Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Download 123.16 Kb.
bet9/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Valyuta — mazkur mamlakatning pul tizimi va pul birligi (so‘m, rubl, dollar, yevro va h.k.), xorijiy kredit biletlari va tangalar ham valyuta deyiladi.
Valyuta kursi — turli mamlakatlar pul birliklarining o‘zaro munosabati, ya’ni bir mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi (yoki xal qaro pul birligidagi) ifodasi valyuta kursi deyiladi Xalqaro iqtisodiy operatsiyalar milliy valyutalarning ayirboshlanishi bilan bog‘liq. Bu ayirboshlash valyutalar kursini belgilashni taqozo etadi. Valyuta kursi pul birliklarini ayirboshlash nisbatini belgilaydi.
Valyuta kurslari talab va taklif mexanizmi orqali valyuta bozorida valyutalarning kundalik oborotini solishtirish jarayonida vujudga keladi. Pul birligining bahosi pulning xarid qobiliyati asosida shakyalanadi.
Vaqtbay ish haqi — ish haqi summasi ishlagan vaqt miqdoriga qarab aniqlanadigan ish haqi tizimi. Vaqtbay ish haqi tizimida ishlagan ishchilarga ish haqi soat tarif stavkasi va ishlagan soatlariga qarab aniqlanadi. Injener-texnik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ish haqi belgilangan oklad va mshlagan kunlariga qarab hisoblanadi. Mazkur oyda hamma ish kunlarida ishlagan xodimlarga to‘liq oklad hisoblanadi. Agar xodim mazkur oyning hamma ish kunlarida shilamagan bo‘lsa, uning ish haqi quyidagicha aniqlanadi. Hisoblangan oylik oklad summasi mazkur oyning ish kuni miqdoriga bo‘linadi va olingan natija (o‘rtacha kunlik ish haqi) haqiqiy ishlagan kun miqdoriga ko‘paytiriladi.
Davlat va boshqa jamoat ishlarini bajargan kunlari uchun haq umumiy tartibda to‘lanadi. Vaqtbay ish haqi bo‘yicha xodimlarning ishlagan vaqti hisobi tabelda yuritiladi.
Vedomost (qaydnoma) — dastlabki hujjat yoki hisob registri. Vedomost yig‘ma hujjat bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya hisobining barcha shakllarida qo‘llaniladi. Hujjatlar va hisob registrlarining ro‘yxatida ularning nomi ko‘p uchraydi. Muomalalar amalga oshirilgan vaqtda tuzilgan vedomostlar dastlabki hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Yig‘ma vedomostlar turli dastlabki hujjatlarga asosan tuziladi. Ularda dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari umumlashtirilganligi keyinchalik hisob registrlarida aks ettirishni osonlashtiradi. Hisob registri sifatida vedomostlar hisobning jurnal-order shaklida ko‘p qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobida jamg‘arma vedomostlar, taqqoslovchi vedomostlar, hisoblash-to‘lov vedomostlari va b. qo‘llaniladi.
Gudvill — aniqlab bo‘lmaydigan, eng ko‘p tarqalgan, muhim bo‘lgan va firmaga naf keltiradigan nomoddiy aktiv. Gudvill firmaning yaxshi ta’rifi natijasida paydo bo‘ladigan qiymatini belgilaydi, bu esa firmaning aniq aktivlaridan kutilgan daromadga qo‘shimcha daromadlarni oshiradi. Gudvill olish dalilsiz ham mavjud bo‘lishi mumkin, faqat bitta kompaniya boshqa kompaniyani sotib olgandagina yoki ularning qo‘shilishi paytidagina ushbu gudvill hisobda tan olinadi.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling