Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Download 123.16 Kb.
bet8/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Buxgalteriya hisobining predmeti — takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish. Turli mulkchilik shakllariga asoslangan, rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi jamiyatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi — buxgalteriya hisobi schetlarining tizimiga keltirilgan ro‘yxati 2004 yil 1 yanvardan e’tiboran 21-son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha io‘riqnoma» bo‘yicha yangi schyotlar rejasi qo‘llanila boshladi. Schetlar rejasi moliyaviy hisobot elementlari: aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlarga muvofiq, guruhlangan schyotlar yig‘indisini aks ettiradi.
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosi bo‘lib hisoblanadi. U 6 ta qism va 9 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, tayinlanishi, tuzilishi va iqtisodiy mazmuni bo‘yicha bir xil bo‘lgan schyotlarni o‘z ichiga oladi. Har bir schyotning nomidan tashqari nomeri (shifr) ham bor.
Buxgalteriya hisobi sub’ektlari —davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zRda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zR hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘‘ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi.
Buyurtma usulida xarajatlar hisobi va kalqulyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini hisoblashning asosiy usullaridan biri. Bu usul ishlab chiqarish xarajatlari buyumlar (bir xil buyumlar guruhi) yoki ishlar buyurtmalar bo‘yicha hisobga olinganda qo‘llaniladi.
Bo‘nak — kelajaqdagi xarajatlar va to‘lovlar hisobidan berilgan pul mablag‘lari. Bo‘nak O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan kassa muomalalarini yuritish qoidalariga asosan qat’iy belgilangan maqsad uchun beriladi. Xizmat safarlari uchun naqd pul safar joyiga borish va qaytib kelish qiymatini to‘lash, sutkalik xarajatlar va turar joyni ijaraga olish xarajatlari miqdorida beriladi.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling