Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA
Download 123.16 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Limit-zabor kartasi
- Memorial-order
- Mehnat ta’tili
- Mehnat haqi
- Milliy valyuta
Kreditorlik qarzi — mazkur korxonaning boshqa korxonalar (muassasa, tashkilotlar) va ayrim shaxslardan qarzi. Bu korxona va shaxslar kreditor hisoblanadi. Kreditorlik qarzlarining vujudga kelishi mol oluvchi va mol yuboruvchilar orasida amal qilayotgan hisoblashish qonunlarining (mol yuboruvchilarning schyotlariga haq ulardan materiallar olingandan so‘ng to‘lanadi, hisoblash usuli) natijasidir yoki korxonalar tomonidan to‘lov majburiyatlarining o‘z vaqtida (turli sabablarga ko‘ra) bajarilmaganligi natijasidir.
Limit-zabor kartasi — tovar-moddiy qiymatliklarni foydalanishga jo‘natish hisobi bo‘yicha hujjat. Bu hujjatdan turli xo‘jaliklarda foydalaniladi. Limit-zabor karta kombinlashgan jamg‘arma hujjat bo‘lib hisoblanadi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi: harakat qilish muddati, oluvchining nomi, beriladigan materiallarning turi va limiti. Moddiy javobgar shaxslar ko‘rsatilgan muddat ichida belgilangan limit doirasida materiallar jo‘natadi. Bunda har gal limit-zabor kartasiga jo‘natilgan materiallar yozib qo‘yiladi. Bir yo‘la tuziladigan yukxatlar o‘rniga bunday kartalardan foydalanish hujjatlar sonini kamaytirishga olib keladi. Memorial-order — buxgalteriya provodkasi aks ettiriladigan hujjat. Unda orderning nomeri, oy, yil, yozuvning mazmuni, summa, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarning nomi (schyotlar korrespondentsiyasi) ko‘rsatiladi. Memorial-orderlar maxsus blanklarda tuziladi va bosh (katta) buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolanadi. Unga isbotlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Har bir memorial-orderga tartib nomeri qo‘yiladi. Har oyda tuziladigan memorial-orderlar soni yo‘riqnoma bilan belgilanmaydi. Bu masalani bosh buxgalter hal qiladi. Lekin bir xil muomalalar bo‘yicha tuzilgan memorial-orderlar barcha oylarda ham bir xil nomerga ega bo‘lishi kerak. Masalan, g‘azna muomalalarini aks ettiruvchi memorial-order nomeri barcha oylarda bir bo‘lishi kerak, hisob-kitob (joriy) schyot muomalalarini aks ettiruvchi memorial-orderlarning nomeri ikki bo‘lishi kerak va h.k. Bu kerakli hujjatlarni qidirib topish va turli ma’lumotlarni olishni osonlashtiradi. Hisobning memorial-order shaklida memorial-orderlar ro‘yxatga olish jurnalida registratsiya qilinadi va ularga ilova qilingan hujjatlar bilan birga schyotlar bo‘yicha bosh daftarga yozish uchun asos bo‘ladi. Mehnat ta’tili— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlab berilgan har yillik dam olish naqti bo‘lib, bu davrda xodimning ish o‘rni (lavozimi) na o‘rtacha maoshi saqlanib qoladi. Mehnat ta’tili har bir ishchi yoki xizmatchiga yiliga bir marta berilib, birinchisini olish uchun xodim muayyan bir korxona (muassasa)da o‘n bir oy ishlab berishi zarur. Ana shu uzluksiz ish muddatidan oldin xodim iltimosiga ko‘ra mehnat ta’tili faqat quyidagi hollarda beriladi: ayollarga— homiladorlik bo‘yicha yoki tug‘ishdan oldin yoki darhol undan keyin beriladigan ta’tildan oldin; 18 yoshga to‘lmagan ishchi va xizmatchilarga, zaxiraga chiqarilgan va tashkiliy ravishda ishga qabul qilish tartibida ishga yo‘llanma olgan harbiy xizmatchilarga — uch oy ishlagandan so‘ng; qonunda belgilangan boshqa hollarda. Mehnat haqi — mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnat haqi deb e’tirof etiladi. Mehnat haqiga rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan to‘lovlar, kom-pensatsiya to‘lovlari va ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lashlar ham kiradi. Milliy valyuta — mamlakatning pul birligi. Milliy valyuta tizimi milliy valyutaga asoslanadi. Milliy valyuta nakd pul (banknot va tangalar) shaklida va naqd pulsiz (bank schyotlaridagi qoldiq) shaklida bo‘ladi. Naqts pul shaklidagi valyuta 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyotida hisobga olinadi. Milliy valyutaning emitenti bo‘lib Markaziy bank hisoblanadi. Download 123.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling