XX asr oxiri – XXI asr boshidagi adabiy jarayon rivojlanishining tendensiyalari - 1) realistik va modernistik poetikaning yagona badiiy maydonga birlashishi;
- 2) ijtimoiy-shaxsiy muammolardan shaxsiy-maishiy muammolarga ko’chish;
- 3) yangicha mifologik yozish uslubini yaratgan ramzlardan foydalanish (bu ramzlar Sharqning o’ziga xos xususiyatlari va milliy an’analariga (masalan, xalq asotirlari va shu kabilar) asoslangan);
- 4) «mo’jizaviy realizm» tendensiyalariga moyillik;
- 5) real voqelikning sun’iy in’ikosi bo’lgan, «abadiy olam» yaralishi haqidagi diniy-afsonaviy model elementlari syujetdan tashqari unsurlar sifatida «purkab qo’yilgan» asarlar, shuningdek, reallik va afsonaviylik o’rtasidagi syujet chegaralari bo’lmagan, syujet liniyasi turli xil afsonaviy tuzilmalar (afsona, rivoyat, hikoyat) bilan uyg’unlashgan asarlarning yaratilishi;
- 6) «… o’zgacha ko’rinishdagi tahliliy psixologizm»ni vujudga keltirgan chuqur majozlashtirish tendensiyasi.
Maʼnaviy-madaniy merosni tahlil va tadqiq etish, hozirgi adabiy jarayon hodisalarini tanqidiy oʼrganish, oʼzlashtirish, estetik baholash adabiyot ilmining asosini tashkil qiladi. Mazkur ustuvor yoʼnalishlar qatorida, yana adabiyot nazariyasi, poetika, sheʼrshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, xalqaro adabiy aloqalar va adabiy taʼsir masalalari, folьklorshunoslik, mumtoz adabiyot tarixi, tarjimashunoslik, adabiy-estetik, badiiy-falsafiy tafakkur takomili, muayyan bosqichlardagi dinamikasi, qomusiy izohli adabiy terminlar lugʼatlarini yaratish, bibliografik koʼrsatkichlar tuzish singari soha-yoʼnalishlari ham adabiyot ilmining tarkibiy qismini belgilaydi. Ular adabiyotshunoslikning alohida fan tarmoqlari tariqasida ilmimizning sajiya-salohiyatidan, har bir takomil bosqichidagi holatidan, miqyosi va darajasidan voqif etadi. - Maʼnaviy-madaniy merosni tahlil va tadqiq etish, hozirgi adabiy jarayon hodisalarini tanqidiy oʼrganish, oʼzlashtirish, estetik baholash adabiyot ilmining asosini tashkil qiladi. Mazkur ustuvor yoʼnalishlar qatorida, yana adabiyot nazariyasi, poetika, sheʼrshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, xalqaro adabiy aloqalar va adabiy taʼsir masalalari, folьklorshunoslik, mumtoz adabiyot tarixi, tarjimashunoslik, adabiy-estetik, badiiy-falsafiy tafakkur takomili, muayyan bosqichlardagi dinamikasi, qomusiy izohli adabiy terminlar lugʼatlarini yaratish, bibliografik koʼrsatkichlar tuzish singari soha-yoʼnalishlari ham adabiyot ilmining tarkibiy qismini belgilaydi. Ular adabiyotshunoslikning alohida fan tarmoqlari tariqasida ilmimizning sajiya-salohiyatidan, har bir takomil bosqichidagi holatidan, miqyosi va darajasidan voqif etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |