Agrologistika va biznes


Qishloq xo‘jaligi korxonalarini boshqarishning nazariy va tashkiliy asoslari


Download 423 Kb.
bet4/20
Sana06.02.2023
Hajmi423 Kb.
#1169393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1.Атхам (2)

1.2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini boshqarishning nazariy va tashkiliy asoslari.


Davlatimizning mustaqillikni qo‘lga kiritgan yillaridan boshlab qishloq xo‘jaligida o‘tkazilgan islohotlar jarayoni undagi ustuvor vazifalar, yo‘nalishlar, amalga oshirilgan iqtisodiy tadbirlar bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jaligida keyingi yillarda o‘zining har tomonlama, jumladan, mulkchilik munosabatlari, manfaatdorlikning yuqoriligi, jahon qishloq xo‘jalik tajribasida sinalgan va hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jaligida samarali xo‘jalik yuritish shakli sifatida o‘zini oqlagan fermer xo‘jaliklarini boshqarishni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad- umumxalq mulki bo‘lgan yerning chinakam egasini topish, qishloq aholisining turmush darajasini yanada to‘kinroq qilish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash va ayrim mahsulot turlarini chetdan keltirishdagi qaramlikni kamaytirish uchun zarur sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Mustaqillikning dastlabki yillarida qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyotini shakllantirish va ishlab chiqarish jarayonlariga bozor mexanizmini joriy qilishda oilaviy pudratni rivojlantirish orqali erishib bo‘lmasligi, jamoa va davlat xo‘jaliklarida barcha masalalarni hal qilish, jumladan, ekinlarni joylashtirish, yerlarning hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligini oshirish va oilaviy pudratchining moddiy manfaatdorligi faqat o‘zining mehnat natijasiga emas, balki muayyan darajada xo‘jalik rahbarining ish yuritish tartibiga ham bog‘liq bo‘lganligi natijasida o‘zini oqlamagan jamoa va davlat xo‘jaliklari o‘rniga samarali xo‘jalik yuritish shakli fermer xo‘jaligini rivojlantirishgava uni samarali boshqarishga asasiy e’tibor qaratilmoqd
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning tub negizlaridan biri boshqaruv tizimini takomillashtirish masalasidir. O‘zbekistonda raxbar xodimlar tayyorlash va ular faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Raxbar xodimlarning boshqaruv mehnati, tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnatini ajralmas qismi, boshqaruvning funksiyalari operativ bajarilishini tug‘ri tashkil qilinishiga bog‘liq bo‘ladi va ishlab chiqarish natijasiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruv mehnati aqliy, ijodiy tavsiflarni o‘zida mujassam etadi. Boshqaruv mehnatining predmeti ishlab chiqarishning moddiy elementi emas, balki axborot, har-xil xujjatlar, boshqaruv yechimlari hisoblanadi. Boshqaruv mehnatida va texnik bajaruvchilarning ulushi - bu mehnat xarajatlarini olish uchun axborotni qayta ishlash, ta’minlash va saqlash asosiy o‘rinni egallaydi.
Boshqarish samaradorligi asosan rahbar o‘z vazifasini qanchalik muvaffaqiyatli bajarishi bilan bog‘liq. Xozirgi davr boshqaruvi mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy yechimlari, usullarini qo‘llashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. Boshqaruvchi ham tashkilotchi, tarbiyachi, izlanuvchi sifatlariga ega bo‘lishi kerak.
Boshqaruvchilar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar murakkabligi va javobgarlik ortishi bajariladigan ishlar turli - tumanligi ulardan vaqtni unumli taqsimlanishi talab qiladi. O‘z faoliyatini rejalashtirishni bilmaydigan, faqat joriy masalalar bilan shug‘ullanuvchi boshqaruvchilar faqat boshqaruv jarayonida vujudga keluvchi u yoki bu vaziyat natijalarini taxlil qilish bilan chegaralanib, kelajakda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni hal etish uchun vaqt topolmay qoladilar.
Boshqaruv faoliyati maqsadini belgilashda avvalo undan yuqoriroq boshqaruv tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqishi lozim, aks
holda butun tizim faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan ish ko‘rishi mumkin.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini amalga oshirish o‘ziga xos xususiyatlarda, ya’ni ijtimoiy yo‘naltirilgan himoya yo‘li bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, bizga qoldirilgan iqtisodiy meros mustaqillik davrining boshlangich davrida ma’lum darajada ijtimoiy keskinlik yaratdi. Ijtimoiy keskinlik esa xayot «qurishning, avvalo, mehnat qilish bilan bog‘liq xayot sifatini o‘stirishga bo‘lgan ehtiyojlar oqibatida kelib chiqdi. Bunday paytda mehnat qilish bilan bog‘liq xayotning sifat darajasi insonga munosib bo‘lgan mehnat sharoitini yaratib berishda va har bir xodimning tashkilot ishlarini boshqarishda ishtirok etishi mumkinligida o‘z ifodasini topdi.
Xodimlar siyosatining kelajakka qaratilgan va barcha jihatlarni hisobga oladigan konsepsiyani xodimlarni rejalashtirish yordami bilan samarali amalga oshirish mumkin. Xodimlarni boshqarishning bu usuli ish beruvchilar bilan ish oluvchilar manfaatlarini kelishtirish va muvozanatlashtirishga qodirdir. Xodimlarni rejalashtirish shundan iboratki, u odamlarga zarur vaqtda va kerakli miqdordagn ish o‘rinlarini ularning qobiliyatlari, xoxishlari va ishlab chiqarish talablariga muvofiq ta’minlashni vazifa qilib ko‘yadi. Ish o‘rinlari unumdorlik va asoslash nuqtai nazaridan ishlovchilarga o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish, mehnat samaradorligini oshirish imkonini berishi, insonga xos mehnat shart-sharoitlarini yaratish va mehnat bilan bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi lozim.
Tumanning fermer xo‘jaligi tashkilotlarida xodimlarni rejalashtirish tashkilot manfaatlari nuktai nazaridan ham, uning xodimlari manfaatlarini ko‘zlab zarur miqdorda hamda tegishli malakaga ega bo‘lgan shunday xodimlarga ega bo‘lish muhimki, ular ishlab chiqarish vazifalarini xal qilish, uning o‘z maqsadlariga erishishi uchun zarur bo‘ladi. Xodimlarni rejalashtirish yuqori mehnat unumdorligini ko‘lga kiritish va ishdan qoniqish hosil qilish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi lozim. Odamlarni birinchi navbatda, o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratib berilgan, yuqori hamda doimiy ish xaqi olib turish kafolatlangan ish o‘rinlari jalb kiladi.Tashkilotdagi barcha xodimlarning manfaatlarini hisobga olish xodimlarni rejalashtirish vazifalaridan biri hisoblanadi. Xodimlarni rejalashtirish tashkilotdagi umumiy rejalashtirish jarayoni bilan uzviy alokadorlikda olib borilgandagina samarali bo‘ladi.
Rahbar-xodimlarni rejalashtirish xodimlar bilan ishlashning tezkor rejasida birlashtirilgan va o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan butun bir tadbirlar majmuini amalga oshirish orqali ro‘yobga chiqariladi.
Bugungi kunda, bozor iqtisodiyoti sharoitida suv xo‘jaligi tashkilotlarida boshqaruv kadrlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu birinchi navbatda boshqaruvni demokratizatsiyalash bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan turli tashkiliy - xuquqiy boshqaruv shakliga o‘tish, zamonaviy raxbar mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyatini oshishi va nixoyat xodimlarni ijtimoiy talabini tushunib yetish va uni qondirish bilan bog‘liqdir.
Mutaxasis kadrlar ishining taktikasi deb kadrlar bilan bo‘ladigan ishga aytiladi. Bu yerda xozirgi aniq sharoitda kadrlar siyosatini ma’lum tartibda amalga oshirish qoidalari ko‘zda tutiladi. Bu kadrlarni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish o‘qitish, ta’lim berish, boshqaruv kadrlarni ishlatish va qayta tayyorlash demakdir.
Kadrlar bilan bo‘ladigan ishni samaradorligi maqsadida tizimli yovdashuvga asoslanmog‘i kerak Kadrlar ishi tizimini boshqaruv xodimlari bilan tashkil qiladi. Kadrlar bilan bogliq ishlar, jumladan, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, bir joydan ikkinchisiga o‘tkazish va ularni yuqrri lavozimlarga ko‘tarish, ishlarini rejalashtirishni tashkil qilish va raxbarlik qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Kadrlar ishining asosiy masalasi - uning tarkibini takomillashtirishdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fermer xo‘jaligi tashkilotlarida raxbar xodimlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yunalishlari quyidagilar:

Download 423 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling