Agrologistika va biznes


II BOB. FERMER XO‘JALIGIDA MAHSULOT YeTIShTIRISh VA ISh YuRITIShNING IQTISODIY SAMARADORLIK KO‘RSATKIChLARI TAHLILI 22


Download 423 Kb.
bet2/20
Sana06.02.2023
Hajmi423 Kb.
#1169393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1.Атхам (2)

II BOB. FERMER XO‘JALIGIDA MAHSULOT YeTIShTIRISh VA ISh YuRITIShNING IQTISODIY SAMARADORLIK KO‘RSATKIChLARI TAHLILI 22
2.1. Fermer xo‘jaligining iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlili 22
2.3. Fermer xo‘jaligini boshqarishda ish yuritish xizmatidan foydalanish yo‘llari 29
III BOB. FERMER XO‘JALIKLARINI BOShQARIShDA ISh YuRITIShNI TAShKIL ETIShNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OShIRISh YO‘LLARI 41
3.1 Fermer xo‘jaligida boshqaruv faoliyatini tashkil etishni yaxshilash yo‘llari 41
3.2. Fermer xo‘jaligida ish yuritish xizmatini tashkil etishni yaxshilash yo‘llari 44
3.3. Fermer xo‘jaiklari faoliyatida ish yuritish tizimini rivojlantirish yo‘llari 50
XULOSA VA TAKLIFLAR 58
FOYDALANGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI 60

KIRISH


Tadqiqotning dolzarbligi: Respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda ish yuritinshi tashkil etish, uning faoliyatini iqtisodiy baholash, ishyurituvchining faoliyatini samarali tashkil etish, xujjatlashtirish ishlarini yuritish, rahbar tamonidan yuritiladigan boshqaruv ishlarini rejalashtirish, olib borish, ishtirokchilar bilan ta’minlash, qabullarni samarali tashkil etish, ichki va tashqi hujjatlarni, tayorlash va rasmiylashtirish, joy- joyiga jo‘natish ishlarida uchun malakali xodimlar yetishmasligi va uning boshqaruvini tartibga solish imkonining yo‘qligi, ish yurituvchi-referent xizmatining shakllanmaganligi sababli fermer xo‘jaliklarida boshqaruv faoliyatini takomillashtirish dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining demokratik hususiyatlarini ko‘rsatuvchi shartlaridan biri inson huquq va erkinliklariga qanday yondashganligi hamda uning amalga oshishi uchun shart-sharoitlar yaratilganligi bilan belgilanadi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik davlatimizning har bir fuqarosining huquq va erkinligi to‘liq ta’minlangan. Respublika Konstitutsiyasi va ko‘plab qabul qilingan qonunlarda, xalqaro hujjatlar qoidalariga mos inson va ular faoliyat yurituvchi korxonalar huquqlari belgilab qo‘yildi.
Mustaqillikdan so‘ng qishloq xo‘jalik korxonalarni rivojlantirishda biz uchun tanish bo‘lmagan qonun-qoidalar, tushunchalar, xo‘jalik yuritish mexanizmlari, usullari, tamoyillari kirib keldi. Agrar tarmoqqa ihtisoslashgan respublika ijtimoiy iqtisodiyotda mulkdorlar, tadbirkorlar, tijoratchilar, aksionerlar, ijarachilar, bankirlar, birja faoliyati, menejment, marketing, broker kabi yangi ijtimoiy tuzilmalar shakllandi. Bu faoliyatni hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar asosida shakllantirilmoqda. Ayniqsa, qishloq xo‘jalik korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha Yer kodeksi, kooperativ (shirkat) xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi hamda davlat tasarrufidagi korxonalarni xususiylashtirish to‘g‘risida, korxonalar to‘g‘risida ko‘plab qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni amaliyotga joriy etish izchil amalga oshirlmoqda. Bu iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishida hukumat rahbarining iqtisodiy siyosatni to‘g‘ri olib borganligidan dalolat beradi.
Har bir korxona yoki mulkdorlar bugungi kunda bozor munosabatlarida ish yuritishni samarali yo‘lga qo‘yib faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Shu bilan birga qonun hujjatlari bevosita ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘lish kerak” degan yo‘l-yo‘riqlari asosida hujjatlardan foydalanish va uni hujjatlashtirishni rasmiylashtirish qonunda ko‘rsatilgan tartib qoidalar asosida yuritilmoqda. Bunda xalq xo‘jaligining har bir tarmog‘ida hujjatlashtirish ishlari belgilangan me’yoriy hujjalar asosida yangi shakllari amaliyotga keng kirib kelmoqda.
Mahsulot yetishtiruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi barcha korxonalarni yuridik maqomga ega bo‘lgan korxona sifatida tashkil etish asosan hujjatlar asosida tashkil etiladi. Hujjatlar haqidagi tushuncha va uning mohiyati, vazifasi, salbiy oqibatlari to‘g‘risida har bir rahbar tushunchaga ega bo‘ldi.
Korxonalarda ishni yuritish qonunda belgilangan tartib bo‘yicha olib boriladi. Ish yuritishning asosini hujjatlar tashkil qiladi. Barcha korxona, muassasa, tashkilotlarda mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar mehnat jamoasining uzluksiz faoliyatini tartibga soladi. Hujjatlar asosida ish yuritish kishilik jamiyati shakllanishi bilan paydo bo‘lgan. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning o‘zgarib borishi, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillashib borishi natijasida ish yuritish ishlarida hujjatlar, undan samarali foydalanish yo‘llari o‘zgarib borgan. Natijada har bir tizimning o‘ziga xos qoidalari bo‘lib, ish yuritish hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Korxonaning ish yuritish hujjatlari talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan bo‘lsa, barcha ish jarayonlaridagi faoliyat samarali yo‘lga qo‘yiladi. Sarf-xarajatlar tejalib, korxona o‘z faoliyatini uzluksiz yuritadi.
Aks holda korxonada ish yuritish hujjatlari talab bo‘yicha rasmiylashtirilmasa korxonaning ish yuritish faoliyati buziladi, olinadigan daromad keskin kamayib, jamoa o‘rtasida nomutanosibliklar yuzaga keladi.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va hujjatlar bilan ishlash masalasi, shuningdek, korxona rahbarining shularni yo‘lga solib turuvchi mutaxassisi bo‘lishi kerak. O‘quv qo‘llanmaning asosiy oliga qo‘ygan maqsadi: korxonalarda ish yuritishni tashkil etishda barcha hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, saqlash, monitoring olib borish, hisobot tayyorlash va uni arxivga topshirish jarayonidagi mavjud hujjatlardan samarali foydalanishni o‘z ichiga oladi. bu esa mutaxassis kadrlarni qonuniy asosda ish yuritishini ta’minlaydi.
Mamlakatiaizda xorijiy davlatlarning tajribasini chuqur o‘rgangan holda, qishloq xo‘jaligini iqtisodiy isloh etish bo‘yicha o‘ta muhim chora-tadbirlarni amalga oshirilayotgani, qishloqda bozorni joriy etish va xususiy mulkchilik shakllarini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy va ish yuritish sharoitlarni tug‘durib berish bugungi kunda hal qiluvchi omil bo‘lmoqda.
Fermer xo`jaliklarida ish yuritishni tashkil etishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, xo‘jalikning iqtisodiy faoliyatini tashkil etish va kooperatsiyalashuv jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha o‘z yechimini topmagan muammolar mavjud bo‘lib, bitiruv malakaviy ishning asosiy mavzusi yuqoridagilarni o‘rganishga qaratilgan.
Fermer xo‘jaliklarini ish yuritishni tashkil qilish va uning iqtisodiy samaradorligini o‘rganish va xulosa va takliflar ishlab chiqish bugungi kunda o‘zining ijobiy yechimini kutayotgan dolzarb iqtisodiy muammolardan hisoblanadi. Shuning uchun, tanlangan mavzu bugungi kunda fermer xo‘jaligini rivojlantirishda dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lib, o‘z oldiga kuyidagi maksad va vazifalarni kuyadi.

Download 423 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling