Agrologistika va biznes


Download 423 Kb.
bet5/20
Sana06.02.2023
Hajmi423 Kb.
#1169393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1.Атхам (2)

Birinchi yo‘nalishi. Kadrlar siyosatini tubdan takomillashtirish yo‘li - bu boshqaruv apparati xodimlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish, qayta o‘qitish va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirishdir. Ma’lum sohalardagi boshqaruv tizimining samarasizligining asosiy sabablaridan biri uning sifatini takomillashmaganligidadir. Bu ish tizimni sonida emas, balki sifatini o‘zgartirish zaruratidadir.
Ikkinchi yo‘nalish. - bu zamonaviy boshqaruv xodimlarini, ya’ni yangi turdagi iqtisodiy fikr yurituvchi raxbarlarni tayyorlash. Bunda bozor iqtisodiyoti sharoitda yangi turdagi munosabatni, ya’ni erkin tadbirkorlik munosabatini ko‘zda tutadi. Bu munosabatlarga raxbarlik idoralarini aralashuvi avvalgiga qaraganda ancha kamroq bo‘ladi. Bozor munosabatlarini shakllanishida ishbilarmon odamlar (rahbarlar, tashkilotchilar, mutaxassislar) ning sifatlari, jumladan tadbirkorliq marketing, bank boshqarishi, kichik biznesni boshqarish va xokazolar birinchi darajali ahamiyatni kasb etadi.
Uchinchi yo‘nalish. Kadrlar zaxira bilan ishlashda yangi uslublarni shakllantirish va ularni takomillashtirish. Bu yunalishning mohiyati zaxira kadrlarni shakllantirish va ular bilan ishlashdan iboratdir.
To‘rtinchi yo‘nalish. - bu raxbar va xodimlarni iqtisodiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish. Bu yo‘nalishning mohiyati boshqaruv kadrlarini shunday iqtisodiy dastaklarni, ya’ni zarur xayotiy sharoitlarni yaratish (uy-joy berish, yuqori maosh tayinlash va xokazo) natijasida to‘g‘ri tanlashdan iboratdir.
Beshinchi yo‘nalish. - bu boshqaruv amaliyotiga mehnatni ilmiy asosida tashkil qilishni joriy qilish, turli fan mutaxassislarini, turli tarmoq
ilmiy xodimlarini, raxbarlarni o‘qitish modelini samarasini aniqlashga jalb qilishdan iboratdir.
Oltinchi yo‘nalish.-bu boshqaruv xodimlarini mehnatini kompyuterlashtirish. Bu xodimlarni bir xildagi, takrorlanuvchi katta akliy ish talab qilmaydigan harakat va operatsiyalardan ozod etishdir. Shunga muvofiq inson xam shuning hisobiga ijodiy mehnat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Zamonaviy boshqaruv xodimlarining o‘ziga xos xususiyatlari - yuksak professionallik va ishbilarmonlik xislatlari, boshqaruv bilimi asoslari va iqtisodiy fikr yuritishdan xabari bo‘lishi keraq Yuksak ma’rifatli va madaniyatli, demokratiq moxirlik xalqning ehtiyojini bilishi keraq Bundan tashqari maqsadni ko‘ra olish ijtimoiy muammolarni yecha olish, jamoani jipslashtira olish va maqsadga yo‘naltirish xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak.

Download 423 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling