Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet45/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


III. YANGI MAVZU BAYONI.
Maqsud SHAYXZODA
1908-1967

Hurmatli o'quvchilar! Sizlar har yili ulug' bobokalonimiz, bu­yuk shoir va mutafakkir hazrati Alisher Navoiy sharafiga bag'ishlab adabiy kechalar o'tkazganingizda u zotni ta'riflab «G'azal mulkining sultoni» deb ataysiz. Ana shu ta'rifni ilk bor qoTlagan ijodkor shoir Maqsud Shayxzoda bo'ladi.


O'zbek adabiyotining XX asrdagi ulkan vakillaridan biri Maqsud Ma'sum o'g'li Shayxzodadir. U ikki xalqning - o'zbek va ozar- bayjon xalqlarining farzandidir. Maqsud Shayxzoda 1908- yili Ozar- bayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida ziyoli oilada tug'ilgan. Otasi- ning kasbi shifokorlik bo'lib, she'riyatni nihoyatda sevgan, farzand- lariga ham adabiyotga muhabbat tuyg'usini singdirgan inson edi. Shayxzoda tug'ilgan shahrida maktab ta'limini olgach, Ozarbayjon poytaxti Bokudagi Oliy pedagogika institutiga sirtdan o'qishga kiradi. 1925- yildan muallimlik qila boshlaydi. 1928- yili u hurfikr- liligi, ya'ni Ozarbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblanib, Toshkentga badarg'a qilinadi. Ayni shu davrdan boshlab to umrining so'ngiga qadar Shayxzodaning butun hayoti O'zbekiston bilan bog'lanadi. U awal turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida muharrir, 1935-1938- yillarda O'zbekiston Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938- yil­dan umrining oxirigacha Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti o'zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi bo'lib ishladi.
Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari 1929- yildan e'lon qilina boshlandi. 30-yillarda shoirning «0'n she'r», «Undoshlarim», «Uchin- chi kitob», «Jumburiyat» nomli to'plamlari dunyo yuzini ko'radi. Ana shu to'plamlari bilan Shayxzoda o'zbek adabiyotida o'ziga xos shoir sifatida taniladi.
Shoirning ijodi 40- yillarda, Ikkinchi jahon urushi davrlarida, ayniqsa, rivojlandi. Butun insoniyatga tahdid solayotgan fashizmni yo'q qilish, hayotni, tinchlikni saqlash, xalqni ruhan yengilmaslikka, matonatga da'vat etish shoirning o'sha yillari chop etilgan «Kurash nechun», «Jang va qo'shiq», «Kapitan Gastello», «Ko'ngil deydiki» kabi to'plamlarining bosh mavzusi bo'ldi. Shu yillarda Shayxzoda ijodining yana bir mumtoz namunasi «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramas i yaratildi.
Shayxzoda urushdan keyingi yillar tinch hayot va yaratuvchilik zavqini kuylagan she'rlardan iborat «0'n besh yilning daftari», «01qishlarim», «Zamon torlari», «Shu'la», «Chorak asr devoni» kabi to'plamlarini nashr ettiradi. 1957- yili qadim poytaxtimiz Toshkent haqida teran falsafiy va nihoyatda ehtirosli tuyg'ularga boy «Toshkentnoma» dostonini yozadi. Tarixiy mavzulardagi izlanish- larini davom ettirib 1960- yilda «Mirzo Ulug'bek» tragediyasini yaratadi. Bu asar o'zbek dramaturgiyasi rivojida juda katta o'rin tutadigan pyesadir. Asarda buyuk bobokalonimiz, dunyo falakshunos olimlari ichida e'tirof topgan, ulug' Amir Temurdan so'ng temuriylar nasabini olamga tanitgan Mirzo Ulug'bek siymosi muhabbat va ulug'vorlik bilan tasvir etiladi. Uning inson va shoh, shoh va ohm, ota sifatidagi siymosi badiiy teranlikda, baquwat she'riy satrlarda ochib beriladi. Bu obrazni Shukur Burhonov katta mahorat bilan ijro etgan.
Mazkur asarlar yaratilishidan awalroq, 50- yillarning boshlarida Maqsud Shayxzoda ham «qatag'on» siyosatining qurboni bo'lib, «xalq dushmani» degan tuhmatlar bilan qamaladi. 50- yillarning o'rtalarida qatag'onchilik qoralanib, ko'p halol insonlar qatori Shayxzoda ham ozod etilgach, irodasini bukmay, qizg'in ijod bilan mashg'ul bo'ldi. She'rlar, doston va dramatik asarlar bilan birga Shekspir, Push­kin, Lermontov, Mayakovskiy, Nozim Hikmat kabi jahon adabiyoti namoyandalari ijodidan taijimalar qiladi. Olim sifatida Alisher Navoiy she'riyati haqida chuqur ilmiy tadqiqotlar yaratdi.
Shoir 1967- yilning 19- fevralida xastalikdan vafot etadi. Uning vafotidan so'ng olti jildlik «Asarlar»i nashr etiladi. Mustaqillik yilla- rida Maqsud Shayxzodaning ijodi va qilgan xizmatlari haqiqiy qadr topib, 2001- yili «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling