Agrologistika va biznes


Fermer xo‘jaiklari faoliyatida ish yuritish tizimini rivojlantirish yo‘llari


Download 423 Kb.
bet16/20
Sana06.02.2023
Hajmi423 Kb.
#1169393
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1.Атхам (2)

3.3. Fermer xo‘jaiklari faoliyatida ish yuritish tizimini rivojlantirish yo‘llari


Respublikada bozor iqtisodiyotiga utish munosabati bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida isloxotlar olib borilmoqda, chunonchi ish yuritish sohasida xam bir qancha kamchiliklar mavjud ediki, ularni tezda bartaraf etishga to‘g‘ri kelmoqda. Buning uchun bu sohada avvalo hujjatlar bilan ishlashga e’tibor berish hamda iloji boricha ish yuritish jarayonini ixchamlashtirish lozim. Chunki rahbarlar hujjatlarni qabul qilganda ular nechog‘lik sodda va ixcham bo‘lishi, uning vaqtini ko‘p egallamasligi lozim.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ishni ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda va takomillashtirishda hujjatlarning o‘rni va ahamiyati beqiyos bo`lib uni yuritilishini tartibga solish, hujjatlar sifatini oshirish, nazoratga olish bo`yicha hukumatimizning ыaror farmonlari qabul qilingan.
O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish lozimligi tufayli respublikamizda yangi vaziyat paydo bo‘la boshladi. Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar korxona mustaqilligini kuchaytirishga olib kelmoqda. Undan tashqari aralash va xususiy mulk asosida har xil ishbilarmonlik korxonalari tashkil qilinmokda. Bozor sharoitda ularning ish natijasiga bo‘lgan ma’suliyati ortib bormoqda. Rahbar korxonani samarali boshqarishda dolzarb masalani hal qilishi lozim. Boshqarish mahoratini chuqur egallash uchun har qanday rahbar o‘z malakasini oshirish usulii, qayta o‘qish va o‘z tajribasini mustahkamlash zamon talabidir.
Hozirgi sharoitda texnikaning rivojlanishi va axborot tizimining tezligi korxona, tashkilot va turli firmalarda ish yuritishni yaxshi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Respublikada o‘zbek tili Davlat tili makomini olgan korxona va tashkilotlarda ish yuritish ya’ni hujjatlar bilan ishlash, o‘zbek tilida olib borilmokda. Bu esa boshqaruv xodimlarining ishlarini yengillashtiradi.
O‘zbkistonda keyingi paytlarda kompyuterlar bilan ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilmokdi va ana shu bilan birga internet orqali chet el tajribalaridan foydalanib, axborotlarni uzatish, xatlarni jo‘natish, fikr almashinish, xattoki shartnomalar tuzish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Korxonalarning har bir bo‘limlarida kompyuterlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Ilgari kerakli hujjatlarni turli xil kataloglardan qidirib topib, shaxs egalariga topshirguncha ancha vaqt sarflanardi. Hozir esa hujjatlar, ish papkalari, shartnomalar va boshqa xil hujjatlar kompyuterga yuklanib arxivning qaysi qatorida qaysi hujjat saqlanishini osonlik bilan topish mumkin. Bu esa o‘z navbatida vaqtni va qog‘ozni tejashga olib kelmokda.
Majlis qarorlarining tayyorlanishi va xodimlarga yetkazilishida ham kopyuterdan foydalanilmoqda. Bundan tashqari qarorlar, yangi qonun-qoidalarni bo‘limlarga tez yetkazishda faks va zamonaviy axborot vositalaridan unumli foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan siyosatlardan biri tadbirkorlarga qulayliklar yaratishdir. Ayniqsa sifatsiz hujjatlarni to‘ldirish, ularni tegishli shaxslarga imzolatish va ana shu kabilarga chek qo‘yildi. Tadbirkor yangi ish yuritmoqchi bo‘lsa, turli tashkilot va firmalarga kechayu-kunduz hisobot berishi va ularga o‘z faoliyatini maqsadini tushuntirib berish ishlardan ozod bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida korxonalarda ish yuritishni ixchamlashtirib, samaradorligini oshirmoqda.
Korxonalarda ish yuritishni takomillashtirishda xodimlar foliyatiga ilmiy asoslangan usullarni joriy qilishdir. Hujjat tuzishni o‘rgatish maxsus ta’lim tizimida eng dolzarb masaladir. Idora xodimlarini tayyorlash va ular malakasini oshirish kurslarini hamma joyda tashkil qilish zarur. Kollej va oliy o‘quv yurtlarida hujjat tuzishga oid maxsus kurslar joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Ish yuritish holatini yaxshilash uchun ish yuritish bo‘linmalarini (umumiy bo‘limlar, devonxonalar, kotiblar va hokazo) tashkil qilishni yaxshilash, lavozimlarning aniq nomenklaturasini, turli kategoriyadagi korxona va muassasa uchun lavozimlar soni me’yorlarini ishlab chiqish lozim.
Ish yuritish sohasida mehnat unumdorligini oshirish hujjat tuzish va ishlash, shuningdek, axborot olish jarayonlarini mexanizatsiyalash yo‘li bilan amalga oshirilmog‘i kerak. Hujjat ustida ishlashning ko‘pgina jarayonlari uchun texnika vositalardan foydalanish kerak.
Hujjatlar turlari va nus’hasini talab bo‘yicha kamaytirish ish yuritishni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa xar xil hujjatlarni ma’lumotnoma, yozma ma’ruza, bildirishnomalarni tayyorlashga taalluqlidir. Bu hujjatlarni iloji bo‘lsa og‘zaki, ma’ruza, farmoyish, xabarlar bilan almashtirilishi kerak. Ayrim hollarda yangi hujjat tayyorlash o‘rniga hujjatni tegishli ustxat bilan qaytarish yoki telefonogramma berish bilan cheklanish mumkin.
Boshqaruv xodimlari vaqtini tejash uchun standart hujjatlardan kengrok foydalanish kerak. Shuning uchun xatlar namunaviy matnlari bo‘yicha maxsus tematik to‘plamlar ishlab chiqish va ularni chop etish zarurdir.
Amaliyotdan va har qanday tajribalardan ko‘p narsani o‘rganilmoqda. Bu o‘z navbatida ishni to‘g‘ri tashkil etish va tartibga solishga alohida ahamiyat berilmoqda. Respublikada amaliyotdan foydalanish katta samara keltirishini yapon tajribasidan foydalanidi. Undan tashqari, ijtimoiy-madaniy sharoit, milliy an’analar, kattalarga hurmat, qonun-qoidalarga, tartib-intizomga rioya qilish azaldan boshlab yapon va o‘zbek xalqlariga mansubdir. Yapon tajribasining ustunligi – agar hujjatlar tuzishda xatolikka yo‘l qo‘yilsa, rahbar tamonidan kim aybdorligini aniqlash noto‘g‘ri deb hisoblaydi. Asosiy maqsad aybdorni topish emas, balki tezroq yo‘l qo‘yilgan xatoning sababini aniqlashdir. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida qonuniy va me’yoriy hujjatlardan foydalanib, korxona hujjatlarini hujjatlashtirishda ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilishdan iborat. Ыishloы xo`jaligida ish yuritishning bir qancha vazifalari mavjud. Bu vazifalarning bajarilishi korxonadagi tizimlarga bog‘liq. Korxonalardaish yuritish yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarishga yordam beradi. Ish yuritishdagi vazifalarni quyidagicha yo‘lga qo‘yiladi:

  • hujjatlarda korxona va bo‘linmalarning ishini to‘g‘ri va tez aks ettirish, ya’ni xar bir hujjatni to‘la o‘rganilib, ishonch hosil qilib ishni tez amalga oshirish kerak;

  • xizmatga doir barcha hujjatlarni qabul qilish, hisobga olish va jo‘natish jarayonlarini aniq hamda tez bajarish. Bunda korxonaga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlarni, qaror, qoidalarda qabul qilib olish, uni tasdiqlatilganidan so‘ng qayd qilib, belgilangan joyga tezlik bilan jo‘natilishini ta’minlash;

  • barcha zarur ma’lumotlarni korxonada va arxivda tez va oson topib olish. Yuqorida aytib o‘tilganidek, devonxonalarning tez xizmat ko‘rsatishi uchun jihozlanganda ishda unumi ortadi va xizmat ko‘rsatish yanada sifatli bo‘ladi;

  • hujjatlarning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib turish mumkin bo‘lsin. Nazoratdan asosiy maqsad ishning tezkorligi va hamma hujjatlarni to‘g‘ri va tez bajarilishini nazorat qilishdan iborat.

Respublikaning birinchi prezidenti Prezidenti va hukumati tomonidan agrar sektorda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlari yaratilishiga alohida e’tibor berilmoqda. Qishloq xo‘jaligida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lib, fermer xo‘jaliklari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi «Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Farmonida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Kelajakda qishloq xo‘jaligida fermerlik faoliyati xo‘jalik yuritishning asosiy shakli bo‘lishi rejalashtirilgan. Chunki:

  • fermer xo‘jaligi qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirishda va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega;

  • fermer xo‘jaliklarida dehqon va ishlab chiqarish vositalari o‘rtasida mustahkam iqtisodiy-huquqiy bog‘liqlik yuzaga

  • keladi;

  • dehqonlarda ishlab chiqarish natijalari uchun kuchli iqtisodiy ma’suliyat paydo bo‘ladi;

  • qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, taqsimlash ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida fermer to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi, u bozor talabi va taklifi muvozanati doirasida harakat qiladi va u davlat tomonidan joriy etilgan tartib qoidalarga bo‘ysunadi.

Fermer xo‘jaligining asosiy maqsadi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda o‘z a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘proq sifatli mahsulot yetishtirishdan iboratdir.. Mustaqillikka erishgan qisqa davr ichida fermer xo‘jaliklari boshqa xo‘jalik yuritish sub’ektlariga nisbatan o‘zining afzalliklarinn yaqqol namoyon qildi. Ularda yerdan oqilona foydalanish, ekinlar xosildorligini oshirish, umuman qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish bo‘yicha yuqori natijalarga erishilmoqda.Lekin fermer xo`jaligini yuoshыarishda ish yuritish tizimi talab bo`yicha rivojlanmagan. Shuning uchun xo‘jalikda ish yuritish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish, hisobini olib borish, korib-referent ishlarini tashkil etish bo‘yicha yo‘llanmalar ishlab chiqilishi kerak.
Bugungi kunda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 99 foizi nodavlat sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, 2016 yilda fermer xo‘jaliklarining yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishdagi salmog‘i sezilarli darajada oshdi va 34 foizni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkichlar tahlili mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarining rivojlantirish bo‘yicha , iqtisodiy islohatlar olib borishni taqoza ztadi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoq faoliyati hisobiga yetishtirilgan mahsulotlar fermer xo‘jaliklarining ichki iste’moliga yo‘naltirilishi va shuningdek bozorga chiqarilishi ham mumkin. Lekin, iqtisodiy jihatdan qo‘shimcha tarmoq yuqori tovarlilik darajasiga ega bo‘lishi maqasdga muvofiq. Bu ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini rivojlatirishda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga ham mos keladi. Lekin, fermer xo‘jaliklari mamlakat miqyosida son va sifat jihatidan o‘sib borish bilan bir qatorda, ularni yanada rivojlanishiga, o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishlariga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar mavjud.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Ya’ni iqtisodiy, ma’muriy- tashkiliy va ijtimoiy-ruhiy . Albatta, bunday turkumlash har bir omil to‘g‘risida yetarli tasavvur bera olmaydi. Bu o‘z navbatida har bir omilni alohida ko‘rib chiqishni taqozo qiladi.
Fermer xo‘jaligiga ma’muriy-tashkiliy ji=atlariga a=amiyat berish, ular faoliyatini davlat tomonidan =ujjatlashtirish orыali boshыarish tizimini joriy etishni ыo`llash maыsadga muvofiыdir. Fikrimizcha, bu boradagi ilg‘or tajribalar o‘rganilib, iqtisodiyotimiz xususiyatlariga mos keluvchi ish yuritish shakllarini amaliyotga joriy qilish fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashning assosiy vositasi sifatida qaralishi lozim.
Fermer xo‘jaligida menejment tizimi ishlab chiqarishga bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan qo‘shimcha xarajat, ya’ni xizmatchilarning ish haqi, ishlashi uchun zarur vositalar saqlab turish va ishlatish sarflari hamda bevosita va bilvosita xarajatlari yuzaga keladi. Qishloq xo‘jaligida menejment tizimi o‘z faoliyati uchun qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmasdan xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Fermer xo‘jaligida menejment tizimi ishlab chiqarishga bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan qo‘shimcha xarajat, ya’ni xizmatchilarning ish haqi, ishlashi uchun zarur vositalar saqlab turish va ishlatish sarflari hamda bevosita va bilvosita xarajatlari yuzaga keladi. Qishloq xo‘jaligida menejment tizimi o‘z faoliyati uchun qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmasdan xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Qishloq xo‘jaligida menejment tizimining samaradorligini oshirishda o‘ziga xos sarf-xarajatlar hisobga olinib, tartibga solib borilishi zarur.
Fikrimizcha, bu muammoni hal qilish uchun fermerlar o‘zaro kelishgan holda yetishtirayotgan mahsulotlarini sotish hamda qayta ishlash bo‘yicha kooperatsiyaga birlashishlari mumkin. Kooperatsiyaga birlashish ixtiyoriy bo‘lib, har bir fermer o‘z mustaqilligini saqlab qoladi. Kooperatsiyani tuzishda fermerlar umumiy yig‘ilishi (tashabbuskor guruh tomonidan tayyorlanadi) kooperatsiya kengashini saylaydi. Kengash a’zolari kooperatsiyaga kirayotgan fermerlar soniga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Kengash a’zolarining soni 11-15 nafardan ko‘p bo‘lishi muayyan tadbirlarda ularning to‘liq ishtirokini ta’minlashda murakkablik tug‘dirishi mumkmn. Kengash o‘z a’zolaridan birini bir yil muddatga rais qilib saylaydi. Rais bir yil davomida Kengash nomidan kooperatsiya ishini boshqaradi, ish yuritadi. Kengash bilan kelishilgan holda ijro apparatini tashkil qiladi va uning ishini nazorat qilib boradi.
Ijro apparati 3-4 kishidan iborat bo‘lishi mumkin. Uning son jihatidan qancha bo‘lishini ishlovchilarga to‘lanadigan maosh va boshqa xarajatlar miqdori ham Kengash tomonidan belgilanadi. Ijro apparati asosan shartnoma asosida faoliyat yuritadigan mutaxassislardan iborat bo‘lib, yollanma ishga qabul qilinadiganlarning mutaxassisligi kooperatsiyaning yo‘nalishiga qarab belgilanadi. Jumladan, mahsulotni sotish bo‘yicha asosan marketolog, moliyachi, huquqshunoslik hamda menedjer bo‘lishi mumkin.
Ijro apparatining bankda joriy hisob raqami bo‘lishi kerak. Hisob raqamiga fermerlar ijro apparati xarajatlari va maosh uchun ajratiladigan mablag‘ni o‘tkazib beradilar. Xarajatlar miqdori yuqorida ta’kidlanganidek, Kengash tomonidan belgilanadi va kooperatsiya a’zolariga taqsimlanadi.
Ijro apparati fermerlar Kengashi tomonidan unga berilgan vakolat doirasida faoliyat yuritadi. Agar kooperatsiya faqat yetishtirilgan mahsulotni sotish bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa ish faoliyati marketing bilan bog‘liq masalalarni hal, qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jumladan, mahsulotni sotish uchun haridor topish, narxni belgilash (kengash bilan kelishilgan holda), sotilgan mahsulot uchun fermerlar hisob raqamiga mablag‘larni tushiirib berish, shuningdek, fermerlar uchun kerakli bo‘lgan moddiy-texnika resurslarni sotib olishga ko‘maklashish, urug‘lik bo‘yicha axborot tayyorlab berish, fermerlar bilan bank o‘rtasidagi munosabatlarda faol ishtirok etish (biznes reja tuzish, bankda kredit resurslari olish va kreditlarni qaytarish), soliq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilish va fermerlar bilan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarda bevosita ishtirok etish.
Kengashning qarori bilan fermerlar mablag‘ini jamlab (fermerlar birgalashib bankdan kredit olishlari mumkin) mahsulotni qayta ishlash korxonasi qurishlari mumkin. Bunda mahsulotni qayta ishlash korxonasi qurish va unga kerakli uskuna va jihozlarni sotib olish uchun mablag‘ni ijro apparati hisob raqamidan to‘plashi yoki ijro apparati qoshida maxsus hisob raqami ochishlari mumkin. Bu holatda ijro apparatiga qurilish bo‘yicha bir mutaxassis qo‘shilishi va shu mutaxassis barcha ishlarni (loyiha va smeta tayyorlash, qurilish tashkiloti bilan shartnoma tuzish va qurilish ishlarini nazorat qilib borish, korxona qurilish montaj ishlari yakunlanganidan so‘ng qabul qilib olish va ishga tushirish) olib boradi.
Qayta ishlash korxonasining ish faoliyati quyidagicha tashkil qilinishi mumkin. Fermerlar korxonaga kerakli bo‘lgan xomashyoni yetkazib beradilar va mahsulot qayta ishlanib, sotilgan mahsulotdan tushgan mablag‘dan korxona xarajatlari chegirilib tashlanganidan so‘ng qolgan mablag‘ni topshirilgan xomashyoga nisbatan mos ravishda bo‘linadi. Bunda Kengash qarori bilan sof foydaning bir qismi korxonani rivojlantirish uchun ham ajratilishi mumkin.
Bugungi kunda, mamlakatimizdagi fermer xo‘jaliklarini rivojlanish jarayonlarini tahlil qilinganda ma’muriy-tashkiliy tavsifga ega bo‘lgan muammolar mavjudligi asosan davlat idora va tashkilotlari, xo‘jaliklar rahbarlarining bu ishda barcha zarur chora-tadbirlarni yetarli darajada amalga oshirmayotganligi bilan izohlanadi.
Fermerlik harakatiga salbiy ta’sir qiluvchi asosiy omillardan yana biri-turli doiradagi kishilarning fermer xo‘jaligi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega emasligi natijasida unga qarshi munosabatdir. Bundan tashqari, fermerlikni yanada ravnaq topishiga halal beruvchi sabablardan biri - qishloq mehnatkashlarida shakllanib qolgan ruhiy vaziyatdir. Ko‘pchilik dehqonlar hech narsaga javob bermaslikka, ma’suliyatdan qochishga, xo‘jalik yumushlari to‘g‘risida qayg‘urmaslikka ko‘nikib qolishgan.
Fermer har tomonlama tayyorlangan bo‘lishi, ya’ni u texnikani boshqara olishi, agronomiya va veterenariya, iqtisod va huquqni bilishi kerak. Bu siz haqiqiy, ishbilarmon fermer bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun, avvalo, fermer xo‘jaliklarini tashkil etishda uning rahbarini tanlashga bo‘lgan talabni kuchaytirish va uni ko‘rik asosida olib borish; ikkinchidan, barcha qishloq o‘quv muassasalarida fermerlarni tayyorlovchi maxsus kurslar ochish; uchinchidan, butun o‘quv jarayonini fermerlar tomonidan bevosita ishlab chiqarishda muayyan amaliy malaka olish bilan bog‘lash lozim.
Ba’zi fermer xo‘jaliklarini muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ko‘pincha xo‘jalik egalarining iqtisodiy bilimga ega emasliklaridan kelib chiqadi. qo‘yish fermer xo‘jaligini muvaffaqiyatli rivojlanishining asosi hisoblanadi.
Fikrimizcha, dehqonlar bugungi kunda iqtisodiy o‘zgarishlarga, qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarining rivojlanishiga o‘z munosabatlarini bildirishlari, unda faol ishtirok etishlari uchun ularga barcha darajadagi to‘la erkinlik berilishi lozim. Bundan tashqari, dastlabki tashkil topgan fermer xo‘jaliklarning erishayotgan yutuqlari ulardagi ruhiy to‘siqlarni bartaraf etishning eng ishonchli kafolatidir.
Umuman olganda, mamlakatimizdagi fermerlik harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish, tarkibini aniqlash ularni bartaraf etish uchun bo‘lgan sa’y- harakatlarni yanada kuchaytirish imkonini beradi. Shuningdek, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda, yana quyidagi masalalarga ham e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:

  • fermer xo‘jaliklari rivojlanishi borasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishi bo‘yicha nazoratni kuchaytirish;

  • fermer xo‘jaliklarining faoliyat yuritishini tartibga solib turuvchi qonunchilikni, ularning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini yanada takomillashtirish;

  • fermer xo‘jaliklari tarkibida turli xil (ishlab chiqarish, mahsulotlarni qayta ishlash, sotish va iste’mol sohasidagi) kichikbiznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish;

  • ko‘p tarmoqli fermerliklari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng yoritib borish; kalsalting xizmatini tashkil etish; fermer xo‘jaligi dalasida dala madaniyatini shakillantirish va dala shiyponlarini qurish ishlarini tashkil etish hamda ularga yer ajratish maqsadga muvofiqdir. Bozor munosabatlari sharoitida yuqoridash mavjud muammo va salbiy holatlarni ijobiy hal qilish asosida fermer xo‘jaliklarini istiqbolli rivojlantirishga erishish mumkin.

Shunday qilib, fermer xo‘jaliklari faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muamolarni bartaraf qilish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish zarur. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash soliqqa tortish, mahsulotni qayta ishlash va eksport qilish uchun sharoit yaratib berish,ish yuritishni tashkil etish, resurslardan foydalanish, ishlab chiqarish va qayta ishlashda ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, tovar mahsuloti yetishtirish uchun qo‘shimcha yer maydonlari ajratish kabi qator masalalarni qamrab olishi lozim.



Download 423 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling