Adabiyotshunoslik va uning dolzarb masalalari


Download 115.27 Kb.
bet6/9
Sana23.01.2023
Hajmi115.27 Kb.
#1111379
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-мавзу

Toʼrtinchidan, oʼzbek adabiy-estetik tafakkurining jahon madaniyatida tutgan oʼrni, ijtimoiy-falsafiy qadri, ahamiyatiga oid tadqiqotlar ham alohida yoʼnalish kasb etdi. Bu – istiqlol yillari adabiyotshunosligimiz erishgan qutlugʼ samaralar sirasidandir.

  • Toʼrtinchidan, oʼzbek adabiy-estetik tafakkurining jahon madaniyatida tutgan oʼrni, ijtimoiy-falsafiy qadri, ahamiyatiga oid tadqiqotlar ham alohida yoʼnalish kasb etdi. Bu – istiqlol yillari adabiyotshunosligimiz erishgan qutlugʼ samaralar sirasidandir.
  • Sharqning badiiy-falsafiy, maʼnaviy ummonidan bahramand boʼlgan sanʼatkorlar jahon madaniyati tarixida nihoyatda koʼp. Ular qatorida Ovrupo tarixida muqaddas Qurʼon oyatlaridan taʼsirlanib asar yaratgan, ilohiy hikmatlarni kashf eta olgan ijodkorlar ham bor. Gyotening “Gʼarbu Sharq devoni”, Pushkinning “Qurʼondan iqtibos” sheʼriy turkumi fikrimiz dalilidir. Аdabiyotshunos D. Qambarovaning “Qurʼon baxsh etgan ilhom” monografiyasida Pushkinning “Qurʼondan iqtibos” asari Qurʼonning arabiy matni, ruscha tarjimasi va Gyotening Qurʼon taʼsirida yozgan sheʼrlari bilan qiyosiy tahlil qilingan.
  • Аdabiy aloqa va taʼsir masalalari ijodkorlarning ongi-dunyoqarashidagi evrilishlar, badiiy asarlari poetikasi bilan bogʼliq kechishiga oid ilmiy ishlar ham nufuzlidir. Bu borada, R. Vohidov, M. Hoshimovaning “Аdabiy qardoshlik sarhad bilmaydi”, K. Quramboevaning “Mirtemir va qaroqalpoq adabiy muhiti” tadqiqotlarini koʼrsatish joiz.

Professor Naim Karimovning “Choʼlpon”, “Maqsud Shayxzoda” maʼrifiy-biografik romanlari bilan “XX asr adabiyoti manzaralari” fundamental tadqiqoti 1-kitobini, professor Umarali Normatovning “Qodiriy moʼʼjizasi” monografiyasi bilan adabiy-tanqidiy maqolalar, esse, xotira, qayd va suhbatlardan tarkib topgan “Nafosat gurunglari” majmuasini, professor Аnqaboy Quljonovning uch jildlik saylanma asarlarini, professor Аbdugʼafur Rasulovning “Tanqid, talqin, baholash”, “Badiiylik – bezavol yangilik” adabiy-ilmiy maqolalar, talqinlar, etyudlar, “Betakror oʼzlik” adabiytanqidiy maqolalar majmualarini taʼkidlash joiz. Ularda adabiy xarakterning mulki borliq bilan murakkab munosabatlarga kirishuvi, sanʼat asarining betakror, oʼziga xos dunyo ekanligi, undagi soʼz, timsollar aro aloqalar, adabiy avlodlar, badiiy asar va ijodkor fenomeni, soʼz sanʼati jarayonlari hamda muammolari xususida bahs yuritiladi

  • Professor Naim Karimovning “Choʼlpon”, “Maqsud Shayxzoda” maʼrifiy-biografik romanlari bilan “XX asr adabiyoti manzaralari” fundamental tadqiqoti 1-kitobini, professor Umarali Normatovning “Qodiriy moʼʼjizasi” monografiyasi bilan adabiy-tanqidiy maqolalar, esse, xotira, qayd va suhbatlardan tarkib topgan “Nafosat gurunglari” majmuasini, professor Аnqaboy Quljonovning uch jildlik saylanma asarlarini, professor Аbdugʼafur Rasulovning “Tanqid, talqin, baholash”, “Badiiylik – bezavol yangilik” adabiy-ilmiy maqolalar, talqinlar, etyudlar, “Betakror oʼzlik” adabiytanqidiy maqolalar majmualarini taʼkidlash joiz. Ularda adabiy xarakterning mulki borliq bilan murakkab munosabatlarga kirishuvi, sanʼat asarining betakror, oʼziga xos dunyo ekanligi, undagi soʼz, timsollar aro aloqalar, adabiy avlodlar, badiiy asar va ijodkor fenomeni, soʼz sanʼati jarayonlari hamda muammolari xususida bahs yuritiladi

Download 115.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling