Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja


Download 112.15 Kb.
bet10/22
Sana08.01.2022
Hajmi112.15 Kb.
#254908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
O`zbek modern she’riyati

Modernizm XX asr adabiyotida, san’atida muhim hodisa, uning asl qiyofasini belgilovchi muhim omil ekani M.Prust, F.Kafka, T.Eliot, A.Kamyu kabi yangi oqim, yo`nalishlarga mansub ijodkorlar so`z san’ati rivojida butunla yangi davr ochgani hech kimga sir emas. Modernizm shunchaki badiiy ekspremental-tajriba, shakliy-uslubiy izlanish natijasi emas, balki u dunyoni, insonni yangicha ko`rish, tushunish, anglash, anglatishning o`ziga xos falsafiy-nazariy asoslariga ega. Shopengauer, Nitsshe, Bergson, Freyd, Yung, Xaydegger, Sartr, Kamyu kabi g`oyat xilma-xil ilmiy-falsafiy maktab asoschilarining ta’limoti va g`oyalari yangicha adabiy oqim, yo`nalishlar uchun zamin bo`lib xizmat qildi.

XX asr boshlarida shakllana boshlagan yangi o`zbek adabiyoti, asosan, ma’rifatchilik realizmi, umuman, realism ko`rinishida, aniqrog`i, XX asr jahon, birinchi galda yevropa realistic adabiyoti tajribalari yo`lidan bordi. 20 yillardayoq Fitrat, Cho`lpon, Qodiriy, Hamza singari peshqadam o`zbek adiblarining ijodida XX asr jahon adabiyoti adabiy tafakkuridagi eng yangi jarayonlarga ohangdosh xususiyatlar, aniqroq qilib aytganda modernistic oqim belgilari namoyon bo`la boshladi. Fitrat, Cho`lpon, Oybek va 20 yillarda ular izidan brogan qator iste’dodli shoirlar she’riyati yaxlit holda bizda yevropa yangi adabiyotiga hamohang simvolizm adabiy hodisa darajasiga ko`tarila boshlaganini tasdiqladi.

Cho`lponning 20 asr boshlarida she’riyatimizdagi bir xillikdan norozi ohangda yozgan “bir xil, bir xil, bir xil...ko`ngil boshqa narsa, yangilik qidiradir” deb yozishi ham bejiz emas. Cho`lpon ham o`z davri uchun yangi shoir edi.

XX asrning so`ngiga kelib modernism o`zbek adabiyotiga ham kuchli ta’sir o`tkaza boshladi. Abduvali Qutbiddin, Faxriyor, Bahrom Ro`zimuhammad, Aziz Said, Ulug`bek Hamdam, Go`zal Begim kabi ko`plab ijodkorlar asarlarida shu yo`nalishning o`ziga xos xususiyatlari yaqqol ko`zga tashlanadi.

Adabiyotlar


  • O`zbek modern she’riyati. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2003.

  • XX o`zbek she’riyati antalogiyasi. Toshkent. Milliy entsiklopediya. 2004.

  • O.Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. Toshkent. Sharq. 2004.

  • U.Normatov. Ijod sehri. Toshkent. Sharq. 2004.

  • B.Sarimsoqov. Absurd – ma’nisizlik. O`zAS. 2002. 28 iyun.

  • U.Hamdam. Yangilanish ehtiyoji. Toshkent. Fan. 2007.

  • Q.Yo`ldosh. Yoniq so`z. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2006.

  • S.Quronov. Ifoda va ifodaviylik. Toshkent. Akademnashr. 2013.



Download 112.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling