Agrologistika va biznes


Chinoz tumanining Fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta yetishtirish ko‘rsatkichlari taxlili


Download 423 Kb.
bet10/20
Sana06.02.2023
Hajmi423 Kb.
#1169393
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
1.Атхам (2)

Chinoz tumanining Fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta yetishtirish ko‘rsatkichlari taxlili.



Ko‘rsatkichlar

2013y.

2014y.

2015y.

2015 yilda 2013 yilga nisb. %

1

Fermer xo‘jaliklari soni, dona

164

172

180

109,8

2

Paxta ekin maydoni, ga

7422,0

7470,0

7470,0

100,6

3

Hosildorlik, s/ga

27,6

26,3

27,6

100,0

4

Yalpi hosil, tonna

20472,8

19682,0

20601,0

100,6

5

Bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan:













6

Paxta ekin maydoni

45,3

43,4

41,5

91,7

7

Yalpi hosil, tonna

124,8

114,4

114,5

91,7

2.2.4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki. Chinoz tumanida 2013 yilda fermer xo‘jaliklari soni 164 ta bo‘lib, 2015 yilga kelib bu ko‘rsatkich 180ta yoki 109,8 foizga ortgan. Tumandagi barcha fermer xo‘jaliklariga paxta yetishtirish uchun yer berilgan. Yerlardan unumli foydalanish asosan fermer xo‘jaligi rahbari zimmasiga yuklatiladi. Ayrim fermer xo‘jaligi rahbarlari o‘ziga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishga e’tibor berilmaganligi sababli mo‘ljaldagi hosil olinmasdan kelmoqda. Shu sababli qaloq fermer xo‘jaliklari soni Oxunboboev xududida 8 tani tashkiletgan. Tuman bo‘yicha 2013 yilda bir fermer xo‘jaligiga 45,3 gektar to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2015 yilda 14,5 gektar to‘g‘ri kelmoqda. Yalpi hosil esa 124,8 tonnadan 114,5 tonna yoki 10,3 tonna kam olganligini ko‘rish mumkin.Shunday qilib, tuman fermer xo‘jaliklari tamonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmini oshirish uchun innavatsion texnologiyani amaliyota joriy etish va har bir gektar yerdan unuli foydalnish kerak.
2-diagramma. Chinoz tumanining Fermer xo‘jaliklari soni

2.3. Fermer xo‘jaligini boshqarishda ish yuritish xizmatidan foydalanish yo‘llari




Fermer xo‘jaligida raxbar xodimlarning boshqarish samaradorligini oshirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, ko‘plab omillarga, shu jumladan raxbar xodimlarning tajribasiga, bilimi, malakasi, mehnat sharoiti, zarur axborot va kommmunikatsiya texnologiyalari hamda jihozlari bilan ta’minlanganligiga bog‘liqair.
Fermer xo‘jaliklarida boshqaruv faoliyati natijaviyligi, avvalo, boshqaruvning sifat jihatlarini aks ettiruvchi, samaradorlik mezonlari yordamida baxolanadi. Bularga kuyidagilarni kiritish mumkin:
-boshqaruvning tezkorligi - qarorlarni o‘z vaqtida tayyorlash, qabul qilish va ijrochilarga yegkazish, shuningdek teskari aloqadorlik mexanizmlariii yaxshi yo‘lga qo‘yish;
-boshqaruv tizimining ishonchliligi, axborotni xaqqoniyligi va o‘z vaqtida taqdim etilishi, ish uslubi va koidalarini ilmiy-texnika taraqqiyotining zamonaviy darajasiga muvofiqligi, xodimlarni tayyorgarlik darajasi, ish staji va barqarorligi;
-bajarilayotgan vazifalar sifati, texnika vositalari bilan ta’minlanganligi;
-boshqaruv tizimi maqbulligi - qarorlarni qabul qilishda maqbul uslublarni ko‘llash darajasi, pog‘onaviylikka (ierarxiya) asoslanganligi, shuningdek muayyan sharoitlarda boshqaruvni markazlashganligi va markazlashmaganligi, boshqaruv me’yorlari va xokazolardir.
Ishlab chiqilgan mezonlar boshqaruv tizimi samaradorligining ma’lum jihatlarini tavsiflash bilan birga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari sifatida nomoyon bo‘ladi. Shuning uchun ularni tashkilotni ishlab chiqarish moliyaviy faoliyatining yakuniy ko‘rsatkichlari bilan uzviy aloqadorlikda ko‘rib o‘tish joiz. Shu bilan bir qatorda, boshqaruv samaradorligini baxolash, ishlab chiqarish samaradorligini hisobga olish orqali o‘zining mustaqil yo‘nalishiga ega bo‘lishi lozim. Bunda zarur bo‘lgan mehnat resurslari bilan ta’minlash fermer xo‘jaligining rahbari zimmasiga yuklatilgan. Fermer o‘z xo‘jaligini boshqarishda mavjud ishchi kuchidan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topishi kerak. Respublika fermer xo‘jaliklaridagi ishchi kuchlarining holatini quyidagi 2.3.1-jadvalda ko‘rish mumkin.
2.3.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki 2012-2014 yillarda fermer xo‘jaliklari soni o‘rtacha 73,5 mingta bo‘lib, shunda 30 yoshgacha bo‘lgan ishlovchilar soni 1,4 mln., ayollar soni 0,6 mln. Kishini tashkil etgan. Ma’lumoti bo‘yicha tahlil qilganimizda oliy ma’lumotlilar 34,7, o‘rta ma’lumotlilar 29,3 ming kishini tashkil etadi.
Boshqarish tizimining samaradorligini xo‘jalik foaliyatining yakuniy natijalari yordamida aniqlash, boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatining ajralmas qismi bulganligi bois murakkablik keltirib chiqaradi. Shuning uchun uning natijalari bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish samaradorligining bir qator omillarini ta’siri bilan bog‘lanib ketadi. Shu bois, ko‘rib o‘tilayotgan mezon bo‘yicha boshqaruv samaradorligini baxolash, ishlab chiqarishning muayyan sharoitlarida tadqiqot ob’ektini qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqqoslash imkonini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.



Download 423 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling