Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Korporatsiyalarning daromadidan olinadigan soliq


Download 1.86 Mb.
bet241/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Korporatsiyalarning daromadidan olinadigan soliq – daromad solig‘i va foyda solig‘ining (ayrim mamlakatlarda) o‘rniga barcha kompaniyalarning foydasidan qat’iy foizda olinadigan soliq. Barcha korporativ organ va nokorporativ assotsiatsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Taqsimlanadigan dividendlar summalaridan ham soliq olishni taqoza etadi. Kasb solig‘i (kasbiy soliq) – mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatining barcha turlaridan har yili olinadigan to‘g‘ri (bevosita) soliqlardan biri. Masalan, Fransiyada kasb solig‘i (kasbiy soliq)ning stavkasini hisoblashda baza sifatida ko‘chmas mulk ijarasining qiymati, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan barcha asbob-uskunalarning qiymati (subyektning o‘z mulkimi yoki ijaraga olganmi, bundan qat’iy nazar), ish haqi fondining qiymati va boshqalar xizmat qiladi. Kasb solig‘i (kasbiy
763
oladi: 1) korxonaning umumiy yillik oborotni soliqqa tortish (odatda 1,0%dan 2,5% gacha); 2) ish haqi fondini soliqqa tortish. Ish haqi solig‘i – yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan va xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadigan soliq.
Import-eksport solig‘i – soliqqa tortishning ko‘rinishlaridan biri; tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa tortish obyekti bo‘lib belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada hisoblangan tovarlarning boj qiymati yoki og‘irlik va miqdor birliklarida ifodalangan tovarlarning soni hisoblanadi.
Iste’mol solig‘i – bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsizlar ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona bojlarini ham iste’mol soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa, boshqa birovlari mahalliy byudjetlarga borib tushadi.
Ijtimoiy soliqlar – ish haqi va ishchi kuchiga nisbatan qo‘llaniladigan soliqlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ijtimoiy ta’minotga badallaridan (ajratmalaridan) tarkib topadi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling