Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Download 123.16 Kb.
bet22/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Uzoq muddatli kreditlar — bir yildan ortiq muddatga beriladigan kreditlar. Ular odatda kapital qo‘yilmalar, asosiy podani shakllantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq muddatli kreditlar 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotida hisobga olinadi.
Ulgurji baholar — bir korxona ikkinchi korxonaga yoki davlatga sotadigan mahsulotning narxi. Bir korxona ikkinchi korxonaga yoki tayyorlov-ta’minot korxonalariga sotadigan mahsulotining narxlari korxonaning ulgurji bahosi deyiladi. Bu baholarga sotiladigan mahsulotning tannarxi va korxonaning foydasi kiradi. Ushbu tarmoqdan tashqariga mahsulotlar korxonaning ulgurji bahosida sotiladi. Bu bahoga qo‘shilgan qiymat solig‘i, ta’minot tashkilotiga beriladigan chegirma (ustama)lar kiradi.
Ustav fondi — normal ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash uchun davlat korxonasiga umumdavlat resurslaridan ajratilgan asosiy va aylanma mablag‘larining manbai. 21-son BHMS bo‘yicha 2004 yil 1 yanvarda kuchga kirgan buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida «Ustav fondi» nomi bilan atalgan schyot keltirilmagan. Davlat korxonalari ustav fondi hisobini 8330-«Ustav kapitalini hisobga oluvchi» schyotlarda yuritadi.
Favqulodda foyda (zarar) — ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va kutilmagan moliyaviy natija.
Foizlar — har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek depozit qo‘yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad.
Foyda — xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq.
Xizmat safari xarajatlari — tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safarlari joyiga borish va qaytib kelish uchun haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qo‘yish haqi.
Shartnoma — ikki yoki bir necha tomonlar (jismoniy va yuridik shaxslar)ning ma’lum o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki tugatishga yo‘naltirilgan kelishuv. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar o‘zaro turli shartnomalar (mol jo‘natish, mol olish, pudrat va h.k.)ni tuzadilar va ular albatta bajarilishi kerak. Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun tomonlar qonun bilan belgilaigan javobgarlikka tortiladi. Korxonalarda shartnomalarning bajarilishi tezkor hisobini yuritish kerak.
talab qiladigan qandaydir masalaning o‘rganilishi (sud-buxgalteriya ekspertizasiga qarang).

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling