Agrologistika va biznes


II BOB. FERMER XO‘JALIGIDA MAHSULOT YeTIShTIRISh VA ISh YuRITIShNING IQTISODIY SAMARADORLIK KO‘RSATKIChLARI TAHLILI


Download 423 Kb.
bet8/20
Sana06.02.2023
Hajmi423 Kb.
#1169393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
1.Атхам (2)

II BOB. FERMER XO‘JALIGIDA MAHSULOT YeTIShTIRISh VA ISh YuRITIShNING IQTISODIY SAMARADORLIK KO‘RSATKIChLARI TAHLILI

2.1. Fermer xo‘jaligining iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlili


Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli barchasi nodavlat sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Yerga bo‘lgan davlat muklchiligi saqlanib qolganligi sababli boshqa ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish xususiy mulkchilikga asoslangan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida fermer va dehqon xo‘jaliklari asosiy tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi shakllaridan biri bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Fermer xo‘jaliklariga yer maydonlari uzoq muddatli ijaraga berilgan bo‘lib, ularning boshqa mol-mulklari xususiy mulk hisoblanadi. Respublikada 2017 yilning 1 yanvar holatiga fermer xo‘jaliklari soni 101mingtani tashkil etmoqda. Dehqon xo‘jaliklari soni 4,8 milliondan ortiq bo‘lib, o‘zlariga meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun berilgan maydonlarda mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar. Ular o‘z oilaviy ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda bozorni asosiy turdagi chorvachilik va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim o‘ringa ega bo‘lib turibdi. Mamlakatimizda 104 ta qorako‘lchilikka ixtisoslashgan shirkat xo‘jaliklari faoliyat yuritib kelmoqda. Qorako‘lchilikning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud yaylovlar shart-sharoitlari, qorako‘l qo‘ylarning noyob genofondini saqlab qolish muhimligini hisobga olgan holda mazkur sohada shirkatlarni saqlab qolingan.
Qishloq xo‘jalik korxonasida ham mulkchilik munosobatlari shakllanishiga asos solindi. Qishloq xo‘jalik korxonasi deb, davlatga qarashli bo‘lgan yerni uzoq muddatli ijaraga olib, o‘z jamoasi mehnati va ishlab chiqarish vositalari yordamida, biznes reja va ichki xo‘jalik hisobiga tayangan holda, yuridik huquqga zga bo‘lgan tovar qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar tushuniladi.
Nodavlat mulkchilik shakllari orasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, realizatsiya qilish, saqlash, servis xizmatlar ko‘rsatish, ta’minot, bilan shug‘ullanadigan tizim yaratildi.
1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilinganidan so‘ng fermer xujaliklarning soni jadal sur’atlar bilan ortdi. Ya’ni, 2000 yilda respublikada 43,7 mingta fermer xo‘jaligi faoliyati yuritgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib ularning soni 101 mingtaga yetdi, ya’ni ushbu davrda ularning soni 2 martaga ortdi
Respublika qishloq xo‘jaligining o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, kelajakda fermerlarni tashkil etishda ayniqsa, paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklariga 40-50 gektar yer ajratilish lozim. Amaldagi qonunlardagi yer bo‘yicha belgilangan hajmlarga hozircha o‘zgartirish kiritilmadi. Ammo fermer xo‘jaliklariga yer ajratishda konturlar bo‘linmasligi asosiy shartlardan biri bo‘lib qolishi lozim.
Fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda Uyushma va uning joylardagi vakilliklarining rolini oshirish, axborot xizmatlari ko‘rsatish, maslahatlar berish, yuridik va metodologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni faollashtirish zarur.
Fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda Uyushma va uning joylardagi vakilliklarining rolini oshirish, axborot xizmatlari ko‘rsatish, maslahatlar berish, yuridik va metodologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni faollashtirish zarur.
Fermerlar sonining kamayib borishi, ularga biriktirilgan yer maydonlari va mahsulot xajmining ortib borishidir. Hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amaliyotga keng joriy qilish orqali fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Chinoz tumanidagi fermer xo‘jaligida yer maydonlaridan foydalanishni taxlili bilan tanishib chiqamiz.Chinoz tumani viloyatning janubiy-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, ob-havosi issiq kontental, tuprog‘i bo‘z tuproq, iqlimi o‘zgaruvchan, barcha fasllarda o‘zgarib turadi. Tuman asosan Sirdaryo viloyati,Quyi chirchiq,Yangiyo‘l, Zangiota va Qozog‘iston respublikalari bilan chegaradoshdir. Chinoz tumanida yirik Yallama bojxona posti mavjud. Chinoz tumaning joylanishi va ixtisoslashuvi asosan paxtachilik, g‘allachilik va sabzavotchilik,meva va polizchilik bilan mug‘ullanadi. Tumanda asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini fermer xo‘jaligi tamonidan yetishtiriladi. Tumanda 14 ta xudud joylashgan bo‘lib, har birining tarkibida har xil ekinlar ekiladi.Ularning o‘lchamlari turlicha bo‘lib, tuman hokimiga, tumen prokuroriga, tuman ichki ishlariga. tuman soliq inspeksiyasiga paxta va g‘alla maydorlari biriktirilib, ularni parvarishlash ishlariga bevosita yordam berishdan iborat. 2015 yilda 7470 gektar yerga paxta ekilgan bo‘lib, ularning faoliyati bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi ( 2.2.1-jadval).



Download 423 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling