Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Download 123.16 Kb.
bet18/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Moddiy javobgar shaxs — ma’lum moddiy qiymatliklar yoki pul mablag‘larining butligiga mas’ul shaxslar. Moddiy javobgar shaxs bo‘lib omborchilar, g‘aznachilar va mas’ul saqlashga moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini qabul qilgan boshqa xodimlar hisoblanadi.
Mol yuboruvchi — mol oluvchilarga o‘z mahsulotini yuklab jo‘natadigan korxona. Mol yuboruvchi bilan mol oluvchining o‘zaro munosabati shartnoma bilan tartibga solinadi va ular orasidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Mol oluvchilar mol yuboruvchilar bilan hisob-kitobni 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotida hisobga oladi. Mol yuboruvchilardan olingan moddiy qiymatliklar summasi moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schyotlarning debeti va 6010-schyotning kreditiga yoziladi. Mol yuboruvchilarga o‘tkazib berilgan summaga 6010-schyot debetlanib, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi.
Murakkab buxgalteriya provodkasi — bir schyot debetlanib, bir necha schyotlar kreditlanadigan yoki bir necha schyotlar debetlanib, bir schyot kreditlanadigan buxgalteriya provodkasi. Murakkab buxgalteriya provodkasida schyotlarning debetiga va kreditiga yozilgan summalar o‘zaro teng bo‘lishi kerak. Murakkab buxgalteriya provodkasi mohiyatan bir necha oddiy provodkalarning birlashmasi hisoblanadi. Bunda hisob yozuvlari ancha qisqaradi.
Nakladnoy (yukxat) tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish bo‘yicha biryo‘la tuziladigan dastlabki hujjat. Nakladnoylar barcha korxona, muassasa va tashkilotlarda qo‘llaniladi hamda moddiy qiymatliklarni qabul qilish yoki jo‘natishda isbotlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Netto tovarlarning idishsiz massasi, ya’ni uning sof massasi. Shu bilan birga amalda tovarlarning massasini idishi bilan (brutto) aniqlash va hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Nomoddiy aktivlar — moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish yoki boshqarish uchun foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk ob’ektlari. Nomoddiy aktivlar hisobi 7-son BHMS «Nomoddiy aktivlar» asosida tartibga solinadi. Xo‘jalik mablag‘larining bu guruhiga quyidagilar kiradi: tabiiy resurslardan, yerdan foydalanish huquqi, ixtirolar, patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, tovar belgilari, sotib olingan dasturiy mahsulotlar qiymati, brokerlik o‘rinlari yoki brokerlik o‘rinlaridan foydalanish huquqdari, firmani ro‘yxatdan o‘tkazgunga qadar ta’sis hujjatlarini tayyorlash va reklama xarajatlari va boshqa intellektual (aqliy) mulk, jumladan «bilaman qanday» deb tarjima qilinadigan nou-xau.
Obligatsiya — uning egasi ma’lum miqdorda pul to‘laganini va unda belgilangan muddatda nominal qiymatini va aniq belgilangan foizini so‘ndirish bo‘yicha majburiyatlar ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlar. Obligatsiyalarni korxonaning nizom jamg‘armasini shakllantirish va to‘ldirish, shuningdek xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararni qoplash uchun chiqarish mumkin.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling