Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Download 123.16 Kb.
bet19/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Oddiy buxgalteriya provodkasi bitta schyot debetlanib, ikkinchi schyot kreditlanadigan buxgalteriya provodkasi.
Passiv — buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, unda korxona mablag‘lari tashkil bo‘lish manbalari va tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balansning passivi aktiviga o‘xshab ikkita bo‘lim va bir qancha moddalardan iborat.
Passiv schyotlar — o‘z mablag‘lar manbaini va majburiyatlarni hisobga oluvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Mablag‘lar manbalari ko‘payishi passiv schyotlarning kreditiga, kamayishi debetiga yoziladi. Qoldig‘i kreditida bo‘lib, balansning passivida ko‘rsatiladi. Schyotlar rejasida passiv schyotlarning ro‘parasiga «P» (passiv) harfi qo‘yilgan.
Penya — to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun undirib olinadigan moliyaviy chora. Penyaning miqdori to‘lashga tegishli bo‘lgan summadan har bir to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan kun uchun foizda qonun bilan belgilanadi. Penya qonunga yoki shartnomaga binoan undirib olinadi. Korxona tomonidan to‘langan penya unumsiz xarajat bo‘lib, penya to‘lash hisoblanganda 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib, 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyoti kreditlanadi. Penya summasi o‘tkazib berilsa, 6990-schyot debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
Pudratchi — buyurtmachi korxona bilan shartnoma bo‘yicha ish bajaruvchi qurilish tashkiloti. Pudratchi muayyan maxsus (sanitar-texnik va b.) ishlarni boshqa, subpudratchi deb nomlanuvchi tashkilotlarga berishi mumkin. Buyurtmachi pudratchilar bilan olib boradigan hisob-kitobni 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotida yuritadi. Pudratchilarning schyotlari to‘lashga qabul qilinganda 0810 «Tugallanmagan qurilish» schyoti debetlanib, 6010-schyot kreditlanadi. Pudratchilarga pul o‘tkazib berilganda 6010-schyot debetlanib, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi.
Pul — barcha boshqa tovarlar uchun ekvivalent bo‘lgan maxsus tovar bo‘lib, uning yordamida ayirboshlash amalga oshiriladi. Pul iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u tovar ishlab chiqarish bilan bog‘liq.
Qog‘oz pullar va mayda tangalar pul belgilari hisoblanib, davlat tomonidan chiqariladi va O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha to‘lovlar bo‘yicha qabul qilinishi majburiy hisoblanadi.
Har bir davlat o‘zining pul birligiga ega. O‘zR pul birligi bo‘lib so‘m hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobining umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarini faqat pul o‘lchovida olish mumkin.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling