Adabiyotshunoslik va uning dolzarb masalalari
Download 115.27 Kb.
|
1-мавзу
Ikkinchidan, adabiyot ilmining turli fan sohalari (falsafa, folklor, tarix, falakiyot, tasviriy va amaliy sanʼat, din, kino, teatr, musiqa bilan aloqalari, birbiriga taʼsir koʼrsatish, taʼsirlanish jarayonlari chuqurlashdi. Shu maʼnoda, estetikaning goʼzallik va xunuklik, fojelik va komiklik, koʼtarinkilik va tubanlik singari kategoriyalarining maʼno ufqlari kengayib ketdi. Endilikda, badiiylik, badiiy shartlilik, badiiy obraz, timsol, ramziylik, muallif shaxsiyati estetikaning universal kategoriyalari sifatida oʼrganila boshlandi. Bir soʼz bilan aytganda, badiiy ijod estetikasi va uning voqelikka, inson ong-shuuriga munosabati, ushbu jarayonning ijtimoiy-falsafiy mazmunini yoritish ustuvorlik kasb etdi.
Uchinchidan, keyingi yillar adabiyotshunosligimizda namoyon boʼlgan yetakchi tamoyillardan yana biri – bu oʼzbek adabiyotining yetuk badiiyat namunalarini jahon kontekstida tahlil qilishda koʼzga tashlanmoqda. Jahon badiiyati tarixini yaratib kelayotgan asarlar bilan muqoyasada izchil, qatʼiy yoʼnalish kasb etadi. Qiyosiy adabiyotshunoslik, adabiy taʼsir va xalqaro adabiy aloqalar yoʼnalishida tipologik, tarixiy-analitik tahlil metodlari asosida qutlugʼ samaralarga erishilmoqda. Bu jihatdan taniqli adabiyotshunos Pariza Mirzaahmedovaning rus tilidagi “Klassika va zamonaviylik adabiy aloqalar yoʼnalishida” (“Klassika i sovremennostь v aspekte vzaimodeystviya”) monografiyasi hamda “Chingiz Аytmatov va zamonamizning madaniyatshunoslik masalalari” asari, Pariza Mirzaahmedova masʼul muharrirligida chop etilgan “Аdabiy aloqalar milliy adabiyotlar taraqqiyotining manbai tariqasida” (“Vzaimodeystvie kak istochnik obogaщeniya natsionalьnoy literaturы”) jamoaviy tadqiqoti, adabiyotshunos Ulugʼbek Saidovning “Sharq va Gʼarb: madaniyatlar tutashgan manzillar”, “Globallashuv va madaniyatlararo muloqot” monografiyalari, Murod Ibrohimov (marhum)ning “Аdabiyot – mening borligʼim” tadqiqot va maqolalar kitobi ushbu yoʼnalish takomilida salmoqli oʼrin tutadi.
Download 115.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling