Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining turkiy tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi 3-”b” guruh talabasi Akimniyazova Tazagulning hozirgi oʻzbek adabiy tili fanidan taqdimoti Leksik ma’no va tushuncha Reja: 1. Leksik ma`no til qurilishiga xos hodisa, tushuncha tafakkurga xos hodisa. 3. Leksemaning uzual va okkazional ma’nolari Leksikologiyada tilning lugʻat boyligi sistema sifatida tadqiq qilinadi, chunki bu boylik sо‘zlar va iboralarning oddiy, mexanik yig‘indisi emas, balki о‘zaro aloqada bо‘lgan, birining bо‘lishi ikkinchisining bо‘lishini taqozo qiladigan lug‘aviy birliklar va elementlar tizimidir, bu tizimdagi sо‘z va elementlar yaxlit bir “organizm”ning “tо‘qimalari” va “hujayralari” munosabatida bо‘ladi: sо‘zlarning ifoda va mazmun tomonlari orasidagi aloqalar, leksik ma`no va uning semalari о‘rtasidagi butun va qism munosabatlari, sо‘z ma`nolarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari shundan dalolat beradi. Leksikologiyada tilning lugʻat boyligi sistema sifatida tadqiq qilinadi, chunki bu boylik sо‘zlar va iboralarning oddiy, mexanik yig‘indisi emas, balki о‘zaro aloqada bо‘lgan, birining bо‘lishi ikkinchisining bо‘lishini taqozo qiladigan lug‘aviy birliklar va elementlar tizimidir, bu tizimdagi sо‘z va elementlar yaxlit bir “organizm”ning “tо‘qimalari” va “hujayralari” munosabatida bо‘ladi: sо‘zlarning ifoda va mazmun tomonlari orasidagi aloqalar, leksik ma`no va uning semalari о‘rtasidagi butun va qism munosabatlari, sо‘z ma`nolarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari shundan dalolat beradi.
Bu tizimning asosiy birligi sо‘z ekanligini hisobga olsak, leksikologiyada bevosita sо‘zning о‘zi bilan bog‘liq masalalar ham kо‘riladi: sо‘zning til birligi sifatidagi mohiyati, sо‘z strukturasi (ifoda va mazmun planlari, semantik tarkibi), leksik ma`no va uslubiy semalar, leksik ma`no va etimon, leksik ma`no taraqqiyoti, udual va okkazional ma`nolar shular jumlasidandir.
Tilshunoslikda leksema va uning lisoniy tizimda tutgan о‘rni masalasidagi murakkab va chigal muammodan biri – leksemanmg til struktur birligi bo’la olish-olmasligi. Ko’plab tilshunoslar tilning struktur birliklarini sanar ekan, fonema, morfema va konstruksiya bilan cheklanib, leksemani tilning alohida qurilish birligi emas, balki morfemaning bir kо‘rinishi sifatida qaraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |