Adabiyotshunoslik va uning dolzarb masalalari
«Verdandi» davri (2000–2014 yillar)
Download 115.27 Kb.
|
1-мавзу
«Verdandi» davri (2000–2014 yillar).
Har qanday ijod namunasi, badiiy asar sinfiy boʼlishi va qandaydir gʼoyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan qarashlar bugun oʼtmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarimiz va boy maʼnaviyatimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini toʼlaqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi”. Mazkur ijtimoiy-adabiy muhitning qutlugʼ samaralari sifatida, birinchidan, adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni gʼoyaviy-tematik tahlil qilishga butkul chek qoʼyildi. Аdabiy asar mazmunini badiiy qadriyat, ijodkor izlanishlarini maʼnaviy-intellektual qadriyat, adabiy jarayonni esa, hamisha harakatdagi goʼzallik hodisasi, badiiyat tarixi tariqasida oʼrganish tamoyili qaror topdi. Shu maʼnoda, xoh adabiyot tarixi, xoh madaniy-diniy meros, xoh bugungi kun adabiy hayoti hodisalari oʼrganilgan, nazariy umumlashtirilgan tadqiqotlarda, ilmiy asarlarda yaxlit bir kontseptsiya yetakchilik qilmoqda. Xususan, badiiy barkamol asar fenomeni nafaqat ijodkor shaxsiyati va dunyoqarashining, shuningdek, oʼzi yaratilgan ijtimoiy-maʼnaviy sharoit bilan jamiyatning ham maʼlum darajadagi koʼzgusidir, degan falsafiy-estetik nuqtai nazardir.
Download 115.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling