Agrologistika va biznes


Download 423 Kb.
bet17/20
Sana06.02.2023
Hajmi423 Kb.
#1169393
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1.Атхам (2)

XULOSA VA TAKLIFLAR


Agrar sohani bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirish bosqichma - bosqich amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotimizning ustuvor tarmog‘i hisoblangan agrar sohada - fermerlar bugungi hayotimizning eng faol, eng tadbirkor sub’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirish uchun zarur shart - sharoitlar yaratilib, ishlab chiqarish infratuzilmasi tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq fermer xo‘jaliklari yanada rivojlantirish uchun ish yuritish tizimini takomillashtirish orqali mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjuddir. Muammolarni nazariy va amaliy tadqiq qilish natijasida olingan ilmiy xulosalar quyidagilardan iborat:

  1. Qishloq xo‘jaligini yuritishda butunlay yangi iqtisodiy munosabatlarni (fermerlikni) shakllantirish va xo‘jalik yuritishning shunga mos tizimini vujudga keltirish orqali, aholini oziq - ovqat mahsulotlari va sanoatni xomashyoga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirib borishdan iborat boshladi .

  2. Feremr xo‘jaligini boshqarish jarayonida eng katta boyligimiz bo‘lgan yerning chinakam egasiga berish, dehqonda sohiblik hissini uyg‘otish, mulkchilik masalalarini hal etish, fermer xo‘jaliklarini boshqaruvini tashkil etish uchun ularning mulkka bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib borish zarur.

  3. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda eng muhim vazifalardan biri bu qabul qilingan qonun, qaror va farmonlar hamda me’yoriy hujjatlarni xo‘jaliklar faoliyatida samarali qo‘llashdan iboratdir. Chunki joylarda boshqaruvning eskicha usullaridan hali tamomila voz kechilgani yo‘q. Mahalliy boshqaruv organlarining fermer xo‘jaliklari faoliyatiga aralashuvi hamon davom etmoqda, yani ularning iqtisodiy va texnologik mustaqilliklari yo‘liga sun’iy to‘siqlar qo‘yilmoqda.

  4. Fermer xo‘jaligidagi mavjud muammo va salbiy holatlarni ijobiy hal etish uchun esa jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribalarini, inovatsion yangiliklarni, elektron boshыaruv tizimini, korporativ boshыarishni, birjalar faoliyatidan foydalanish tizimlarini, eksport va import, tadbirkorlik faoliyatini kengroq va to‘laroq o‘rganish, ularni fermer xo`jaligidagi mavjud ijtimoiy sharoitlarni va milliy ananalarimizni hisobga olgan holda joriy etishni tashkil etish;

  5. Joylarda fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar tashkil etilayotgan bo‘lsada, fermerlar mahsulot olishga (mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i moylash materiallari) shartnoma tuzish uchun ortiqcha mablag‘ va vaqt sarflab tuman markazlariga qatnashga majbur bo‘lmoqdalar. Fermer xo‘jalikarining yanada to‘liq iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimini yaratish, hamda fermer xo‘jaliklarida menejment faoliyatini yaratib mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan iborat.

  6. Qishloq xo‘jaligik korxonalarida qonun xujjatlaridan oqilona foydalanishni tashkil etish uchun ish yuritish tizimini va texnik vositalar bilan ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish kerak.

  7. Fermer xo‘jaligi rahbarining boshqaruv faoliyatida menenjment boshqaruvini tashkil etish orqali ho‘jalikda mahsulot hajmini oshirishga e’tibor qaratish kerak.

  8. Hujjatlar turlari va nus’hasini eng ko‘p darajada kamaytirish ish yuritishni takomillashtirish, yangi hujjat tayyorlash o‘rniga hujjatni tegishli ustxat bilan qaytarish yoki telefonogramma berish bilan cheklash, elektron xujjat yuritishni yo‘lga qo‘yish kerak;

  9. Fermer xo‘jaligida mahsulotlarni ko‘paytirish va uning samaradorligini oshirish maыsadida kooperativ boshыaruv va ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish zarur;

  10. .Boshqaruv xodimlari vaqtini tejash uchun standart hujjatlardan kengroq foydalanish, buning uchun xatlar namunaviy matnlarining maxsus tematik to‘plamlarini ishlab chiqish va amaliyotda undan samarali foydalanishni tashkil etish;

  11. Har qanday tajribadan ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi. Bu o‘z navbatida ishni to‘g‘ri tashkil etish va tartibga solish bo‘yicha yapon tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  12. Fermer xujaligining ish yuritish tizimini yaxshilashda tadqiqotning natijalaridan biri bo‘lgan kotib-referent xizmatini tashkil etish tizimini joriy etish zarur.




Download 423 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling