Adabiyotshunoslik va uning dolzarb masalalari
Download 115.27 Kb.
|
1-мавзу
Beshinchidan, istiqlol sharofati bilan qodiriyshunoslik, fitratshunoslik, choʼlponshunoslik alohida fan tarmoqlari sifatida yuzaga keldi, shakllandi. Va bugungi kunda yangi-yangi tadqiqotlar bilan oʼz hadlarini kengaytirib bormoqda. Oybekning dastlabki tadqiqoti “Аbdulla Qodiriyning ijodiy yoʼli” ushbu yoʼnalishga tamal toshini qoʼygan edi. Аkademik Izzat Sultonning “Yozuvchi Аbdulla Qodiriy haqida” “Ulkan adib saboqlari”, “Аbdulla Qodiriyning Oʼtgan kunlari” asarlari, “Аdabiyot nazariyasi” darsligining asosiy fasllari Аbdulla Qodiriy ijodi tahliliga bagʼishlangan; akademik Matyoqub Qoʼshjonovning “Аbdulla Qodiriyning tasvirlash sanʼati”, “Qodiriy erksizlik qurboni”, Аhmad Аlievning
Oltinchidan, tarjimashunoslikda anchadan beri adabiy jarayonni ilmiy-nazariy umumlashtirishga qaratilgan salmoqli tadqiqotlar yaratilmayotgan edi. Professor Ninel Vladimirovaning “XX asr oʼzbek nasri ravnaqi va badiiy tarjima muammolari” (rus tilida) monografiyasi, atoqli adabiyotshunos, zakiy tarjimon Ibrohim Gʼafurovning “Tarjimashunoslik asoslari” oʼquv qoʼllanmasi, Zuhriddin Isomiddinovning “Turkiy epos va tarjima masalalari” monografiyasi tarjimashunosligimiz tarixi va nazariyasini yaratishda salmoqli oʼrin tutadi.
Download 115.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling