Aholining ma’rifiy va ma’naviy
darajasini umumlashtirib tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Bu ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi (har 1000 kishiga to’g’ri kelgan):
o’rta - maxsus, kasb - hunar o’quv yurtini bitirganlar va band bo’lganlar soni (Ko’m);
oliy ma’lumotlilar soni (K0);
fan nomzodlari soni (Kfn);
fan doktorlari soni (Kfd);
fanlar akademiyasining muxbir a’zolari soni (Kma);
akademiklar soni (Ka);
aspirantlar soni (Kasp);
doktorantlar soni (Kd);
ommalashgan kutubxonalardagi kitoblar soni (Kks);
kitob, jurnal va gazetalarning yillik nusxalar soni (Kkjt);
kinoseanslar va teatrlarga qatnovchilar soni (Kkt);
radioeshittirish va teleko’rsatuvlar ko’lami (sutkasiga soatda) va boshq.
Bu ko’rsatkichlar mintaqalar va taraqqiy etgan mamlakatlar, shuningdek, jahon standartlari bilan taqqoslash, mazkur mamlakat aholisining ma’rifiy va ma’naviy darajasini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholining sotsial sharoitini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Aholining sotsial sharoitini umumlashtirib ifodalovchi ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
ishsizlik koeffitsienti;
ish haftasi va ish kunining o’rtacha uzunligi;
mehnat ta’tillari muddati;
mehnat sharoiti;
har 10000 kishiga to’g’ri kelgan – kasalxonalardagi o’rinlar soni; shifokor soni; sanatoriy va dam olish uylaridagi o’rinlar soni;
aholining o’rtacha yashash umri;
bir yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi (har 1000 aholiga);
onalar o’limi (har 100 000 onaga nisbatan);
sotsial himoya darajasi va h.k.
Bu ko’rsatkichlar aholi barcha tabaqalarining sotsial sharoitini yaxshilash maqsadida qator tadbirlar tizimining amalga oshirilishini, mehnat resurslaridan qay darajada foydalanish, mehnat sharoitining yaxshilanish jarayonini, qishloq bilan shahar aholisi turmush darajasining yaqinlashishi kabi tadbirlarning amalga oshirilishini bevosita ifoda qiluvchi omillardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |