Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA
Download 123.16 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balansning bo‘limi
- Bankdagi hisob-kitob schyoti
- Bank kreditlari
Balansdan tashqari schyotlar— qoldig‘i buxgalteriya balansiga kirmaydigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Bu schyotlar korxonada vaqtincha turgan va boshqa korxonalarga (ijaraga olingan asosiy vositalar, mas’ul saqlashga qabul qilingan yoki qaytadan ishlashga qabul qilingan moddiy qiymatliklar va h.k.) tegishli bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun tayinlangan. Balansdan tashqari schyotlarda shuningdek qat’iy hisobot blankalari, zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari ham hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy tizimda, ya’ni ikki yoqlama yozuv qo‘llanilmasdan yuritiladi. Bu schyotlar o‘zaro yoki balansli schyotlar bilan korrespondentlanmaydi.
Balansning bo‘limi— buxgalteriya balansining aktiv va passividagi bir xillik, moddalar guruhi. Balansning aktivida ham, passivida ham ikkitadan bo‘lim mavjud: aktivida: birinchi bo‘lim — uzoq muddatli aktivlar; ikkinchi bo‘lim — joriy aktivlar; passivida: birinchi bo‘lim— o‘z mablag‘lari manbalari; ikkinchi bo‘lim— majburiyatlar. Bankdagi hisob-kitob schyoti— xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘larini saqlash va naqd pulsiz hisoblashishlarni olib borish uchun tayinlangan bank muassasalaridagi schyot. O‘zR VM «Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1999 yil 15 yanvarda chiqargan qarorga binoan yuridik shaxslarga 2000 yil 1 iyundan boshlab soliq to‘lash joyidagi soliq organini xabardor qilgan holda bir nechta banqda schyotlar ochish huquqi berildi. Talab qilib olgungacha bo‘lgan so‘mdagi depozit schyotlarini ochish uchun yuridik shaxs — rezidentlar quyidagi hujjatlarni topshiradi: schyot ochish uchun ariza; statistika organlari tomonidan davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko‘chirmasi; yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusda tasdiqlangan ko‘chirma; davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida hujjat; soliq organida ro‘yxatdan o‘tganligi va soliq to‘lovchini identifikatsiyalash raqami berilganligi to‘g‘risida notariusda tasdiqlangan guvohnoma ko‘chirmasi yoki shaxs soliq to‘lovchi sub’ekt emasligi to‘g‘risida ma’lumot; korxona rahbari va bosh buxgalterining imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka. Bank kreditlari — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va ayrim jismoniy shaxslarning qarzga oladigan mablag‘larining muhim manbai. Banklar vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lardan foydalanib, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va aholining iste’mol ehtiyojlari uchun ana shu mablag‘larni qarzni qaytarib olish tartibida ishga soladi. Banklar amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan va tomonlar bilan kelishilgan holda kreditni qaytarib berish, muddatlilik, to‘lovga qobillik va ta’minlanganlik printsiplariga qat’iy amal qilib beradi. Bank kreditlarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida aks ettiriladi. Baho— tovar qiymatining puldagi ifodasi. Baho asosida tovarning qiymati, ya’ni uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy xarajatlar yotadi. Lekin bu alohida olingan tovarning bahosi albatta uning qiymatiga teng bo‘lishi kerak degan ma’noni bildirmaydi. Baho qiymatdan farqlanishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho mazkur tovarga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq. Bahoning qiymat atrofida tebranib turishi qiymat qonunining bir ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. Narxlarning darajasi normal ishlayotgan har bir korxonaning ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlarini qoplashini va sof foyda olishini ta’minlashi kerak. Ishlab chiqarish hajmi, foyda va samaradorlik hozirgi vaqtda korxona faoliyatini ta’riflaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Download 123.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling