Agrologistika va biznes


Download 423 Kb.
bet3/20
Sana06.02.2023
Hajmi423 Kb.
#1169393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1.Атхам (2)

Tadqiqotning maqsadi - fermer xo‘jaliklarida ish yuritishni tashkil, hujjatlashtirish ishlarini olib borish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirishda boshqaruv tizimini takomillashtirish haqida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mavzuning vazifasi – fermer xo‘jaliklarini tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari, fermer xo‘jaligining iqtisodiyotda tutgan o‘rni, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishning zaruriy asoslari haqida tushuncha berish,fermer xo‘jaligining ish yuritish faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari, fermer xo‘jaliklarini faoliyati, fermer xo‘jaligini rivojlantirishning hozirgi holati, fermer xo‘jaligida ish yuritishning huquqiy asoslari, fermer xo‘jaligida ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy jihatdan o‘rganish, xo‘jalikga kelayotgan ichki va tashqi hujjatlar va uning hujjatlashtirilishi, fermer xo‘jaliklarida ish yuritishni va mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, fermer xo‘jaligi faoliyati ko‘rsatkichlari va resurslar bilan ta’minlash holati va uning samaradorligini oshirish, kotib-referentning faoliyatini tashkil etish, fermer xo‘jaligida ish yuritish tizimini yaxshilash yo‘llarini o‘rganish ko‘zda tutilgan.


I BOB. FERMER XO‘JALIGINI BOSHQARISH VA ISH YURITISH TIZIMINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI

1.1. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etishning zaruriy asoslari.


Respublikamiz qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirish asosida qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining tarkibida dehqon va fermer xo‘jaliklarining ulushi yildan yilga oshib bormoqda.
Agrar tarmoqda islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida, faoliyat ko‘rsatib kelayotgan davlat va jamoa xo‘jaliklari bosqichma-bosqich tugatilib, bu xo‘jaliklar o‘rnida ijara xo‘jaliklari, ochiq va yopiq turdagi xissadorlik jamiyatlari, dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va shirkatlar uyushmalari tashkil etildi. Dastlabki to‘plangan tajribalar natijalari taxlili shuni ko‘rsatdiki, bu xo‘jalik yuritish shakllari faoliyati kutilgan yuqori iqtisodiy-ijtimoiy samaralarni bermadi. O‘tkazilgan aniq tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, ko‘p hollarda xo‘jalik nomi o‘zgargani holda ichki iqtisodiy mexanizm o‘zgarmasdan, eskicha ish yuritish tizimida faoliyat ko‘rsatib, qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi xodimlarning yerga, mulkka va yetishtirilgan mahsulotga bo‘lgan egalik hissini shakllantirish uchun yetarli sharoit yaratilmadi.
Agrar tarmoqda turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllarini vujudga keltirish va ular o‘rtasida erkin raqobat muhitini yaratib berish maqsadida, mavjud bo‘lgan ijara, shirkat xo‘jaliklari, dehqon va fermer xo‘jaliklarining har tomonlama rivojlantirishda keng imkoniyatlar yaratib berildi. daromadiga mustaqil egalik qilish huquqi va boshqa korxona, tashkilotlar bilan erkin aloqalar o‘rnatishi demakdir.
Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida eng samarali xo‘jalik yuritish shakllaridan, ya’ni xox u fermer xo‘jaligi, xox shirkat xo‘jaligi yoki dehqon xo‘jaligi bo‘lsin, ulardan eng samarali shaklini aniqlashni taqozo etadi. Xo‘jalik yuritishning tanlab olingan shaklini takomillashtirish, qishloqda mulkdorlar qatlamini barpo qilish va barqaror rivojlantirish, ularning mulkiy huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishi, qishloqqa sanoatni olib kirish natijasida qishloq xo‘jaligidagi ortiqcha ishchi kuchlarini band qilish, ayniqsa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan, tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan hamda qishloqda infratuzilmasida xizmat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil qilish soxasidagi chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirishni talab qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, xukumatimizning hozirgi kunda qabul qilgan qator farmon va qarorlarida qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini xo‘jalik yuritishning fermer xo‘jaligi shaklida rivojlantirish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda ustivor yo‘nalishlardan biri sifatida ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berildi.
Mulkchilik munosabatlari har bir xo‘jalik yuritish shaklida o‘ziga xos xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakli, mulkchilik sub’ekti va xo‘jalik yuritish sub’ektini bir-biridan farqlay bilish kerak Chunki, xo‘jalik yuritishning har qanday shakli o‘ziga muvofiq mulkchilik munosabatlari asosida faoliyat ko‘rsatgandagina tuliq va samarali ishlaydi.
“Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunda “Mamlakatimizdagi iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi”, deb belgilab ko‘yilgan. Mulkchilik majmuasidagi har bir alohida shakl o‘z samarasini ko‘rsatishi uchun tarkib topayotgan muayyan xo‘jalik yuritish shakli uning ichki xususiyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Bu esa, har bir alohida mazkur shakllarning bir-biridan farqlanishini, demaq bundan kelib chiqqan holda, xo‘jalik yuritish shakllarining turli-tuman bo‘lishini ifodalaydi.
Xususiy mulk tushunchasi o‘zi O‘zbekiston Respublikasining “Mulkchilik tug‘risida”gi konuning 7-moddasida ifodalangan bo‘lib, unda xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iborat deb ko‘rsatilgan. Xususiy mulkning asosiy belgisi shuki, mulkchilikning barcha shakllari orasida yolg‘iz ugina mulkdorga yaqin turadi, bu xol esa mulkdorga o‘z hoxishi bilan va o‘z irodasiga muvofiq mol-mulkdan foydalanish imkonini beradi. Xuddi shuning uchun ham bu yerda u kamisha aniq belgilangan shaxs, ijtimoiy mulk shakllarining ayrim ko‘rinishlarida bo‘lganideq qandaydir sub’ekt emas.
Har qanday mulkdor o‘z mulkiga nisbatan huquqlarini xususiy tarzda amalga oshiradi, ya’ni u boshqa shaxslarning roziligisiz, o‘z hoxish va irodasi bilan unga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi. Xususiy mulk insonda o‘zining ixtiyoridagi u yoki bu mol-mulkning taqdiri uchun kuchli mas’uliyat xissini tug‘dira oladi. Agar mulkni o‘z egasiga, ya’ni mulkdorlar ko‘liga konun asosida topshirsaq mulkka nisbatan hech qachon egasizliq talon-tarojliq isrofgarchilik va boshqa suiste’molchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Xususiy mulk insonning moddiy farovonligini belgilab beradi, uning har xil ehtiyojlarni qondirish manbai bo‘ladi. Shuning uchun ham Respublikamizda mulkni xususiylashtirish ishlari o‘tkazilib, mulkdorlar sinfini shakllantirish keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingandan so‘ng mamlakatimizda mulkiy munosabatlar qatnashayotgan fuqarolarimiz ongida egalik tuyg‘usining shakllanishiga moddiy asos yaratildi. Demaq davlat, umumxalq mulki deb nomlangan aslida esa xech kimga tegishli bo‘lmagan va xech kim uni mustahkamlanishidan, ko‘payishidan samarali foydalanishidan manfaatdor yoki mas’ul bo‘lmagan mulkni ma’lum darajada egalariga berib, ularda sohiblik tuyg‘usini shakllantirish, erkin sohibkorlik tashabbusini yaratish bozor munosabatlarining iqtisodiy negizini tashkil qiladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstituqiyasining 36-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli”, 53-moddasida esa “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi,” - deb yozib ko‘yilgan. Konstituqiyada barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlanganligi kayd kilingan.
Respublikamizdagi yer, suv, foydali qazilmalar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, mashinalar, uskunalar, bino va inshootlar, tarixiy madaniy yodgorliklar, ilmiy texnikaviy g‘oyalar, tovarlar, mehnatga bo‘lgan aql hamda jismoniy qobiliyatlar o‘zining haqiqiy xo‘jayiniga ega bo‘lishi kerak. Shundagina tadbirkorlik faoliyatini olib borishga keng imkoniyatlar ochiladi. Mulkni tejab-tergab, ishning ko‘zini bilgan holda tasarruf qila oladigan mulkdorlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Qishloq xo‘jaligida ham xususiylashtirishni keng joriy etish, mulkni ko‘paytira oladigan, bozor raqobatiga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya oladigan mulkdorlar qatlamini vujudga keltirish zaruriyati tug‘ildi. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonuni Respublikamizda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, uning boshqarish va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi katta ahamiyatga ega bo‘lgan me’yoriy xujjat hisoblanadi. Bu esa hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida Respublikamiz agrar sohasida mulkdorlar sinfini shakllanishida muhim va hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi.
Respublika prezidentining “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” asarida ta’kidlanishicha, “By yerda gan o‘ziga tekkan mulkni shamolga sovurmasdan yoki shaxsiy boylik orttirish yo‘lida shu mulkni ko‘paytira biladigan, texnika bilan qayta jihozlaydigan va zamon talablariga muvofiq takomillashtira oladigan, uning negizida raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya oladigan mulkdorlar haqidagi jarayonidir. Shuningdeq ish bilan band bo‘lmagan aholini ish o‘rinlari bilan ta’minlaydigan, o‘ziga ham, ishlovchiga ham, davlatga ham daromad keltiradigan, ishlab chiqarishni tashkil qila oladigan mulkdorlar haqida fikr yuritilyapti!”, - deb uqtirib o‘tgan edi.
Haqiqiy mulkdor bo‘lgan haqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini xis etish demakdir. Bu o‘z navbatida, insonning yashirin kuch-g‘ayratini, tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etadi, uni tashabbuskor va omilkor qiladi, o‘z korxonasining rivojlanish istiqboli haqida qayg‘urib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirib boradi, oladigan foydasi ham, xodimlarning daromadi ham ko‘payadi. Demak, iqtisodiyjihatdan erkin fuqaro, haqiqiy mulkdorgina o‘z mol-mulkini samarali tasarruf etishdan, o‘z boyligini ko‘paytirishdan moddiy manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki mamlakatni boyitishga ham o‘zini sezilarli xissasini qo‘shish imkoniyati yaratiladi.
Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish resurslardan, ayniqsa yerdan samarali foydalanish, mehnatkashlarda mulkka, mehnatga bo‘lgan munosabatlarni tubdan o‘zgartirish, yuqori ko‘rsatkichlarga intilish istagini kuchaytirishga olib keladi. Shu xo‘jalikdagi a’zolarga haq to‘lash mexanizmi mehnat unumdorligini oshirishda, o‘z mulkiy huquqlaridan to‘la foydalanish o‘z mulki asosida, yetishtirilgan mahsulotga mustaqil egalik qilish xissini uyg‘otish orqali erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Fermer xo‘jaliklarida mulkdorlar o‘z mulklari asosida kichik va qo‘shma korxonalar tashkil etib, mulkni va sifatli mahsulotlarni ko‘paytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, mehnatni ilg‘orlar tajriba va texnologiyalar asosida tashkil etish, boshqaruvga malakali mutaxassis va menejerlarni jalb etish, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxni pasaytirishdan mafaatdordirlar.
Agrar tarmoqda fermer xo‘jaliklarini tashkil etishdan maqsad mehnatkashlarni boqimandalik kayfiyatidan xolos etib, ma’lum bir miqdorda mulk egasi etib, shu mulkdan imkoniyat darajasida samarali foydalanib, uni ko‘paytirishning moddiy manfaatdorlik mexanizmini ta’minlashdan iboratdir. Mulkdor mahsulot ishlab chiqarishdagi sarf-xarajatni tejamkorlik bilan amalga oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, uning raqobatbardoshliligini chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Qishloq xo‘jaligida mulk munosabatlarini takomillashtirish va mulkdorlar sinfini barpo qilishning iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishdagi o‘rni, ahamiyati va zarurligi keng va chuqur taxlil qilinib, ilmiy asoslab berilgan. Binobarin, agrar tarmoqda yaratilgan mulkning haqiqiy egasini qapop toptirish, uning mulkiy huquqlarini kafolatlash va mustahkamlash, mahsulot va daromadlarni ko‘paytirishdan bevosita manfaatdor bo‘lgan, mustaqil mulkdorlar sinfini shakllantirish mexanizmini joriy qilmasdan turib, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni samarali rivojini ta’minlab bo‘lmasligi qator xo‘jaliklarni ko‘p yillik tajribalari natijalaridan ma’lumdir.
Qonunning ayrim bandlarini joylarda muammolarning zamon talablari darajasida tezkorlik bilan ijobiy yechilmaganligi Respublika Prezidenti xukumatining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan qator istiqbolli farmon va qarorlarini viloyat, tuman va xo‘jalik miqyosida to‘lig‘icha amalga oshirishdagi ayrim sub’ektiv holatlar asosiy sabablardan biri bo‘lib qolmoqda.
Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish qishloq mehnatkashlarining farovonligini oshirish, mamlakat iqtisodini rivojlantirish, mulkni ko‘paytirish, undan samarali foydalanish, texnologik bir-biriga uzviy bog‘liq xo‘jalik sub’ektlari maqsadlarini uyg‘unligini ta’minlovchi mexanizmlarni yaratishda bosh omil bo‘lib hisoblanadi.
Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda yer uchastkasi olish kerak. Qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 10 gektarni, bog‘dorchiliq uzumchilik sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni tashkil etadi. Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklarining optimal hajmi kundan kunga o‘zgarishi kuzatilmoqda.
Yer uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi ( 3 yil uchun o`rtacha yillik hosil hisobida) yerning kadastr bahosidan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasiga ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.
Fermer xo‘jaligi belgilangan tartibdi davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Fermer xo‘jaligi vakolatli organ tomonidan davlat ro‘yxatiga olingandan keyin yuridik shaxs makomini oladi, bank muassasasida hisob- kitob varag‘i va boshqa xil hisob varaqlari ochishga, o‘z nomi yozilgan muhoga ega bo‘lishga haqli. Fermer xo‘jaligi tashkil etishdan qonunda belgilangan tartibi buzilgan yoki xo‘jalikning ustavi qonunga muvofik bo‘lmagan taqdirda fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olinishi rad etilishi mumkin.
Davlat ro‘yxatiga olish rad etilganligi, shuningdek ro‘yxatga olish muddatlarining bo‘zilganligi ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Fermer xo‘jaligining namunaviy ustavi O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Fermer xo‘jaligining ustavida kuyidagilar ko‘rsatilishi kerak

  • -fermer xo‘jaligining nomi;

  • -fermer xo‘jaligi boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;

  • -fermer xo‘jaligining joylashgan yeri to‘g‘risidagi ma’lumotlar va pochta manzili;

  • -fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi va asosiy turlari;

  • - ustav fondining miqdori.

Fermer xo‘jaligining ustavida qonun xujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi o‘z ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati yo‘nalishlarini ishlab chiqarish to‘zilmasi va hajmlarini mustaqil O‘zbekiston ekologiyasi uning atrof-muxiti barqarorligi ko‘p jixatdan resurslari uning mavjudligi va sifatiga bog‘liqdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, kelajakda fermerlarni tashkil etishda ayniqsa, paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklariga 40-50 gektar yer ajratilish lozim. Amaldagi qonunlardagi yer bo‘yicha belgilangan hajmlarga hozircha o‘zgartirish kiritilmadi. Ammo fermer xo‘jaliklariga yer ajratishda konturlar bo‘linmasligi asosiy shartlardan biri bo‘lib qolishi lozim.
Fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda Uyushma va uning joylardagi vakilliklarining rolini oshirish, axborot xizmatlari ko‘rsatish, maslahatlar berish, yuridik va metodologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni faollashtirish zarur.

Download 423 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling