2. TADQIQOT SHAROITLARI, SXEMASI, OBYEKTLARI VA USLUBLARI.
2.1. Tadqiqot sharoitlari. Tadqiqot uchun ajratib olingan tovuqlar 120 kunlik bo’lib, ularning o’rtacha og‘irligi 1.2 kg ni tashkil qildi. Tadqiqot ishlariga oid tajribalar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti vivariyi (biofiziologik va biokimyoviy ilmiy tadqiqot) laboratoriyasi bazasida, to’rt xil variyantda alohida alohida ajratilgan katakchalarda olib borildi. Tajribalar tovuq boqishda an’anaviy qo’llanilib kelinadigan ratsiondan foydalangan holda amalga oshirildi. Tovuqlarning asosiy ratsioni to’la qimmatli granulirlargan omuhta yemdan tashkil topdi va suv ta’minoti doimiy bo’ldi. Ratsion granulirlangan omuxtayem bo’lib, tarkibi: 64% bug'doy, 4% un;7,5% ohaktosh uni; 0,4% soda va 0,1% tuz; bir necha gramm bo’r; 2,5% kungaboqar yog'i va xamirturush;17% kungaboqar uni, premiks P1-2 (1%) dan tashkil to’pgan. Bu omuxta yemning har 100 gr tarkibida 32% makkajoʻxori uni,21% kungaboqar kepagi, 20.29 % bugʻdoy uni, 8.2 % soya uni,8% bor, 2 % maydalangan qobiq, 1% maxsus tayyorlangan premiks, 0.76% monokalsiy fosfat, 0.43% osh tuzi,0.09% lizing, 0.03% metionin. Omuxta yem tarkibidagi vitaminlar ularga bo’lgan ehtiyoj darajsidagi miqdori tashkil qiladi. Tajriba ratsionga qo’shimcha ravishda D vitamini va kalsiyning mono – va o’rta fosfat tuzlarini ko’shib berish yo’li bilan amalga oshirildi, tajriba variyantlari sxemasi Jadval -2 da o’z aksini topgan.
Jadval -2
Tajriba variyantlari sxemasi
Tajriba variyantlari
|
Tajriba hayvonlar soni.
(n)
|
Tajriba oʻtqazish muddati.
|
Tajriba hayvonlarni oziqlantirish tavsifi.
|
1- (nazorat)
|
5
|
Yil davomida
|
Granulalangan omuxta yem Ros 3-7
|
2 (tajriba -2)
|
5
|
Yil davomida
|
Granulalangan omuxta yem + vitamin D3 20000 XB. Bir litr suvga 1 gr
|
3 (tajriba -3)
|
5
|
Yil davomida
|
Granulalangan omuxta yem+vitamin D3 20000 XB 1 litr suvga 1 gr+ 5 gr kalsiy monafosfat
|
4 ( tajriba -4)
|
5
|
Yil davomida
|
Granulalangan omuxta yem+ vitamin D3 20000 XB + 5 gr kalsiy trifosfat.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |