Agrologistika va biznes


Download 423 Kb.
bet7/20
Sana06.02.2023
Hajmi423 Kb.
#1169393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
1.Атхам (2)

Ikkinchidan, ish yuritishning ahamiyati korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, operativlilikka, boshqaruv xodimining mehnatiga, madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta’sir o‘tkazishi bilan belgilanadi.
Hujjat tuzish – belgilangan shaklga binoan hujjatlar tuzish jarayoni.
Hujjatlar bir-biridan mazmuni, shakli, hajmi, xilma-xilligi, maqsadi, yo‘nalishi, sifati bilan farq qiladi.
Boshqaruv hamda ish yuritish sohasidagi rahbar xodimlar yetarli darajada hujjatlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Bundan tashqari korxonani boshqarish sohasidagi asosiy kamchiliklar shu soha bo‘yicha xodimlarning ko‘pchilik qismi nazariy va amaliy tayyorgarlikning yetarli emasligi, korxona, tashkilotlarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘l-yo‘riqlari, usullarini talab darajada bilmasliklari sababli, xo‘jalik sub’ektlari rahbar xodimlari ish qo‘nimsizligi qisqa va jinoiy javobgarliklar mavjud bo‘lib kelgan.
Davlatimiz mustaqil bo‘lgandan boshlab davlat tili o‘zbek tili bo‘lib, barcha ish yuritish, hujjatlashtirish ishlari mustaqil davlatning qonun, qoida va me’yoriy hujjatlari asosida boshqariladi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ishbilarmon, tadbirkor va xo‘jalik ish yurituvchilari tomonidan ko‘plab yuritiladigan hujjatlarni qisqartirish va oddiy shaklda tushunarli qilib yuritish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Hozirgacha ba’zi xo‘jalik sub’ekti yurituvchi korxonalarda hujjatlarga jiddiy munosabatda bo‘lmaydi. Hujjatlashtirish ishlariga shunchaki bir qog‘ozbozlik, ortiqcha ish sifatida qaraydi. Bu o‘z o‘rnida noto‘g‘ri bo‘lib, har bir ish yurituvchi, hujjat ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodim bugungi bozor sharoitini va zamonaviy innovatsion texnika va texnologiyalarni hisobga olib, hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy shakllar asossida hujjatchilik ishlarini olib borish kerak. Agar korxonada hujjatlashtirish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, korxonada avval tartib o‘rnatiladi. Xarajatlar va buxgalteriya hisobi yaxshi yuritiladi. Korxonada sog‘lom muhit yaratilib, ko‘plab sifatli mahsulot yetishtiriladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma ham korxonalarda ish yuritish, hujjatlashtirish ishlariga tashkil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi.
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Biron-bir korxona, muassasa yoki tashkilotning faoliyatini bugungi kunda ana shu hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilish mumkin emas. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar kattayu kichik mehnat jamoalarining, umuman kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhit holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, hujjatlar yuzaga kelgan.
Jamiyatning taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi jarayonida hujjatlar ham takomil topib borgan.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. bu o‘rinda To‘xtamishxonning 1393 yilda polyak kiroli Yagayloga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397 yildagi yorlig‘i, Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismdagi shaxsga 1469 yilda berilgan yorlig‘i va boshqalarni eslab o‘tish mumkin.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma -xil bo‘lgan xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va hokazolar.
Respublikamizda ham ana shu sohani yo‘lga qo‘yish uchun ilk harakatlar qilindi. O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti 1924 yilning 31 dekabrida 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashtirish hay’ati va mahallarda muzofot yerlashtirish hay’atlari tuzilish (i) to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Unda ta’kidlanishicha, sho‘ro idoralarining ishlarini yerli xalqqa yaqinlashtirish va ishchi dehqonlarni sho‘ro tuzulish ishiga aralashtirish maqsadi bilan qabul qilingan. O‘sha murakkab tarixiy jarayon, xalqlarning milliy o‘zliklarini anglashlaridan hokimiyatning dahshatli darajadagi qo‘rquvi, bu qo‘rquv hukmron bo‘lgan qatag‘on davrining achchiq samarasi bugun hech kimga sir emas.
Yaqin o‘tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi hujjatlar o‘zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjatlarning tilini sof o‘zbekcha deb aytish qiyin. Yaqin-yaqinlargacha “Berildi ushbu spravkani falonchievga shul haqdakim, haqiqatan ham bu o‘rtoq shul joyda yashab turadi” qabilidagi 20-yillarda rus tilidan andoza olish tufayli tamoyil topgan ma’lumotnomalar yozib kelindi. Umuman, o‘zbek hujjatchiligining boy va uzoq tarixida, Oktabr inqilobidan keyin respublikamizda hujjatchilik bevosita o‘zbek tili negizida rivojlantirilmadi.
Tashkiliy ishlar, aniq chora-tadbirlar oqibatida erishilgan bo‘lsa, ana shu tashkiliy-tadorikiy ishlarni bizda ham tezlik bilan boshlab yuborildi. Ish yuritish haqida rus tilida juda ko‘p adabiyotlar, qo‘llanma, yo‘riqnomalar mavjud. Respublikada o‘zbek tiliga Davlat maqomi berilgan kunda o‘zbek tilida mukammal hujjatchilikni yaratish eng dolzarb vazifadir. Muassasa, tashkilot, korxona va firmalardagi ishni ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etish, boshqaruvi sohasida hujjatlarning o‘rni va ahamiyati katta bo‘lib, har qanday hujjat muayyan axborotni har tomonlama ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu sababli har qanday hujjatdagi asosiy so‘z boyligi bu tildir.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonunning 7-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida muassasa, korxona, tashkilot va birlashmalarda ish respublika davlat tilida yuritiladi” deb yozilgan va 22-moddasida ish qog‘ozlarining matnlari o‘zbek tilida bo‘lish talabi qo‘yilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish qandaydir o‘zboshimchalik va o‘zibilarmonchilik tarzda olib borilishi kerak emas. Bu hujjatlar ish yuritishda idoralararo tushunmovchiliklarga olib keladi.
Ish yuritish korxona rahbarining yoki ish yurituvchining vazifalari ichida muhim o‘rin egallaydi.
Ish yurituvchi ish uslubini belgilash va shaklga asosan rioya qilib yuritishni taqazo etadi. Ish yuritishning vazifasi, hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirishdir. Korxonada ish yuritish quyidagi yo‘llar bilan olib boriladi:

  • korxona yoki ularning boshliqlari tomonidan jo‘natiladigan hujjatlarni alohida kitobga ro‘yxatga olish, hujjatlar jo‘natilayotganda ularning raqamini yozib qo‘yish, Jo‘natilgan hujjat va uning raqamiga asosan ketma-ketlik asosida rasmiylashtiriladi;

  • xar bir kelgan xatga javob qisqa vaqt ichida, yuborgan tashkilot manziliga yuborilishi yoki bir hujjatning mazmuni va ba’zi bir savollarini aniqlashda tezkorlik bilan zarur ma’lumotni aloqa telefoni orqali, hujjatni jo‘natilgan va tuzilgan sanasini qo‘yilishi kerakligi;

Agar hujjatda ilova keltirilgan bo‘lsa, u holda hujjat oxirida belgi bo‘lishi kerak. Agar xatda maxsus ma’lumot bo‘lsa, u holda xat boshida, boshliq butun hujjatning mohiyatiga berilmasdan, xatni yechimi uchun biror bir mutaxassisga yuborishi mumkinligi haqida qisqa ma’lumot beriladi. Har bir hujjatni tarmoq yo‘nalishidan markaziy boshqaruvga qadar bo‘lgan holatdagi faoliyati to‘liq takomillashtirilib borilmoqda. Fermer xo‘jaligi faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilib, ular: fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini yer uchaskasi to‘g‘risidagi nizomga asosan tashkil etish; yetishtirilayotgan mahsulotga mustaqil baho belgilash; yetishtirgan mahsulotini iste’molchilarga o‘z xohishi bo‘yicha realizatsiya qilish; xarid etilgan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers bitimlari tuzish; tadbirkorlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritish; qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish, sotish va erkin savdoga mo‘ljallangan aksiyalarni sotib olish; kreditlar olish, sug‘urta va boshqa hollarni ta’minlagan holda, imtiyozli kreditlashga jalb etish; ijaraga berilgan yer uchastkasini kredit olish uchun garovga qo‘yish; o‘rta va kichik korxonalar uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanish; xodimlarni ishga yollash va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish huquqlariga ega.
Qonun hujjatlarida fermer xo‘jaligining boshqa huquqlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi kooperativi umumiy majlisining qarori bilan belgilangan ihtisoslashuvga muvofiq, o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turli qishloq xo‘jalik mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan ham shug‘ullanadi. Fermer xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulotini sifatli, me’yoriy standartlarga mos, ekologiya, sanitariya qoidalari asosida ishlab chiqishdan iborat. Fermer xo‘jaligi faoliyatining huquqiy asoslari uning nizomida belgilab qo‘yiladi.
Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlar «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqa qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Yer bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi»dan foydalaniladi. «Yer kodeksi»ning asosiy prinsiplari quyidagilar: eng muhim tabiiy resurs, qishloq xo‘jaligining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish; yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo, sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borishning hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash; yerga va tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish; yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash; yerlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlashdan iborat.



Download 423 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling