Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Download 123.16 Kb.
bet14/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Ishlab chiqarish zaxiralari — korxonadagi barcha materiallar majmuasi. Ishlab chiqarish zaxiralari 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» va boshqa schyotlarda hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning mahsulot ishlab chiqarish uchun qilgan xarajatlari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektr energiya; ishchi va xizmatchilarning ish haqi; asosiy vosita va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi va h.k.).
Ishonchnoma — ma’lum shaxs tomonidan tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari, hujjatlar, shuningdek ma’lum harakatlarni amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat. Namunali shakldagi blankda rasmiylashtiriladi. Uning zaruriy rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonaning nomi; hisob-kitob schyotining nomeri va u qaysi bankda ekanligi; ishonchnomaning harakat muddati; tovar-moddiy qiymatliklarni olishni kim kimga ishongani; tovar-moddiy qiymatliklarning nomi va miqdori; ishonchnoma oluvchi shaxsning imzosi namunasi; muhr bilan tasdiqlangan korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari.
Ish haqidan ushlanmalar — ishchi va xizmatchilardan qonun bilan belgilangan soliqlar va boshqa to‘lovlarni uidirib olish shakli. Ushlab qolinadigan jarima va yo‘qotgan yoki o‘zlashtirilgan mulklar qiymati ish haqining 25 foizidan oshmasligi kerak. Ushlab qolinadigan aliment va o‘g‘rilik hamda kamomad summasi ish haqining 50 foizidan oshmasligi kerak. Soliqlardan tashqari biryo‘la ushlab qolinadigan ushlanm
Ish haqidan hisoblash — razmeri ish haqi summasidan foiz hisobida belgilanadigan korxonaning to‘lovlari. Bunday to‘lovlar bo‘lib ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar hisoblanadi. Ular ish haqi summasining razmeriga ta’sir qilmaydi. Bunday ajratmalar korxona hisobidan bo‘lib, ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga o‘tkaziladi. Foiz hisobida asosiy ish haqidan navbatdagi ta’til haqini to‘lash uchun rezervga ajratiladi. Bu summalar qo‘shimcha ish haqi bo‘lib hisoblanadi.
Ish haqining turlari — nima uchun hisoblanganligiga qarab ishchi va xizmatchilar ish haqining bo‘linishi. Shu nuqtai nazardan asosiy ish haqi va qo‘shimcha ish haqi bo‘ladi.
Ish haqi fondi ma’lum davr vaqt ichida korxona, tarmoq yoki butun xalq xo‘jaligining ishchi va xizmatchilariga hisoblanadigan ish haqi summasining jami.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling