Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Birinchi xarid narxi bo‘yicha baholash usuli


Download 123.16 Kb.
bet5/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Birinchi xarid narxi bo‘yicha baholash usuli (FIFO - birinchi tushum – birinchi sotildi)
— sarflangan (sotilgan) moddiy qiymatliklarni baholash usullarida biri. Bu usul birinchi sotib olingan tovarlar tannarx; birinchi navbatda sotiladigan tovarlar degan taxminga asoslangan. Davr oxiriga qolgan mavjud tovarlar tannarxi oxirgi sotib olinganga kiradi, sotilgan tovarlarning tannarxi esa oldinroq sotib olingan tovarlarga tenglashtiriladi.
FIFO usulini, tovarlarning real jismoniy harakatidan qat’i nazar, har qanday tarmoqda qo‘llasa bo‘ladi, chunki u tovarlar harakatini emas, qiymat harakatini hisobga oladi. Inflyatsiya davrida FIFO usuli yuqoriroq sof foyda olish imkoniyatini yaratadi.


Bosh jurnal — buxgalteriya hisobining eskirgan shakli. U hisobning memorial-order shaklidagi varianti bo‘lib hisoblanadi. «Bosh daftar» deb nomlangan yagona hisob registrida bosh daftar va registratsiya jurnal birlashtirilgan.
Boshqa daromadlar — tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar.
Brutto — idishi bilan birga tovarning massasi. Bunday massaning mavjudligi zarur bo‘lsa-da, haqiqiy tovarning massasini aks ettirmaydi, shuning uchun tovarning sof massasini bilish va hisobga olish kerak.
Buxgalter – buxgalteriya hisobi bo‘yicha mutaxassis. «Buxgalter» termini XV asrda paydo bo‘lgan. Birinchi bo‘lib buxgalter lavozimini Insburk schyotlar palatasi ish yurituvchisi Xrestofor Shtexer olgan. Vena davlat muzeyida Maksimilianning 1498 yil 13 fevralda chiqargan buyrug‘i saqlangan.
Nafaqat Germaniyada XV asrda, balki Amir Temur davrida ham hisob daftarlarini yurituvchi shaxslar yozuvchilar (kotiblar) bo‘lgan.
«Saltanatning har bir idorasida, — deb yozadi Amir Temur XIV asrning oxirida, — bo‘ladigan kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlansin» («Temur tuzuklari». — Toshkent, 2005, 105-bet).
1498 yildan boshlab «buxgalter», «buxgalteriya» degan terminlar eski nomlarni asta-sekin siqib chiqarib, hamma joyga tarqala boshladi. Bu terminlar Rossiyada 1732 yildan qo‘llana boshladi. 1732 yil 11 sentyabrda Kommerts-Kollegiyaning buyrug‘i bilan Peterburg boj xonasiga birinchi buxgalter etib gollandiyalik savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter ma’lum huquq, burch va majburiyatlarga ega bo‘lgan xizmatchi hisoblanadi. Unga xo‘jalik jarayoni hisobi va hisobotini yuritish, tahlil qilish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda korxona (tashkilot, muassasa) rahbarlarini zarur axborot bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va bosh buxgalter bo‘lishi mumkin. Katta buxgalter buxgalteriyaning bo‘limi (guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani boshqaradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalterning roli ancha oshdi. Xozirgi vaqtda buxgalterdan nafaqat buxgalteriya hisobini, balki ishlab chiqarishning biznes-rejalarini tuzish, moliyaviy va boshqaruv tahlillarini, shuningdek boshqa sohalarni chuqur bilish hamda rahbariyat to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishida faol qatnashish talab qilinadi. O‘zbekistonda hozirgi zamon talablariga to‘liq javob beradigan buxgalterlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda, buxgalterlar oliy o‘quv yurtlarida, ko‘plab tashkil etilgan kollej va akademik litseylarda tayyorlanmoqda.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling