Agrologistika va biznes


III BOB. FERMER XO‘JALIKLARINI BOShQARIShDA ISh YuRITIShNI TAShKIL ETIShNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OShIRISh YO‘LLARI


Download 423 Kb.
bet14/20
Sana06.02.2023
Hajmi423 Kb.
#1169393
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
1.Атхам (2)

III BOB. FERMER XO‘JALIKLARINI BOShQARIShDA ISh YuRITIShNI TAShKIL ETIShNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OShIRISh YO‘LLARI

3.1 Fermer xo‘jaligida boshqaruv faoliyatini tashkil etishni yaxshilash yo‘llari


Fermer xo‘jaligida mahsulot yetishtirishdan avval mahsulotni kimga, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish rejalarini to‘zamiz. Mahsulotni kimga, qancha va qanday miqdorda yetishtirish masalasi bo‘yicha marketing shug‘ullansa, shu mahsulotni ishlab chiqarishni boshqarishni menejment boshqaradi.
Qishloq xo‘jaligida menejment (ing. boshqarish, mudirlik, tashkil etish) – zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish, demakdir.
Menejerlar korxona va kompaniya egalari bo‘lmagan yollanma malakali boshqaruvchilardir.
Qishloq xo‘jaligida menejment ilg‘orlar tajribasini o‘rganib va umumlashtirib, iqtisodiy vositalarni hamda tabiat va jamiyat iqtisodiy qonunlarining amal qilishini ochib beradi, qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish sur’atlarini jadallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ilmiy asoslangan tarzda hal qilish qonuniyatlarini aniqlab beradi.
Qishloq xo‘jaligida menejmentning vazifasi mehnatni tashkil etish, ishchilarni ish bilan ta’minlash; xizmat va resurslarni tarmoqlar bo‘yicha taqsimlash; taqsimotning ratsional shakllarini asoslab berish, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va sifatiga qarab xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish; rejalarning bajarilishiga rahbarlik qilish; ular ustidan nazorat qilish va hokazolardir.
Qishloq xo‘jalik menejeri qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishni, rejalashtirishni, nazorat qilishni, boshqarishni to‘liq egallash bilan birga, qishloq xo‘jaligi texnikasiga doir fanlardan, ularning barcha yangi muvaffaqiyatlaridan xabardor bo‘lishi lozim. Shofirkon tuman qishlok va suv xujaligi boshkaruv xodimlari turli lavozim va yo‘nalishlarda ishlaydi.
Ish haqi oshgan sari xodimlarning me’yori ortib mahsulot yetishtirish hajmi ham ortib borgan. Moddiy manfaatdorlik bor joyda ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi yuqori bo‘ladi. Shuning uchun har bir fermer xo‘jaligi o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib oylik, yillik ish haqi fondini belgilashi lozim. Bundan tashqari ish haqi to‘lash talab darajasida olib borilsa, mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida menejment tabiat va jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonunlariga amal qilib, xo‘jalikni iqtisodiy jihatdan asoslangan holda yuritish bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligida menejmentning vazifasi iqtisodiy, ilmiy, psixologik ilmlarning mavjud yutuqlaridan foydalanib, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni boshqarish mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; yuqori sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, yangi g‘oyalarni amaliyotga tatbiq qilish asosida mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va xalq faravonligini oshirishdir. Qishloq xo‘jaligida menejment qishloq xo‘jaligida boshqaruv, resurs va odamlarni boshqarishdan tashqari olinadigan foydani ko‘paytirishdir.
Qishloq xo‘jaligida menejment usullarini shartli ravishda quyidagi asosiy usullarga bo‘lish mumkin: iqtisodiy, ma’muriy va ijtimoiy-ruhiy usul. Qishloq xo‘jaligi menejmentida qo‘llaniladigan iqtisodiy usullarga rejalashtirish, rag‘batlantirish va tijoratlashtirish kiradi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy usullarni, iqtisodiy hisob-kitob, deb tushunish kerak.
Iqtisodiy usullarda iqtisodiy sharoitlarni yaratish, o‘zining kapital mablag‘lari va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, fan-texnika taraqiyotini yuqori darajada rag‘batlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot sifatini oshirish uchun muttasil kurash olib borishdir. Qishloq xo‘jaligida menejmentning iqtisodiy usullari to‘la iqtisodiy mexanizmning kichik bo‘lagi hisoblanadi va ular yordamida ishlab chiqarish samaradorligi muammosi yechiladi.
Fermer xo‘jaligida menejmentning ma’muriy usullari har bir bo‘g‘inning yuqori boshqaruv bo‘g‘inlariga bo‘ysunishidir.
Ma’muriy usullar yuqori turuvchi bo‘g‘inning bo‘ysunuvchi ob’ektga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishini hamda menejmentning yuqorida turuvchi idoralarning bo‘ysunuvchi idoralarga faqat qaror bilan ta’sir ko‘rsatishlari ham kiradi.
Ma’muriy usullarni ishlab chiqarish boshqaruvidagi ahamiyati qanchalik yuqori bo‘lishidan qat’i nazar, boshqariluvchi tizimga birinchi turtki berilgandan keyin bu harakat iqtisodiy usullar tomonidan saqlab turiladi va kuchaytirib yuboriladi.
Fermer xo‘jaligida menejmentning ijtimoiy-ruhiy usullari – mexnatkashlarning zaruriy, faol, o‘zluksiz mehnat faoliyatini ruyobga chiqarish usuli bo‘lib, ular odamlarni shaxslararo va ruhiy rag‘batlantirishni qo‘llanishi asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-ruhiy usullar har bir jamoaga va uning alohida xizmatchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishontirish usullari, tarbiyalash, ruhiy rag‘batlantirish, ishlovchilarning maishiy talablarini qondirish, jamoaning ilg‘or mehnat an’analarini saqlash va taraqqiy toptirish.
Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishda e’tiborni yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga, xaridorgirligini oshirishga qaratish zarur.
Shunday qilib, fermer xo‘jaligida menejment foyda olish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini o‘zoq va qisqa muddatga rejalashtirish, oldindan bashorat qilish, tashkil etish, xizmat va mahsulotlarni sotish tizimidir.
Fermer xo‘jaligida menejer ma’lum darajada ma’muriy-xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lgan ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish soxalari bo‘yicha mutaxassisdir.
Ferrmer xo‘jaligida menejerning vazifasi – qo‘l ostidagi xodimga uning oldiga qo‘yilgan maqsadlarni tushuntirish, ularga erishishga yordam berish, qishloq xo‘jaligi korxonasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga, jumladan, qishloq xo‘jaligi korxonasi faoliyatini rejalashtirish, rejani amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilishga faol ta’sir o‘tkazishdir.
Fermer xo‘jaligida menejment, avvalo, ishlovchilarni boshqarish ilmidir. Odamning xususiyatlarini bilmasdan turib, menejerning muvaffaqiyat qozonishi haqida o‘ylash mumkin emas.
Inson resurslarini boshqarish fermer xo‘jaligida menejmentning eng asosiy qismidir. Xodimlarni tanlash juda muhim vazifa hisoblanadi. Yangi ishni tashkil etishda korxonada ishlaydigan ishlovchilar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni chuqur o‘ylab chiqish kerak, ya’ni mehnat resurslariga bo‘lgan extiyojni hisob-kitob qilish, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning ro‘yxatini to‘zish, ishning har bir uchastkasida ishlaydigan kishilarning sonini aniqlash, ishning har bir uchastkasi uchun strategik va tanglik omillarini aniqlash, ishning tashkiliy to‘zilishini belgilash, xizmatchi va aksionerlarning sonini aniqlash va shtatlarni saqlashga sarflanadigan xarajatlarni aniqlash zarur. Moliya sohasidagi bilimlar menejer uchun asosiy bilimlardan biridir. Chunki moliyaviy hisob-kitoblarsiz biror qarorga kelib bo‘lmaydi. Shuning uchun menejerning moliyani boshqarishdagi o‘rni benihoya kattadir. Qishloq xo‘jaligida menejerdan ishni samarali, ya’ni foydali olib borishni bilish talab etiladi. Foydani ko‘paytirishning ikkita asosiy imkoniyati ma’lum: birinchisi, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmlarini oshirish hamda sotishni ko‘paytirish, ikkinchisi, sarf-xarajatlarni kamaytirish.
Boshqarish bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishni boshqarishni ishning ko‘zini biladigan kishilarga, ishbilarmonlarga, tadbirkorlarga, ayniqsa, boshqarish mutaxassislari – menejerga bo‘lgan talabni keskin oshirib yubordi. Qishloq xo‘jaligida menejer qabul qilayotgan texnik, texnologik va boshqa qarorlar aniq iqtisodiy hisob-kitoblarga asoslangan bo‘lishi kerak. Mahsulotdan olingan daromad yuqori darajada bo‘lishi, uni ishlab chiqarish uchun ketgan sarf-xarajatlar past bo‘lishiga erishishdan iborat. Menejer raqobatga chidamli fan-texnika yangiliklarini qo‘llashni va sarf xarajatlarni kamaytirishga erishishni bilishi kerak. Qishloq xo‘jaligida menejmentning marketing sohasidagi faoliyati, xo‘jalikning imkoniyatlarini faqat uning resurs imkoniyatlari hajmi bilan emas, balki ko‘proq atrof-muhitdagi ahvol bilan belgilanadi. Fermer xo‘jaligida menejment tizimi ishlab chiqarishga bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan qo‘shimcha xarajat, ya’ni xizmatchilarning ish haqi, ishlashi uchun zarur vositalar saqlab turish va ishlatish sarflari hamda bevosita va bilvosita xarajatlari yuzaga keladi. Qishloq xo‘jaligida menejment tizimi o‘z faoliyati uchun qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmasdan xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Qishloq xo‘jaligida menejment tizimining samaradorligini oshirishda o‘ziga xos sarf-xarajatlar hisobga olinib, tartibga solib borilishi zarur.
Bozorda ehtiyojlarni qondirish uchun iste’molchilarning istaklarini o‘rganish, talab va ehtiyojga qarab mahsulot ishlab chiqarish kerak. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida marketing xizmati, sotishni, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishni doimo o‘rganib borish maqsadida tashkil etiladi. Bunda iste’molchilarning ehtiyojlarini o‘rganish marketingni boshqarishning bosh vazifasidir. Shunday qilib, qishloq xo‘jaligida menejment dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarida hosildorlikdan va mahsuldorlikdan foyda olish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, texnologik jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni talab etadi.

Download 423 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling