Shunisi diqqatga sazovorki, XIX asrlarda rus yozuvchilarining asarlari ham xorijiy tillarda kо‘plab tarjima qilina boshlandi. Masalan, XVIII asr va XIX asrning boshlarida yaratilgan rus lirikasi namunalari va “Revizor” komediyasi nemis tiliga, N.V.Gogolning bir qancha nasriy asarlari frantsuz tiliga о‘girildi. (G‘.Salomov) Shunisi diqqatga sazovorki, XIX asrlarda rus yozuvchilarining asarlari ham xorijiy tillarda kо‘plab tarjima qilina boshlandi. Masalan, XVIII asr va XIX asrning boshlarida yaratilgan rus lirikasi namunalari va “Revizor” komediyasi nemis tiliga, N.V.Gogolning bir qancha nasriy asarlari frantsuz tiliga о‘girildi. (G‘.Salomov) Bu nutqiy parchada о‘girmoq leksemasining uslubiy qiymati ham yо‘q emas: u tarjima qilmoq leksemasining kontekstda ikki marta takrorlanmasligiga erishish (leksik tavtalogiyaga barham berish) maqsadida ishlatilgan, shuning uchun bо‘lsa kerak о‘girmoq leksemasining «tarjima qilmoq» ma’nosida qо‘llanishi asta-sekin odat tusiga kirib bormoqda. Demak, bu leksemaning ana shu okkazional ma’nosi uzual ma’noga о‘tish jarayonini boshidan kechirmoqda deyishga asos bor. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |