Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Download 123.16 Kb.
bet6/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Buxgalteriya balansi — xo‘jalik mablag‘lari, ularning tarkibi, joylashgan joylari va ularning vujudga kelish manbalarini ma’lum bir sanaga pulda ifodalab turadigan jadval. Balans ikki tomonlama jadval bo‘lib uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni passiv deb nomlanadi. Balansning aktivida xo‘jalik mablag‘lari, joylashgan joylari va tarkibi ko‘rsatilsa, passivida ushbu xo‘jalik mablag‘larining manbai aks ettiriladi. Aktiv va passivning har bir unsuri (elementi), mablag‘lar turi yoki ularning manbai balans moddasi deb ataladi. Uning aktivida ham, passivida ham balans moddalari ikki bo‘limga bo‘lib ko‘rsatiladi.
Aktivda: I bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar. II bo‘lim Joriy aktivlar.
Passivda: I bo‘lim. O‘z mablag‘larining manbalari. II bo‘lim. Majburiyatlar. Balansning aktiv tomonining jami uning passiv tomoni jamiga teng bo‘lishi kerak
Buxgalteriya provodkasi — schyotlar aloqasi (korrespondentsiyasi)ni rasmiylashtirish. Bunda debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlar hamda yozib qo‘yiladigan xo‘jalik muomalasining summasi ko‘rsatiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy provodkada xo‘jalik muomalalarining mazmuniga qarab bir schyot debetlanib, ikkinchi schyot kreditlanadi. Murakkab provodkalarda xo‘jalik muomalalarining mazmuniga qarab bir schyot debetlanib, bir necha schyot kreditlanadi yoki, aksincha, umumiy summaga bir necha schyotlar debetlanib, bir schyot kreditlanadi. Har qanday provodkada ham bir schyotning debetiga yozilgan summa ikkinchi schyotning kreditiga yozilgan summaga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida murakkab provodkalarga ham tegishli. Bir schyotning debetiga yozilgan summa bir necha schyotlarning kreditiga yozilgan summalarning jamiga teng bo‘lishi kerak va, aksincha, bir necha schyotlarning debetiga yozilgan summalarning jami bir schyotning kreditiga yozilgan summaga teng bo‘lishi kerak.
Buxgalteriya provodkasida ikkiyoqlama yozuv o‘z aksini topadi.
Qo‘shimcha va manfiy (storno) buxgalteriya provodkalari bo‘lishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi — ayrim sub’ektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarining harakatini ma’lum hujjatlar bilan asoslangan holda ro‘yxatga olish va pulda baholab umumlashtirilgan tarzda yoppasiga va bevosita kuzatish tizimi, U sub’ektning xo‘jalik faoliyatini boshqarish, xo‘jalik hisobini joriy etishning muhim vositasi hisoblanib, mablag‘lardan to‘g‘ri va unumli foydalanish hamda uning butligini ta’minlash ustidan dastlabki, joriy va kelgusi nazoratni yuritish imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi har qanday tizimda ham quyidagi uchta funktsiyani bajaradi: 1) axborot berish, 2) nazorat qilish, 3) boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish. Bunda buxgalteriya hisobida har xil usullar, texnika va shakllardan foydalanilishi mumkin. Shuning bilan birga, buxgalteriya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan maqsadlarga qarab har xil vazifalarni bajarishi mumkin.
Hozirgi vaqtda talabalar «Buxgalteriya hisobi» kursini ikkiga bo‘lib o‘rganmoqdalar: Moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling