Adabiyotshunoslik va uning dolzarb masalalari


«O’tish» davri (XX asrning 80-yillar oxiri – 90-yillar). Bu davr qator omillar bilan belgilanadi


Download 115.27 Kb.
bet3/9
Sana23.01.2023
Hajmi115.27 Kb.
#1111379
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-мавзу

«O’tish» davri (XX asrning 80-yillar oxiri – 90-yillar). Bu davr qator omillar bilan belgilanadi:

  • – mumtoz merosning (XII-XIX asrlar adabiyoti) tiklanishi, o’z vaqtida ta’qiqlangan ijodkorlar (Cho’lpon, Fitrat, Behbudiy va jadid adabiyoti vakillari) asarlarining chop etilishi munosabati bilan o’zbek adabiyoti tarixidagi “oq dog’”larning yo’q bo’lishi;
  • – diniy va ma’naviy qadriyatlar hamda tasavvuf adabiyotiga qiziqishning ortishi (Yugnakiy, Bolasog’uniy, Yassaviy asarlarining e’lon qilinishi);
  • – o’zbek xalqi tarixiga nisbatan to’g’ri munosabatning tiklanishi va tarixiy-biografik janr ulushining ko’payishi (Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Bobur va shu kabi siymolar haqida qator asarlarning yaratilishi);
  • – rus klassik adabiyoti an’analari va O’rta yer dengizi va Amerika adabiyotiga (xususan, Eujenio Montale, Salvatore Kvazimodo, Kamilo Xose Sela, Garsia Markes kabi adiblarning ijodiga) qiziqishning ortishi;
  • – «g’oyaviy bo’shliq»qa barham berilishi va o’zbek madaniyati hamda adabiyotida milliy g’oyaning shakllanishi.

Modernistik ruhdagi asarlar yo’qotish, qayg’u, chorasizlik, qo’rquv, ruhiyatning o’zgarishi, fojia motivlarining yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Shu ma’noda o’zbek va jahon adabiyotidagi modernizmga xos unsurlar shaxs va borliq, o’lim va hayot, ruh va tana, din va osiylik kabi muammolarni talqin etishga qaratilgan bo’lib, uning A. Shopengauer, M. Shtirner, S. Kerkogor, F. Nitsshe, A. Bergson falsafasi bilan o’zaro uyg’un ekanligini ko’rsatadi. Modernistik tendensiyalarda bitilgan asarlarda yo’qotish, g’am, chorasizlik, qo’rquv, fojia motivlari paydo bo’la boshlaydi, lekin asar mualliflari, dunyo modernizmidan farqli o’laroq, ruhiy inqirozdan chiqish yo’llarini izlaydilar va yorug’ vaqtlar kelishiga umid bog’laydilar.

  • Modernistik ruhdagi asarlar yo’qotish, qayg’u, chorasizlik, qo’rquv, ruhiyatning o’zgarishi, fojia motivlarining yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Shu ma’noda o’zbek va jahon adabiyotidagi modernizmga xos unsurlar shaxs va borliq, o’lim va hayot, ruh va tana, din va osiylik kabi muammolarni talqin etishga qaratilgan bo’lib, uning A. Shopengauer, M. Shtirner, S. Kerkogor, F. Nitsshe, A. Bergson falsafasi bilan o’zaro uyg’un ekanligini ko’rsatadi. Modernistik tendensiyalarda bitilgan asarlarda yo’qotish, g’am, chorasizlik, qo’rquv, fojia motivlari paydo bo’la boshlaydi, lekin asar mualliflari, dunyo modernizmidan farqli o’laroq, ruhiy inqirozdan chiqish yo’llarini izlaydilar va yorug’ vaqtlar kelishiga umid bog’laydilar.

Download 115.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling