Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari


Download 123.16 Kb.
bet3/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari — mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar. Bularga texnologik ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan xom ashyolar, materiallar, yoqilg‘i, elektr energiya, ish haqi va h.k. kiradi. Tayinlanishi bo‘yicha barcha ishlab chiqarish xarajatlari asosiy xarajatlar va ishlab chiqarishni boshqarish hamda xizmat qilish xarajatlariga bo‘linadi.
Asosiy ish haqi — korxonada ishchi va xizmatchilarga haqiqiy ishlagan vaqti va bajargan ishlari uchun hisoblangan ish haqi. Asosiy ish haqidan tashqari ishchi va xizmatchilar qo‘shimcha ish haqi ham oladi.
Asosiy materiallar — tayyorlanayotgan mahsulotning moddiy asosini tashkil etuvchi mehnat buyumlari (mashinasozlikda metall, poyabzal fabrikasida charm va h.k.). Asosiy materiallar 1010 «Xom ashyo va materiallar» schyotida hisobga olinadi.
Asosiy mahsulot— nima tayyorlash uchun ishlab chiqarish tashkil etilgan bo‘lsa, shu asosiy mahsulot. Ko‘pincha asosiy mahsulot bilan birga qo‘shimcha mahsulot ham olinadi. Mahsulotlarni bunday ajratish ularning tannarxini kalkulyatsiya qilishda katta ahamiyatga ega.
Asosiy schyotlar — xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari alohida turlarini, ya’ni korxona xo‘jalik faoliyatining asosini aks ettirish va nazorat qilish uchui tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Asosiy schyotlar aktiv va passiv bo‘ladi. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha tasniflashda asosiy schyotlar ajratib ko‘rsatiladi.
Asosiy faoliyat— yuridik shaxsning umumiy realizatsiya qilish hajmidagi tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati.
Balans — doimo o‘zgarib turadigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tizimining tengligi. Balans ikki qismdan iborat bo‘lgan jadval shaklida ma’lum bir sanaga tuziladi. Balans qandaydir voqeani ta’riflab, uning qismlari munosabatini ko‘rsatadi. Balans qismlarining jami ko‘rsatkichlari o‘zaro teng bo‘lishi kerak. Balans alohida korxona, ishlab chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar balansi) yoki xalq xo‘jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to‘lov balansi, savdo balansi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari balansi va b.) masshtabida tuziladi.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling