Analitik hisob schyotlari
— analitik hisob yurituvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Ular ma’lum sintetik schyotning kursatkichlarini detallashtirish uchun ochiladi. Aialitik schyotlar faqat murakkab sintetik schyotlarga ochiladi. Masalan, 1010 «Xom ashyo va materiallar» schyotida xom-ashyo va materiallarning turlari bo‘yicha ularning soni va summasi ko‘rsatilib, bir nechta analitik schyotlar ochiladi.
Asosiy vositalar — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan mehnat vositalari (bino, inshoot, mashina, inventar va h.k
Asosiy vositalarning hisobi 5-son BHMS «Asosiy vositalar» bilan tartibga solinadi.
Asosiy vositalar amortizatsiyasining normasi— yillik amortizatsiya summasining asosiy vositalar dastlabki qiymatiga foiz nisbati. 2008 yilning 1 yanvaridan e’tiboran kuchga kirgan Soliq kodeksining 144-moddasida soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan mol-mulk amortizatsiyasining eng yuqori normalari asosiy vositalarning guruhlari bo‘yicha berilgan.
Asosiy vositalarning balans qiymati — buxgalteriya balansida aks ettiriladigan asosiy vositalar (fondlar)ning qiymati. Asosiy vosytalarning balans qiymati — bu fondlarni qaytadan baholash ma’lumotlari bo‘yicha ularning qiymati yoki qaytadan baholanmagan ob’ektlarning dastlabki qiymati.
Asosiy vositalarning eskirishi — ishlab chiqarish jarayonida eskirishi (jismoniy eskirishi) yoki mehnat unumdorligi o‘sgan sharoitlarda mashinalarning texnik eskirishi va ularni ishlab chiqarish qiymatining pasayishi (ma’naviy eskirishi) natijasida asosiy vositalar dastlabki qiymatining kamayishi. Buxgalteriya hisobida har oyda amortizatsiya hisoblash bilan bir vaqtda asosiy vositalarning eskirishi ham aks ettiriladi. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» tayinlangan. Har oyda hisoblangan eskirish summasiga asosiy vosita ob’ektlari qaysi sohada xizmat qilayotgan bo‘lsa, shu soha xarajatlarini hisobga oluvchi schetlar debetlanib, 0200-schyotlar kreditlanadi. Korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) debetidan 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |