZU BAYONI.
RUBOIYLAR
Yod etmas emish kishini g'urbatda1 kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni mehnatda2 kishi.
Ko'nglum bu g'ariblikda shod o'lmadi, oh,
G'urbatda sevinmas emish albatta kishi.
Ko'pdin berikim yor-u diyorim yo'qtur,
Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo'qtur.
Keldim bu sori3 o'z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo'qtur.
Hijron4 qafasida jon qushi5 dam qiladur6,
G'urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav bitay firoq-u g'urbat sharhin,
Kim ko'z yoshi nomaning yuzin nam qiladur

Xush ulki, ko'zum tushti sening ko'zungga,


Bevosita holimni desam o'zungga,
Bermay so'zuma javob achig'lanasen,
Qilding meni muhtoj chuchuk so'zungga.
Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur.
G'am yemaki, yetkursa boshini ko'kka,
Oxir yana yer kibi oni past qilur.
Ishlar bori ko'nguldagidek bo'lg'usidur!
In'om-u vazifa — bori buyrulg'usidur!
Ul g'alla-yu mahmilki, deb erding, bildim,
Mahmilg'a bo'yu g'alladin uy to'lg'usidur!
Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur,
Ko'zdin uchadur uyqu chu oqshom bo'ladur.
Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek,
Borg'on sori bu ortadur, ul kam bo'ladur.
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtai ayshdin ko'ngulni zhihor
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!


IV.MUSTAHKAMLASH
1.«Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen» ruboiysida qanday fikr ilgari surilmoqda? Shoir nima demoqchi?
2.«Tole' yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi)) ruboiysida nega shoir o'zini «tole'siz)) (baxtsiz) hisoblaydi? Uning nazaridagi baxtli odam kim?
3.«Hajringda bu tun ko'ngulda qayg'u erdi)) ruboiysidagi qayg'uli holning tasviri-yu uning hazil-mutoyibali ifodasini ko'rsatib, tu­shuntirib bera olasizmi?



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling