Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Download 123.16 Kb.
bet23/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Qisqa muddatli kreditlar — bank tomonidan bir yilgacha muddatga ko‘pincha korxona aylanma mablag‘larini vaqtinchalik to‘ldirishga beriladigan kreditlar. Bankning qisqa muddatli kreditlarining turlari bo‘lib tovar-moddiy qiymatliklarning normadan ortiq zaxirasi uchun olinadigan ssuda, aylanma bo‘yicha kreditlar, ishlab chiqarishning mavsumiy xarajatlari va b. sanaladi. Respublika Markaziy bankining 1999 yil 16 martda qabul qilingan 33-son «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qisqa muddatli kreditlar berilishini tashkil etish qoidalari»da kredit berish tartibi va ta’minlash asoslari belgilangan.
G‘azna orderlari — g‘aznaga qabul qilinayotgan pullarning qonuniyligi va ular maqsadli tayinlanishi bo‘yicha sarflanishini tasdiqlovchi hujjatlar.
G‘aznachining hisoboti — buxgalteriyaga korxona (muassasa, tashkilot)ning g‘aznachisi tomonidan beriladigan hisobot. U g‘azna daftarining yirtib olinadigan varag‘i bo‘lib, unga g‘azna kirim, chiqim orderlari ilova qilinadi. G‘aznachi hisobotni buxgalteriyaga har kuni yoki belgilangan muddatlarda topshiradi. Buxgalter hisobotni tekshirib, u qabul qilinganligi to‘g‘risida g‘azna daftariga imzo qo‘yadi. G‘azna muomalalari buxgalteriya hisobi uchun g‘aznachining hisoboti asos bo‘lib hisoblanadi.
Hisob — birorta narsa mavjudligini belgilash, uni o‘lchash va son hamda sifat tomonidan qayd etish. Hisob xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy hayotning barcha jabhalari to‘g‘risidagi doimiy axborot bilan ta’minlaydi. Jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi bilan hisob axborotlarining hajmi ortadi va jamiyat hamda xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun hisobni yanada takomillashtirish zarur. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi, statistika hisobi va tezkor hisoblarni o‘z ichiga oluvchi yagona xalq xo‘jaligi hisobi tashkil etilgan.
Hisobdor shaxslar — keyinchalik qilinadigan xarajatlar uchun hisobini berish sharti bilan pul mablag‘ini olgan shaxslar.
Hisob-kitob schyotidan ko‘chirma — sub’ektning bankdagi shaxsiy hisob-kitob schyotining ko‘chirmasi nusxasi. Unda pul mablag‘larining harakati, qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumot ma’lum davrda berib turiladi. Sub’ektlar bank bilan kelishilgan kunlarda hisob-kitob schyotidan ko‘chirma olib turadi. Unda hisobot davrida sodir bo‘lgan muomalalar o‘z aksini topadi. Ko‘chirmaga pul mablag‘larini qabul qilish yoki ko‘chirish uchun asos bo‘lgan boshqa sub’ektlar tomonidan berilgan schyotlar, to‘lov talabnomalari va sub’ekt tomonidan berilgan to‘lov topshiriqlari va boshqa hujjatlar ilova qilinadi. Ko‘chirmada pul mablag‘larining qoldig‘i va hisob-kitob schyotiga kirim kreditga yoziladi, chunki bank korxonaning pulini saqlab, o‘zini korxonadan qarzdor deb biladi (uning kreditorlik qarzi), o‘zining qarzi kamayishi esa (hisob-kitob schyotidan pul o‘tkazib berish, naqd pul berish) — debetga yoziladi. Buxgalter qo‘chirmani ishlab chiqishda bu xususiyatni esda tutib, qoldiq va tushumni 5110 «Hisob-kitob schyoti»ning debetiga, chiqimni esa — kreditiga yozishi kerak.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling